7.3. Entomopatogen bakteriyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
O`stirish suyuqligida hujayralarning maksimal titriga erishish va toksinning
yig`ilishini ta`minlash uchun produsentni chuqur o`stirishni hisobga oladi. Sanoat
miqyosida ishlab chiqariladigan shtammlar yuqori talablarga javob beradigan bo`lishi
lozim, chunki so`nggi mahsulotning sifat ko`rsatkichi ularga bog`liq bo`ladi. Bu
talablar jumlasiga: shtammlarning qaysi serotipga mansubligi, yuqori darajadagi
ta`sirchanligi va katta hajmda o`stirilganda mahsuldorligini saqlanishi, ketma-ket
keladigan bosqichlar orqali mahsulotni ajratib olish jarayonlarida uning faolligini
saqlanishi va preparatdan foydalanishning samaradorlini kiradi.
Bac. thuringiensis
entomopatogen shtammini sanoat miqyosida ishlab chiqarishda bu mikrobning
fagolizisini oldini olishdagi qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Bac. thuringiensis
asosida
ishlab chiqariladigan bakterial entomopatogen preparatlarning hammasini bir xil
texnologiya bo`yicha ishlab chiqariladi. Quyida bu texnologiya entobakterin
misolida ko`rib chiqiladi. Texnologiya mikrobiologik ishlab chiqarish amaliyotini
hamma bosqichlarini xususan: mikroorganizmlarni chuqur uslub asosida o`stirish,
«ekish» materialini laboratoriya sharoitida va o`stirish apparatida o`stirib
ko`paytirish, katta hajmdagi fermentyorlarda o`stirish, mikrobli suyuqlikni
konsentrlash, quritish, standartlash va tayyor mahsulotni qadoqlash ishlarini qamrab
oladi. Sanoat korxonasida ishlab chiqarish shtammi
Bac. thuringiensis var. galleriae
ni go`sht-peptonli agarga «ekiladi» va uni erkin fagning mavjudligi, mahsuldorligi va
verulentligi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi. «Ekish» materialini olishda dastlab 3 l li
kolbada titri 1ml da 17 mlrd spora hosil bo`lgunga qadar o`stiriladi, uni o`stirish
apparatiga hajm bo`yicha 0,05 % miqdorda o`tkazib, 1 minutda 1 hajm muhit
suyuqligiga 0,2 l hajm aeratsiyali havo berish sharoitida o`stiriladi. O`stirish materiali
yuqorida keltirilgan titr darajasiga yetkazilib, muhit suyuqligining 0,0012 %
hajmidagi miqdorda fermentyorga o`tkaziladi. Hamma bosqichlarda harorat
ko`rsatkichini doimiy (28-30
0
C) bir xilda ushlab turiladi. Fermentatsiya jarayonini
davomiyligi ekish apparatida ham fermentyorda ham bir xil, ya`ni 35-40 soatni
tashkil qiladi. Agar ekish materialini sporalar tarzida ajratib olinsa, ishlab
chiqarishning hamma bosqichlarida bir xil tarkibli oziqa muhitidan foydalaniladi.
Odatda u achitqili-polisaharidli muhit bo`lib, tarkibi ( % hisobida): yem-oziqa achitqi
– 2-3; makkajo`xori uni-1-1,5; kashalot yog`i-1,0 dan tashkil topadi. Agar ekish
materialini o`stirishda uni spora hosil qilish darajasigacha yetkazish shart bo`lmasa,
unda fermentyordagiga nisbatan ekish apparatida o`stirganda ancha kuchliroq
konsentrlangan muhitdan foydalaniladi. Muhitning tarkibiga bog`liq holda asosiy
fermentatsiyaning parametrlari ham o`zgarishi mumkin, xususan aeratsiya 1 minutga
1 hajm muhitga 1 hajm havo darajasigacha oshirilishi mumkin. Bundan tashqari
foydalaniladigan oziqa muhitining tarkibi hosil bo`lgan sporalar va kristallarning
o`zaro nisbatiga ta`sir etishi mumkin. Masalan, bir xil sharoitda ish yuritganda, ya`ni
fermentatsiya sharoitlari bir xil, lekin oziqa muhiti ( % hisobida): texnik glyukoza-
- 66 -
0,7; makkajo`xori ekstrakti-4; natriy xlorid-0,2 bo`lganda, sporalarning kristallarga
bo`lgan nisbati 1:1 bo`lsa, oziqa muhiti ( % hisobida): makkajo`xori ekstrakti-4;
kepak-2 bo`lganda bu nisbat 1:1,7 ni tashkil qilar ekan. Fermentatsiyani
boshlanishida muhitning pH boshqarilmaydi, muhit komponentlarini hammasini
qo`shganda qancha bo`lsa shu ko`rsatkichda turadi, u ko`pincha 6,3 ga teng bo`ladi.
Jarayonning nihoyasida u 8,0-8,5 gacha oshadi. Muhitning tabiiy tarzda asosli
xossani namoyon qilishi hosil bo`lgan kristallarning mayda fragmentlarga
bo`linishiga olib kelishi mumkin, bu esa ularni keyingi bosqichlarda ajratib olish
texnologiyasini qiyinlashtiradi. Shu sababli mahsulotli suyuqlikka keyingi ishlov
berishdan oldin pH 6,0-6,2 gacha nordonlashtiriladi. Jarayonni sporulyasiyasi 90-95
% bo`lganda va sporalarning titri 1 ml da 10 mlrd dan kam bo`lmaganda nihoyasiga
yetdi deb hisoblanadi. Uni alohida katta hajmli idishga yig`iladi, suyuqligini esa,
yana bir yoki ikki marta qaytadan oziqa muhiti tayyorlashda foydalanish mumkin. Bu
suyuqlikni ko`p marta ishlatib bo`lmaydi, chunki unda mikrobni o`sishini
tormozlovchi moddalar yig`ilib qoladi. Lekin undan yem-oziqa achitqi ishlab
chiqarishda foydalanish mumkin bo`ladi. Shu asnoda ish yuritish ishlab chiqarish
oqovalari hajmini kamaytirish, suv sarfini kamaytirishga sababchi bo`ladi va natijada
jarayonning iqtisodiy samarasini oshiradi. Sanoat ishlab chiqarishini nihoyasida va
mahsulotlarni ajratishda kristallar va sporalarning hujayra po`stloqlaridan ajralishi
yuz berishi mumkinligi tufayli, yig`ilgan pastani undagi spora va kristallardan bir xil
massa hosil bo`lishiga erishish maqsadida 30 minut davomida yaxshilab
aralashtiriladi, hamda uning titrini, namligini, verulentligini, tarkibida fagning bor-
yo`qligini tekshirish uchun namunalar olinadi. Shu yo`sinda hamma talablarga javob
beradigan pastadan entobakterin preparati olinadi. So`nggi tayyor mahsulot
ho`llanadigan kukun yoki stabillashtirilgan pasta holida bo`lishi mumkin. Kukun
pastani oldindan namlab keyinchalik purkagichli quritqichda 10 % li namlik
darajasigacha quritiladi va titri 1 g da 30 mlrd spora bo`lgunga qadar kaolin qo`shib
standartizatsiyalanadi. Tayyor mahsulot 4-qatlamli xaltachalarga 20 kg dan etib
qadoqlanadi. Stabillashtirilgan pastaga karboksimetilsellyuloza (KMS) qo`shiladi.
KMS molekulalari oqsil kristallari va sporalarni sorbsiyalaydi, ularni manfiy
zaryadlaydi, bu narsa faollikni pastaning butun hajmi bo`ylab tekis taqsimlanishi,
konservantni ham bir xil zichlikda bo`lishiga olib keladi. Shu holatda preparatning
saqlash muddati uzayadi. Tayyor mahsulot yopishqoq konsistensiyali oqish-sarg`ish
yoki och-kulrang rangli, sochilib ketmaydigan, saqlash jarayonida muzlamaydigan,
hidsiz, chirimaydigan, bir xil massali preparat hisoblanadi.
Preparat bog`lar, poliz ekinlari, o`rmon daraxtlari zararkunandalariga qarshi
kurash
uchun
mo`ljallangan.
Preparat
60
dan
ziyod
o`simliklarning
zararkunandalariga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Uni hashoratlar faol
oziqlanadigan vaqtda suvli emulsiya tarzida o`simlikka purkaladi. Noqulay ob-havo
sharoitlari (yomg`ir, haroratning past bo`lishi, quyosh radiasiyasi yuqori bo`lganda)
da konsentratsiyani ikki marta oshiriladi. Odatda zararkunandalar 2-10 kun oralig`ida
o`ladi. Poliz ekinlari ekilgan 1 ga maydonga 1-3 kg, bog`li maydonga-3-5 kg sepiladi.
Entobakterindan foydalanish natijasida 1 ga maydondan yuqoridagi tartibda o`zaro
mos holda poliz ekinlaridan 50 s va bog`li maydonlardan 5 s qo`shimcha hosil olish
mumkin bo`ladi.
- 67 -
Dostları ilə paylaş: |