M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Gamma-ekzotoksin

kam 
o`rganilgan 
komponent, 
hali 
identifikasiyalanmagan ferment (yoki fermentlar guruhi). Uning toksikligi 
ishonchlilik darajasida isbotlanmagan; 
4. 
Sigma-enzotoksin
, yoki parasporal endotoksin. Bakteriyani sporalanish 
jarayonida spora shakllanadigan qismiga qarama-qarshi bo`lgan qismida hosil 
bo`ladi. Spora hosil bo`lish jarayonini nihoyasida bu toksin to`g`ri sakkiz qirrali 
kristall shakliga o`tadi. Kristallarning sintezi stasionar fazada 3 soatda amalga 
oshadi. Kristallar organik erituvchilarda erimaydi, lekin sporalardan ajratilgandan 
keyin pH ning kuchli ishqoriy muhiti (11,5 dan yuqori) va ishqoriy buferlar (pH 7,9-
9,5) da qaytaruvchilar ishtirokida yaxshi eriydi. Kristallar 100 
0
C gacha qizdirganda 
30-40 minutdan keyin parchalanib ketadi va o`zining toksik ta`sirini yo`qotadi. 
Kristallarning kimyoviy tarkibida an`anaviy elementlar va aminokislotalar tarkibiga 
kiruvchi: karbon, azot, vodorod, kislorod, oltingugurtdan tashqari yana 19 xil element 
bo`ladi. Binobarin, ancha miqdorda kalsiy, magniy, kremniy, temir, kamroq 
miqdorda - nikel, titan, rux, alyuminiy, xrom, mis, marganets uchraydi; fosfor deyarli 
bo`lmaydi. Kristallar oqsildan tashkil topgani va har xil shtammlardan olingan 
preparatlarning aminokislota tarkibi bo`yicha o`zaro o`xshashligi isbotlangan. 
Kristalning tuzilmaviy butunligi aftidan oqsilning kremniy bilan bog`langanligi bilan 
bog`liq. Kristall oqsilning kimyoviy tabiati jihatidan spora po`sti oqsiliga o`xshash. 
Spora po`stida oshiqcha miqdorda oqsil hosil bo`lishi natijasida shu xildagi kristall 
hosil bo`ladi degan taxmin bor. Bu kristall oqsilning hashoratga qanday mexanizm 
orqali ta`sir etishi aniqlangan. Kristall hashoratning ichagida protoksin molekulasiga 
ajraladi,undagi 
proteinazalar 
ta`sirida 
toksik 
fragmentlarga 
parchalanadi. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, protoksin molekulyar og`irligi 230000 Da li oqsil 
bo`lib, undan tangachaqanotlilarning ichagida toksik komponentning ajralib chiqishi 
uchun kerakli bo`lgan yuqori ko`rsatkichli pH sharoiti mavjudligi sababli bu toksik 
komponent ajralib chiqadi. 
Hashorat o`lishi uchun kristallar uning organizmiga kirishi kerak. Kristallar 
qurt tomonidan yutilgandan keyin u oziqlanmay qo`yadi. Ko`p xollarda sigma-
toksinning birlamchi ta`sir ko`rsatadigan ichak qismi uning o`rta qismi hisoblanadi. 
Kristallarga nisbatan reaksiyasiga qarab hashoratlarni uch guruhga bo`lish mumkin: 
- umumiy paralich (falaj); 
- ichakning o`rta bo`limini paralichi (falaji); 
- kristallarga nisbatan moyillikka ega emas, lekin yaxlit preparatga nisbatan 
sezgirlikni namoyon qiladi.
Ko`p hashoratlar uchinchi guruhga kirib: endotoksin ta`sirida o`lmasdan, balki 
sporalarning o`sishi va bakteriyalarning keyingi bosqichda jadal ko`payishi natijasida 
nobud bo`ladilar. Hozirgi kungacha sigma-endotoksinlarning 12 ta serotipi va 15 ta 
varianti borligi aniqlangan. Ulardan endomopatogen bakterial preparatlar ishlab 
chiqarishda amaliy ahamiyatga ega bo`lganlari to`rtta variantdan iborat. Ular orasida: 
tiringienzis
yoki 
berliner
I serotipga mansub bo`lsa, 
alesti 
- III ga, 
dendrolimus
-IV ga 
va 
galleriya
- V ga mansubdir. 


- 65 - 
Ma`lumki, 
Bac. thuringiensis
130 turga mansub bo`lgan hashoratlarga nisbatan 
antogonistik ta`sirga ega, ular orasida dala, poliz, meva ekinlari, tok va o`rmon 
zararkunandalari uchraydi. Bu guruh preparatlarni barg bilan oziqlanuvchi 
hashoratlarga qarshi qo`llanilganda yaxshi samaraga erishiladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin