- 62 -
5,6 atrofida ushlab turiladi, boshqa barcha sharoitlar yuqorida keltirilgan sharoitlarni
aynan o`zi hisoblanadi. Biosintez davomiyligi 64-90 soatni tashkil qiladi. Jarayon
shakarning konsentratsiyasi 0,1-0,2 % ga pasayganda, muhit pH 6,4-6,8 gacha
ko`tarilganda, suyuqlikdagi antibiotikning faolligi 300-400 mkg/ml bo`lganda
nihoyasiga yetdi deb hisoblanadi. Suyuqlik mitseliy va undagi muallaq moddalardan
xolis bo`lish uchun filtrlanadi, filtratdan esa xloroform yordamida ekstraksiyalash
yo`li bilan antibiotik ajratib olinadi. Bu bosqichda 1 m
3
eritma hisobiga 40 l
xloroform sarflanadi. Bu uslub bo`yicha aralashma tarkibidagi trixotsetinning 85 %
ni ajratib olish mumkin bo`ladi. Ekstraktni vakuumda bug`lantiriladi, so`ng 1 kg
antibiotik hisobiga 10 l etanol qo`shib aralashtiriladi va pasta tayyorlash uchun
yo`naltiriladi. Uni spirtli konsentratni emilgator OP-7 va kaolinlarni 1:0, 6:8,5
nisbatda aralashtiriladi. Hosil bo`lgan pastani 65-70
0
C da quritiladi. Tayyor
mahsulotni 4 qavatli qog`oz xaltachalarga 2-5 kg dan etib qadoqlanadi.
Tayyor preparat oq-sarg`ish rangli, tarkibida 10 % trixotesin, 3 % emulgator
OP-7 va 87 % kaolindan tashkil topgan bo`ladi.
Trixotsetin tamaki, bodring, mevali daraxtlar, tok va g`allasimonlarning har xil
kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladi. Uning 0,001-0,002 % li eritmasidan
foydalaniladi. Shu yo`sinda bug`doy urug`iga ishlov berish, uning hosilini 25-30 %
ga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: