- 48 -
9-Jadval
C.utilis
produsentining ferment tizimlarini hosil qilish uchun zarur bo`lgan
ozuqa muhitining tarkibi ( % hisobida)
№
Moddalarning nomi
%
1
Qand lavlagisi chiqindisi
10.4
2
Siydikchil
0.5
3
Ikki almashingan kaliy fosfat
0.01
4
Kalsiy xlorid
0.01
5
Magniy sulfat
0.005
6
Suv
Qolgan qism
7
Muhit pH
7.5-8.0
Birinchi bosqichda achitqi zamburug`ini dastlabki 24 soat oralig`ida jadal
aeratsiyali sharoitda oziqa muhitiga 7 g O
2
/(l.soat) dan kam bo`lmagan miqdorda
havo yuborib, aseptik sintetik ko`pik so`ndirgichdan foydalangan holda o`stirib
ko`paytiriladi.
Ikkinchi bosqichda produsent (uni 24 soat ichida o`stirib ko`paytirilgandan
so`ng) ning oziqa muhitiga antranil kislotaning 5 % li spirtli eritmasi va
siydikchilning 50 % li eritmasi kiritiladi. Aeratsiya jarayoni jadalligini ikki karra,
ya`ni 3 gO
2
/(l.soat) gacha kamaytiriladi. Muhitga antranil kislota va siydikchilni
kiritgandan keyin 4 soat vaqt o`tishi bilan qand lavlagisi chiqndisini 25 % li eritmasi
qo`shiladi. Biosintez jarayonini davom ettirib, muhitdagi aralashmaga har 6 soatdan
keyin antranil kislota va siydikchil, har 12 soatdan keyin qand lavlagisi chiqindisi
kiritiladi.
Biosintetik jarayon 144 soat davomida olib borilib, uning dastlabki 24 soati
produsentni o`stirish, ya`ni kerakli bo`lgan faol ferment tizimini hosil qilish uchun
sarflansa, qolgan 120 soati antranil kislotani triptofanga transformatsiyalanishini
amalga oshirish uchun sarflanadi. Tayyor mahsulotli suyuqlikning tarkibidagi
triptofan 6,0g/l ga yetsa, undagi quruq modda miqdori 8-13 % ga yetadi va bunda ish
nihoyasiga yetgan hisoblanadi. Tayyor mahsulotli suyuqlikka keyingi ishlov berish
yuqorida keltirilgan sxemaga asosan amalga oshiriladi. Antranil kislotani
triptofangacha
biosintezlanishidan
keyin
qolgan,
tozalanmagan
qismidan
triptofanning yem-oziqa konsentrati (TEOK) preparati olinadi. U quyidagi tarkibga
ega bo`ladi ( % hisobida): oqsil moddalari -48-54; umumiy triptofan -1-3; boshqa
aminokislotalar-6; namlik-10; vitaminlar (mg/kg hisobida): B
1
-15-18; B
2
-24,5-32,5;
PP-620-680.
Dostları ilə paylaş: