M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


-Jadval  Triptofanni produsentini o`stirish uchun zarur bo`lgan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida)  №



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
8-Jadval 
Triptofanni produsentini o`stirish uchun zarur bo`lgan ozuqa muhitining tarkibi
(% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 

Saxaroza (texnik) 
10.0 

Makkajo`xori ekstrakti 
2.0 

Siydikchil 
0.5 

Ammoniy sulfat 
0.1 

Kaliy fosfat bir almashingan 
0.06 

Kaliy fosfat ikki almashingan 
0.14 

Natriy xlorid 
0.05 

Suv 
Qolgan qism 

Muhit pH 
7.0-7.2 
Inokulyatorda va o`stirish apparatida o`stirish materialini ajratib olish 
bosqichida saxarozadan tashqari hamma komponentlarni yuqorida keltirilgan 
tarkibda olinadi, saxarozani esa, undagidan ikki marta kam miqdorda olinadi. 
Boshqa aminokislotalarni ajratib olishdagi kabi steril ko`pik so`ndirgichning 0,1 
% li miqdoridan foydalaniladi. Mikrobni o`stirish vaqti va harorati o`zaro mos holda 
20 soat va 37 
0
C ni tashkil qiladi. Asosiy fermentatsiya uchun yo`naltiriladigan tayyor 
o`stirish materialining miqdori 5-10 % dan oshmaydi. Biosintez jarayonining 
davomiyligi 37 
0
C da 48 soatdan oshmaydi. Muhitning aeratsiyalanish darajasi 3,6-
4,0 g O
2
/(l.soat) ni tashkil qiladi. Triptofanning yem-oziqa konsentrati (TEOK) ni 
ajratib olish uchun produsentning biomassasidan ajratmasdan turib mikrobli 


- 47 - 
suyuqlikni tarkibida 30-40 % gacha quruq modda hosil bo`lgunga qadar vakuum-
bug`latish yo`li bilan konsentrlanadi va uni purkagichli qurutqichda 110-120 
0
C da 
quritiladi. Yuqori darajada konsentrlangan triptofanni produsentli suyuqlikdan 
hujayra elementlari va erimay qolgan chiqindilari ajratib olingan filtratdan olinadi. 
Bunda asosiy texnologik operatsiyalarning ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi: 
- produsent biomassasini filtrlash yoki sentrifugalash yo`li bilan ajratish; 
- filtratni xlorid kislota bilan pH 1,0 gacha nordonlashtirish va hosil bo`lgan 
cho`kmani ajratish; 
- H-shaklidagi sulfokationit KU-2-8 to`ldirilgan kolonkada triptofanni 
adsorbsiyalash; 
- adsorbsiyalangan triptofanni 5 % li suvli-izopropanolli ammiak eritmasi bilan 
desorbsiyalash, bunda sorbsiyalangan triptofanning 90 % elyutsiyalanadi; 
- elyuatni vakuum-bug`latkichda 60-70 
0
C da konsentrlash (buning natijasida 80-
90 % li suvli-spirtli fraksiya haydaladi) va keyin konsentratni 4-6 
0
C gacha sovitish
- triptofanni uning suvli-spirtli eritmasidan kristallizatsiyalash; 
- kristallarni aralashmadan ajratish va uning suyuq qismini vakuum-
bug`latkichga qaytarish
- kristallarni etanol bilan yuvish va 60
0
C li vakuum-bug`latkichda quritish. 
Ushbu sxema bilan ish yuritganda triptofanning texnik preparatini olishga 
erishiladi. Yuqori darajadagi tozalikka ega bo`lgan va tarkibida 99 % asosiy mahsulot 
bo`lgan triptofan preparatini ajratib olish uchun etanolda yuvilgan kristallarni suvda 
eritiladi va 65 % li etanolda yoki 60 % li izopropanolda qayta kristallanadi. Qoldiq 
suyuqlik qaytadan vakuum-bug`latkichga qaytariladi,hosil bo`lgan kristallar esa 
vakuumda 60
0
C da quritiladi. 
Tozalangan triptofan preparatini ajratib olish jarayonida hosil bo`lgan 
chiqindilari: produsent biomassasi va kristallizatsiya suyuqliklarining tarkibida ancha 
miqdorda triptofan bo`lishi tufayli ularni dastlabki o`stirish suyuqligi bilan 
aralashtirib qo`shiladi bu aralashmadan yem-oziqa mahsuloti olishda foydalaniladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin