M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
6.3. Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi 
Basitratsinning yem-oziqa preparati batsixilinlar deb nomlanib, 
Bac. 
licheniformis
produsentini o`stirish natijasida ajratib olinadigan produsentli 
suyuqlikning quritilgan mahsulotidir, uning tarkibida rux basitratsinlari va har xil 
biologik faol moddalar bo`ladi. Basitratsinlar polipeptid antibiotiklar bo`lib, ularning 
10 xil: A, A
1
, B, C, D, E, F
1
, F
2
, F
3
va G induvidual shakllari uchraydi. Tayyor 
basitratsin asosida olingan preparat tarkibida 37 % basitratsin A bo`ladi, uning 


- 56 - 
umumiy formulasi: C
66
H
108
N
17
O
16
dan iborat. Basitratsin A quyidagi ketma-ketlikda 
joylashgan 10 ta aminokislotadan tashkil topgan (6-Rasm): 
 
6-Rasm
. Basitratsin A ning aminokislotalar ketma-ketligi 
Basitratsinni gidrolizlaganda yuqorida keltirilgan aminokislotalardan tashqari, 
bir molekula ammiak ham hosil bo`ladi. Basitratsinning yem-oziqa preparati 
batsixilin-10, batsixilin-20, batsixilin-30 nomi bilan ishlab chiqariladi va ularning 
tarkibida o`zaro mos holda har 1 kg preparat hisobiga 10, 20, 30 g antibiotikning 
ruxli toza tuzi bo`ladi. Tayyor basitratsin mahsuloti kulrang-oqish rangdan och-jigar 
rangacha, achchiq ta`mli gigroskopik kukun hisoblanadi. Tayyor mahsulot aerob va 
anaerob bakteriyalarga qarshi juda yuqori, ya`ni 45 dan 75 birlik/mg gacha (1mg 
kamida 42 birlik/mg) antibiotik tavsifli faollik ta`siriga ega bo`ladi. 
Basitratsin boshqa antibiotiklarga nisbatan sinergetik ta`sirga ega, jumladan 
xlortetrasiklinga nisbatan ham. Biovit kabi hayvon va parrandalarning yem-oziqasini 
basitratsinli preparatini tayyorlashda 1 t hisobiga 5 g dan 15 g gacha toza antibiotik 
aralashtiriladi, hamda bu yem-oziqa hayvonning tirik vaznini 15-17 % ga oshishiga, 
yem-oziqa sarfini ancha kamaytirishga, yosh chorva mollari va parrandalarni 
o`limini esa 5-10 % ga kamayishiga sababchi bo`ladi. Basitratsinlarni ajratib olishda 
tarkibida glyukoza, ammoniy laktat va anorganik tuzlar yoki soya uni va glyukozali 
oziqa muhitida bakteriyalarni chuqur yoki yuzaki o`stiriladi. 
Bac. licheniformis
ni 
rivojlanishini ta`minlashda va basitratsinning hosil bo`lishida, muhitdagi karbon va 
azotning o`zaro nisbat ko`rsatkichlari muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu 
ko`rsatkichning yuqori bo`lishi ko`proq miqdorda basitratsin hosil bo`lishga olib 
kelsa, nisbatning pasayishi asosan lixeniformin antibiotiklarning ko`p miqdorda hosil 
bo`lishiga sababchi bo`ladi. Basitratsinning biosintezi muayyan shtammning spora 
hosil qilishi bilan bog`liq. Antibiotiklar bakteriyalarning shunday rivojlanish 


- 57 - 
sharoitida hosil bo`ladiki, bunda ularning sporilyatsiyasi kuchayadi. Spora hosil 
bo`lishini ingibirlash basitratsin biosintezini tormozlaydi. Batsixilinni produsentni 
chuqur uslubda o`stirish yo`li bilan ishlab chiqarish umuman olganda yuqorida 
bayon etilgan terravit va biovitlarni ishlab chiqarishdagi kabi amalga oshiriladi. 
Produsentning dastlabki namunasi zavodga sporalar tarzida keltiriladi. O`stirish 
uchun ko`paytiriladigan materialni chuqur o`stirish yo`li bilan ko`paytirilganda 
sporalarni 30 
0
C da tarkibi ( % hisobida): kraxmal-2,0; limon kislota-0,03; magniy 
sulfat-0,1; Mor tuzi-0,025; marganets sulfat-0,006; kaliy xlorid-0,4; natriy xlorid-0,4; 
bir almashingan kaliy fosfat-0,45 lardan tashkil topgan oziqa muhitida o`stiriladi. 
Sporali o`stirish materialini ko`paytirib o`stirish muddati 120 soat atrofida 
bo`ladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun produsentni kolbalarda va ko`paytirish 
apparatlarida o`sha harorat darajasida, tarkibi ( % hisobida): kraxmal-1,8; soya uni-
7,5; kalsiy karboksid-0,02; ammoniy sulfat-0,2 dan tashkil topgan oziqa muhitida 
o`stiriladi. O`stirib ko`paytirish materialini ajratib olishni har bir bosqichini 
davomiyligi 16-18 soatni tashkil qiladi. 
Asosiy fermentatsiyani 37 
0
C da 30-40 soat oralig`ida tarkibi ( % hisobida):
kraxmal-2,0; magniy sulfat-0,33; soya uni-7,5; kalsiy karboksid-1,0 dan tashkil 
topgan oziqa muhitida o`stiriladi. Produsentni ajratib olishda ham, asosiy 
fermentyorlarda mahsulotni ajratib olishda ham jarayonni aeratsiyalash (1 minutda 1 
hajm reaksion muhitga 1 hajm havo yuborib) va 0,2 % gacha steril ko`pik 
so`ndirgich qo`shib amalga oshiriladi. Produsentni o`stirishni hamma bosqichlarida 
muhitning pH ko`rsatkichini 7,0 atrofida ushlab turiladi va jarayonni aseptik 
sharoitda amalga oshiriladi. Ajratib olingan o`stirish materiali suyuqligining faolligi 
4000 birlik /ml atrofida bo`ladi. Biosintez natijasida hosil bo`ladigan basitratsinning 
85 % eritmaga o`tadi,qolgan 15 % produsent bakteriyalarning sporalarida bo`ladi. 
Antibiotikning barqarorroq shakllariga ega bo`lish uchun basitratsinning ruxli tuzi 
shakliga aylantirish talab qilinadi. Buning uchun produsentli mahsulotni xlorid 
kislota bilan nordonlashtirib, uning hajmiga nisbatan 0,3 % gacha bo`lgan miqdorda 
rux oksidi qo`shiladi. Bundan keyingi bosqich bug`lantirish bosqichi bo`lib, undan 
oldin pH ni 5,4-5,5 ga yetkaziladi. Shu darajaga olib kelingan suyuqlikni past 
bosimda va 40-50 
0
C da 2 karra bug`lantirib purkagich quritgichda quritiladi. 
Quritilgan mahsulotni terravit va biovit ishlab chiqarishda qo`llanilgan uslub 
yordamida qo`shimcha qo`shib standartlashtiriladi. Quruq holatda 18-20 
0
C da 
preparat uzoq muddat-2 yilgacha saqlanishi mumkin. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin