Mikrob o`stirilgan suyuqlikka dastlabki ishlov berish Reaksion muhitga so`ndirilmagan ohak qo`shiladi va keyin oshiqcha
miqdordagi kalsiy ionlari fosfat kislota yordamida cho`ktiriladi. Bunda hosil bo`lgan
cho`kma produsent hujayralari va oshiqcha chiqindi moddalarning ajralishini
tezlashtiradi.
Cho`kmani ajratib olish Reaksion mahsulot sentrifugalanadi yoki bosim ostida filtrlanadi.
Filtratni tindirish Reaksion mahsulotni qoramtir rangga bo`yab turgan pigment qoldiqlardan
tozalashdan iborat. Buning uchun filtratni faollashtirilgan ko`mir bilan ishlov
beriladi yoki IA-1 anionitida ion-almashinuvi sorbsiyasi o`tkaziladi.
Tindirilgan glutamin kislotasini konsentrlash 40-60
0
C da vakuum-bug`latish o`tkaziladi, bunda glutamin kislotaning
eritmasidan 50 % dan 80 % gacha suv bug`lantiriladi.
Glutamin kislotaning kristallarini izoelektrik nuqtada cho`ktirish Bundan oldingi bosqichda olingan konsentratga xlorid kislota qo`shib pH 3,2
(glutamin kislotaning izoelektrik nuqtasi) ga yetkaziladi va eritmani 4-15
0
C gacha
sovitiladi. Operatsiyani birinchi bor o`tkazganda 77 % glutamin kislota kristallansa,
ikkinchi bor o`tkazganda bu ko`rsatkich 87 % gacha oshadi. Ajratib olingan
kristallarning tozalik darajasi 88 % ga etadi. Keyingi qayta kristallizatsiyalarni
o`tkazish tozalik darajasini 99,6 % gacha ko`tarish imkonini beradi, bu tozalik
darajasi farmakopeya talablariga to`liq javob beradi.
Glutamin kislota kristallarini uni yuqoridagi darajaga keltirilgandan so`ng ajratish Bunga erishish uchun yuqorida keltirilgan tarzda ishlov berilgan glutamin
kislotasi aralashmasi sentrifugalanadi va dekantatsiya qilinadi, dekantant yana
vakuum-bug`lantirish bosqichiga qaytariladi. Ajratib olingan kristallar distillangan
suv bilan yuviladi va quritiladi.