- 43 -
borilishi lozim. Oziqa muhitini tarkibi bir shtammdan boshqa shtammga o`tishda juda
kam o`zgaradi va o`stirish materialini olishning oraliq bosqichlarida amaliy jihatdan
o`zgarmaydi. Faqat produsentni o`stirish apparatida o`stirilganda oziqa muhitiga 0,1
% steril sintetik ko`pik so`ndirg`ich qo`shiladi.
Sanoat ishlab chiqarishi uchun xizmat qiladigan
Coryn.glutamicum
shtammidan
o`stirish materiali ajratib olishda 7-Jadvaldagi tarkibga ega bo`lgan ozuqa muhitidan
foydalaniladi.
7-Jadval
Coryn.glutamicum
shtammidan o`stirish materiali ajratib olishda
foydalaniladigan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida)
№
Moddalarning nomi
%
1
Qand lavlagisi chiqindilari
8.0
2
Makkajo`xori ekstrakti
0.3
3
Ammoniy xlorid
0.5
4
Ikki almashingan kaliy fosfat
0.05
5
Ammoniy sulfat
0.03
6
Suv
Qolgan qismi
7
Muhit pH
7.0-7.2
Glutamin
kislotani
biosintezlash
bosqichida
oziqa
muhiti
sifatida
foydalaniladigan komponentlar yuqoridagi komponentlardan tashkil topgan bo`lishi
va bunda faqat makkajo`xori ekstrakti va ammoniy sulfat o`rniga 2 % li siydikchil
ishlatilib, qand lavlagisi chiqindilari miqdorini 20 % gacha
oshirish, qo`shimcha 1
% gacha bo`r va 0,1 % gacha ko`pik so`ndirgich qo`shilishini talab qilinadi.
Biomassani aerob sharoitlarda har litr muhit suyuqligi hisobiga 6-8 g gacha miqdorda
mutloq quruq modda hisobiga yig`ilishiga erishish uchun produsentni dastlab hajmi
2 m
3
li inokulyatorda, keyin esa hajmi 5 m
3
li o`stirish apparatida o`stiriladi.
Hosil
bo`lgan mikrobli o`stirish materialini konsentratsiyasi 5-6 % (ishlab chiqarish
apparatidagi muhit suyuqligi tarkibini umumiy hajmi hisobida) ni tashkil qilganda
uni asosiy fermentyorga o`tkaziladi.
Biosintez jarayonini qat`iy aseptik sharoitda apparatning to`lg`azilish
koeffisiyenti 0,7 bo`lgan, hajmi 50 m
3
li fermentyorda, 48-52 soat davomida va 1
minutda 1 hajm muhitdagi suyuqlik hisobiga 1 hajm
havo sarflanishi inobatga
olingan jadal aeratsiya (80-85 mg O
2
/(l.m )) li sharoitda amalga oshiriladi. Haroratni
jarayonning kechishini hamma bosqichlarida doimiy ravishda 28-30
0
C atrofida
ushlab turiladi. Biosintetik jarayonning nihoyasida shtamm o`stirilgan suyuqlik
tarkibida 45 g/l hisobida glutamin kislota hosil bo`ladi.
Sarflangan shakarning
miqdoriga nisbatan hosil bo`lgan glutamin kislotaning miqdori 45-50 % ni tashkil
qiladi. Glutamin kislotani ajratib olishda uni o`ta toza holda olish nazarda tutiladi va
keyingi texnologik sxema bu kislotani oziq-ovqat mahsulotlari va dorivor moddalar
tarkibiga qo`shishni hisobga oladi. Reaksion muhitdan
glutamin kislotani ajratib
olish va keyingi tozalash ishlarini farmakopeya me`yorlari doirasida olib borish
quyidagi ketma-ket texnologik operatsiyalarni o`tkazishni talab qiladi.