- 42 -
Glutamin kislotani mo`l miqdorda ishlab chiqarish uchun alfa-keto-glutar
kislotani qahrabo kislotaga aylanishi izdan chiqqan ferment
tizimli shtammlaridan
foydalaniladi. Bunda agar muhitda o`stirilayotgan mikrobning alanindegidrogenazasi
va laktatdegidrogenazasini biosintezida tanqislik sezilsa, muhitda alanin va sut
kislotasini biosintezi uchun kerak bo`lgan muhitdagi karbonsuvlar sarflanmay qoladi
va natijada glutamin kislotaning hosil bo`lishi kuchayadi.
Sanoat miqyosida glutamin kislota ishlab chiqarilishida karbon manbayi sifatida
engil assimilyatsiyalanuvchi qand lavlagisi yoki kraxmal gidrolizati tarkibida
uchrovchi karbonsuvlar (saxaroza va glyukoza) dan foydalaniladi. Azot manbayi
sifatida siydikchildan, ba`zan ammoniy xlorid
va ammoniy sulfatdan hamda
makkajo`xori ekstraktidan foydalaniladi. Makkajo`xori ekstraktini tarkibida
biotinning miqdori ko`p bo`lganligi sababli undan faqat inokulyat va o`stirish
materialini olishdagina foydalaniladi. Qand lavlagisi chiqindisini tarkibida biotinning
miqdorini ko`p bo`lishi, uni biosintez uchun ishlatiladigan asosiy xom-ashyo sifatida
ishlatilishini cheklaydi. Glutamin kislotani produsentlarini barchasi biotinning
miqdori bilan, ba`zilari esa tiaminning miqdoriy ko`rsatkichlari bilan bog`liq bo`lib,
bunda biotinning miqdoriy ko`rsatkichi 1 l muhitdagi aralashma hisobiga 2-5 mkg
dan oshmasligi lozim. Bu vitaminning muhitda ko`proq miqdorda bo`lishi produsent
hujayralarining o`sishiga hamda alanin, sut, qahrabo, asparagin kislotalarning hosil
bo`lishini kuchayishiga
olib keladi, buning natijasida esa, glutamin kislotani miqdoriy
ko`rsatkichi kamayib ketishi kuzatilar ekan. Biotinning ingibirlovchi ta`sirini
pasaytirish uchun oziqa muhitiga ba`zi spirtlar, sirt tarangligi yuqori moddalar,
antibiotiklar (penitsillinlar, tetrosiklinlar) ni qo`shish lozim bo`ladi. Muhitga sirt
tarangligi yuqori moddalarni 0,01-0,2 % gacha miqdorda yoki benzilpenitsillinning
kaliyli tuzidan (1l muhitdagi aralashma hisobiga 4-6 mingdan bir birlik) qo`shish
produsentning biosintetik qobiliyatini 15-45 % ga oshiradi va
aralashmadagi glutamin
kislotaning miqdorini 50 g/l gacha yetishiga olib keladi. Foydalaniladigan
shtammning hususiyatlariga bog`liq holda biosintez jarayonini amalga oshishi uchun
oziqa muhitiga qo`shiladigan siydikchilning miqdori 1,0-2,05 % tashkil qiladi.
Biosintez jarayoni uchun optimal sharoit yaratish va ishlab chiqariladigan bir litr
reaksion suyuqlik hisobiga hujayralarning asosiy massasini hosil bo`lishi nihoyasiga
yetganidan keyin muhitga yana ozgina miqdorda siydikchil kiritish lozim bo`ladi.
Siydikchilning reaksion muhitdagi miqdoriy ko`rsatkichi 0,8 % dan oshmasligi,
eritmaning pH esa, 6,8-7,8 atrofida bo`lishi lozim. Muhitda azotning miqdorini kam
bo`lishi glutamin kislotaning hosil bo`lishiga xalaqit berib, alfa-ketoglutar kislotaning
ko`p miqdorda yig`ilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: