6. QISHLOQ XO`JALIGI UCHUN ANTIBIOTIK MODDALARNI
BIOSINTEZLASH TEXNOLOGIYASI
Tayanch iboralar
: antibiotik, siklik, asiklik, aromatik, xinon, geterosikllar, azot
tutuvchi geterosikllar, peptidlar, 7-xlortetrasiklin, 8-oksitetrasiklin, terravit E
(eruvchi), terravit O (oziqaviy),
Act. Rimosis
,
Bac licheniformis,
polipeptid
- 49 -
antibiotik, dekapeptid, D-asparagin kislota, L-asparagin kislota, L-gistidin, izoleysin,
L-leysin, L-lizin, L-sistein, grizin, streptotripsin, beta epsilon-diamino kapron kislota,
streptolidin,
alfa-D-gulozalin,
alfa-tiloza,
N-metil-2-dezoksistreptamin,
Act.
hydroscopicus
, fitobakteriomitsin, streptotripsin, Actinomyces
lavendulae,
ion-
almashinuv kolonkasi, anionit, kationit,
Act. Polimicini
, trixotsetin, izokreton kislota,
trixotekolon.
6.1. Qishloq xo`jalik uchun antibiotik moddalarni sintezlash bo`yicha
umumiy tushunchalar
Antibiotiklar yoki antibiotik moddalar to`g`risidagi an`anaviy tushunchalar,
ularni zamonaviy tibbiyot va veterinariya amaliyotida qo`llanilishi tufayli paydo
bo`ldi. Ba`zi antibiotik preparatlar hayvonlarning o`sishini stimullashda, o`simlik
kasalliklariga qarshi kurashda foydalanilsa, boshqalari oziq-ovqat mahsulotlarini
konservalashda va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda (biokimyo, molekulyar
biologiya, genetika, onkologiya sohalari bo`yicha) foydalanib kelinmoqda.
«Antibiotik» atamasi M.M.Shemyakin, A.C.Xoxlovlar (1961) qalamiga mansub
bo`lib, ularning fikricha bu xil moddalar jumlasiga har qanday organizmlarning
modda almashinuv mahsulotlarining mikroorganizm (bakteriyalar, zamburug`lar,
viruslar) larning nobud bo`lishi, o`sishi va rivojlanishini tanlov asosida bo`g`ib
qo`yish xususiyatiga ega bo`lgan moddalar kiradi.
Hozirgi kungacha ma`lum bo`lgan antibiotiklar kimyoviy tuzilishiga qarab
quyidagi guruhlarga tasniflanadi:
1) asiklik birikmalar (yog` kislotalari va terpenlardan tashqari);
2) alisiklik birikmalar (jumladan tetrasiklinlar);
3) aromatik birikmalar;
4) xinonlar;
5) tarkibida kislorod bo`lgan geterosiklik birikmalar;
6) tarkibida azot tutuvchi geterosiklik birikmalar;
7) peptidlar.
Jami antibiotiklarning uchdan bir qismini kimyoviy tuzilishi aniqlangan,
ularning yarmini kimyoviy sintez asosida olish mumkin. Shu sababli antibiotiklarni
mikrobiologik uslub yordamida ajratib olish eng dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Mikroorganizmlar
tomonidan
antibiotiklarni
sintezlanishi-antagonizmni
namoyon bo`lishini shakllaridan biri bo`lib, evolyusiya jarayonida shakllangan va
mustahkamlangan, ya`ni bu har bir tur uchun maxsus hisoblangan moddalar
almashinuvini tavsiflovchi antibiotik moddalarni hosil bo`lishini ta`minlovchi irsiy
xususiyat hisoblanadi. Antibiotik begona mikrob hujayrasiga ta`sir etib, uning
rivojlanishiga putur yetkazadi. Ba`zi antibiotiklar bakteriyaning ko`payish davrida
uning hujayra po`stini sintezlanishiga xalaqit yetkazadi, boshqalari sitoplazmatik
membranalarga ta`sir etib, ularning o`tkazuvchanligini o`zgartiradi, yana uchinchi
xillari moddalar almashinuvini ingibitorlari sifatida ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi kungacha 3000 dan ziyodroq antibiotiklarning mavjudligi aniqlangan,
lekin ulardan faqat 150 xili amaliy jihatdan foydalanilab kelinmoqda. Biz quyida
mikroorganizmlarning metabolizm mahsulotlaridan qishloq xo`jalik hayvonlari yem-
- 50 -
oziqasi tarkibiga qo`shimcha sifatida qo`shib beriladigan va o`simliklarni muhofaza
qilish vositasi sifatida foydalaniladigan xillarini ishlab chiqarish texnologiyasiga
to`xtalib o`tishni ma`qul deb topdik.
Ko`p yillar davomida antibiotiklardan qishloq xo`jalik hayvonlari va
parrandalarni o`sishini stimullovchi, o`simliklarning kasalliklariga va achish
jarayonlari bilan bog`liq sanoat ishlab chiqarishida begona mikrofloraga qarshi
kurash vositalari hamda oziqa mahsulotlarini konservantlari sifatida foydalanilib
kelinmoqda. Ulardan qishloq xo`jaligida samarali foydalanish chorva mollari va
parrandalarni kasalliklari va o`limini kamaytirish, ular tomonidan iste`mol
qilinadigan yem-oziqani o`rtacha 5-10 % ga kamaytirish imkonini beradi.
Cho`chqachilikda antibiotiklardan foydalanish bir yilda har 1000 bosh cho`chqadan
qo`shimcha ravishda 100-120 s go`sht, 1000 bosh tovuqdan 15 ming donagacha
tuxum yetishtirish imkonini beradi.
Antibiotiklarning ta`sir etish mexanizmlarini to`liq o`rganilgan deb bo`lmaydi.
Aftidan, hayvon organizmiga antibiotiklarning past konsentratsiyadagi miqdorini
ta`siri ikki xil omilga ko`ra: ichak mikroflorasiga ta`sir etish orqali yoki hayvon
organizmiga bevosita ta`sir etish orqali yuz beradi
Birinchi holatda antibiotiklar vitaminlar va boshqa biofaol moddalarning
biosintezini ta`minlovchi hamda patogen mikroflorani rivojlanishini bo`g`ib
qo`yuvchi foydali mikroorganizmlarni sonini oshiradi. Antibiotiklar ichakda mavjud
bo`lgan mikroorganizmlarga ta`sir etib, ular orasida hayvon uchun kamroq ziyon
keltiruvchi barqaror shtammlarni shakllanishiga olib keladi. Bu moddalar hayvon
organizmi uchun zararli bo`lgan biologik faol moddalarini o`zlashtirib va patogen
yoki shartli patogen tavsifli toksinlar hosil qiluvchi mikroblarni miqdorini
kamaytiradi. Antibiotiklar hayvon ichagida mikroorganizmlarning siljib ko`chishini
ta`minlaydi; ularning ta`sirida subklinik infeksiyalarning susayishi, ichakdagi pH
ko`rsatkichini pasayishi, organizm hujayralarini bo`linishini jadallashtirishga yordam
beradigan sirt tarangligini kamayishi kuzatiladi
Ikkinchi holatda hayvon organizmida gormonlar ta`sirining sinergizmi kuzatilib,
bunda o`sish gormonlaring miqdori oshadi, ovqat ist`emol qilish jarayoni tezlashadi,
organizmning tashqi noqulay sharoitlarga moslashish qobiliyati kuchayadi.
Antibiotiklar ta`sirida hayvonning vitaminlarga bo`lgan talabi susayadi, to`qimalar
tomonidan vitaminlarning sintezi kuchayadi, karotindan shakarning va vitamin A
ning sintezlanishi stimullanadi, fermentlarning sintezlanish tezligi oshadi, hamda
chiqindi moddalar kam miqdorda hosil bo`ladi. Bundan tashqari to`qimalarning
absorbsion qobiliyati oshib, metabolitlarni qayta ishlatilishi stimullanadi. Yem-oziqa
preparatlari tozalanmagan, lekin produsentning quritilgan biomassasi bo`lib, uning
tarkibida antibiotiklardan tashqari aminokislotalar, fermentlar, B guruhi vitaminlari
va boshqa biologik faol moddalar bo`ladi. Ajratib olingan preparatlar faolligiga yoki
tarkibiga kirgan asosiy moddaning miqdoriga qarab hamda tarkibidagi vitamin B
12
ning miqdorini e`tiborga olib yoki olmasdan standartizatsiyalanadi. Sanoat miqyosida
ishlab chiqariladigan hamma yem-oziqa antibiotiklar:
a) terapevtik maqsadlarda qo`llanilmaydi;
b) amaliy jihatdan ichak yo`lidan qonga so`rilmaydi;
c) organizmda o`zining strukturasini o`zgartirmaydi;
- 51 -
d) allergiyani keltirib chiqaruvchi antigen tabiatga ega emas.
Uzoq muddat davomida bir xil antibiotikdan foydalanish antibiotikka chidamli
mikroorganizmlarni paydo bo`lish xavfini tug`diradi. Uni oldini olish uchun
foydalaniladigan antibiotik moddalarni almashtirib turish yoki dastlabki darajadagi
samarani ushlab turishni ta`minlashni hisobga oladigan antibiotiklar aralashmasini
qo`llash lozim bo`ladi. Sanoat miqyosida ko`p yillardan buyon yem-oziqa preparati
sifatida xlortetrasiklin asositda –biovit yoki biomitsin ishlab chiqariladi, uni tarkibida
antibiotik va vitamin B
12
ning miqdorlari har xil bo`ladi. Keyingi paytda ishlab
chiqariladigan yem-oziqa antibiotiklar va boshqa xil notibbiy maqsadli tavsifga ega
bo`lgan preparatlar hisoblanadi, xususan ular jumlasiga: basitratsin, grizin,
gigromitsin B larni kiritish mumkin. Keyingi 45 yil ichida antibiotiklardan xilma-xil
fitopatogenlarga qarshi kurashda samarali ravishda foydalanib kelinmoqda.
O`simliklarning fitopatogen mikroorganizmlar tomonidan zararlanish manbalari
xilma xildir. Ekish uchun foydalaniladigan o`simlik urug`lari ham bu patogen
mikroblar bilan zararlanadi. Antibiotik moddaning ta`sir etish mexanizmi
o`simliklarning urug`larida yoki vegetativ organlarida joylashib qolgan fitopatogen
mikroorganizmlarni o`sishini to`xtatishi yoki o`limini keltirib chiqarishi bilan
bog`liq. Ishlab chiqarishga tavsiya etiladigan antibiotik moddalar kasallikni keltirib
chiqaruvchi mikrobga qarshi kuchli faollikni namoyon qilishi, o`simlik uchun
foydalaniladigan dozaning beziyon bo`lishi, tegishli muddat oralig`ida o`zining
antibiotik faolligini saqlay olishi va o`simlikning tegishli to`qimasiga osongina kirib
borishi lozim bo`ladi. Fitopatogenlarga qarshi kurashda eng ko`p ishlatiladigan
antibiotiklar jumlasiga avvalo fitobakteriomitsin, trixotsetin va polimitsinlarni kiritish
mumkin. Oziq-ovqat sanoatida antibiotiklardan foydalanish konserva tayyorlashda
harxil oziq-ovqat mahsulotlariga termo ishlov berish muddatini ancha qisqartiradi. Bu
esa mahsulot tarkibidagi biologik faol moddalarni, uning shirinlik jihatlarini,
konsistensiyasini saqlanishiga sababchi bo`ladi. Konservalashda eng samarali
antibiotik nizin hisoblanadi. Bu antibiotik inson uchun toksik tavsifga ega emas va
sabzavotlarga termo ishlov berishda vaqtni ikki marta kamaytirish imkonini beradi.
Oziq-ovqat va konserva sanoatidan tashqari, tibbiyot maqsadlari uchun
mo`ljallanmagan har qanday antibiotiklarni ishlab chiqarilishini tashkil qilinishi
produsent-shtammni o`stirish ham, antibiotikni sintezlash ham aseptik sharoitlarda
olib boriladi, buning uchun esa shtamm o`stiriladigan suyuqlik, uni vakuum-
bug`latilishi, quritilishi va tegishli miqdordagi qo`shimchalarni qo`shish asosida
tayyor mahsulotni standartlash ishlarini hammasi steril holatda amalga oshiriladi.
Antibiotiklarga qo`shimcha sifatida ishlatiladigan moddalar jumlasiga kepak, har xil
ekinlarning to`poni va boshqa organik va anorganik tabiatga ega bo`lgan moddalar
kiradi. Antibiotiklar ajratib olishni yo`lga qo`yishdan asosiy maqsad dastavval
mikroblarni o`stirilishini ta`minlash, ya`ni biomassani maksimal yig`ilishiga erishish
va bundan keyin esa antibiotiklarni hosil bo`lishini maksimumiga erishishdan iborat
bo`ladi. Demak, ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi birinchi bosqichda kerakli
miqdordagi biomassani yig`ilishiga erishiladi (bunda amaliy jihatdan reaksion
muhitda hali antibiotiklar bo`lmaydi). Antibiotiklar ikkinchi bosqichda va asosiy
fermentyorlarda hosil bo`la boshlaydi, buning uchun ilgarigiga qaraganda 2-3 marta
ko`proq vaqt sarflanadi.
- 52 -
Dostları ilə paylaş: |