M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Entomopatogen preparatlarni zamburug`lardan ajratib olish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
7.4. Entomopatogen preparatlarni zamburug`lardan ajratib olish 
texnologiyasi 
Mikroskopik zamburug`lardan foydalanib ajratib olingan entomopatogen 
preparatlar zararkunanda-hashoratlarga ta`sir etib, ularda mikoz kasalligini keltirib 
chiqaradi. Entomopatogen bakteriyalar va viruslarga qiyoslaganda entomopatogen 
zamburug`lar qator o`ziga xos xususiyatlarga ega: 
- ta`sir etish ovqat hazm qilish trakti orqali emas, balki bevosita kutikula orqali 
bo`ladi; 
- ta`sir etish hashoratning qurt va imago davrlarida ham bo`lib o`tadi; 
- zamburug`lar juda tez o`sish va reproduksiyalanish qobiliyatiga ega, shu bilan 
birga ular uzoq muddat tabiiy muhitda o`zlarining entomopatogen faolligini 
yo`qotmay saqlashi mumkin; 
- ba`zi hashoratlarga nisbatan maxsus ta`sir kuchiga ega, bunda virulentlik 
qo`llaniladigan zamburug`ning shtammiga bog`liq bo`ladi. 
Zamburug` preparatining hashoratga ta`siri sporaning uning tanasini teri 
qatlamiga o`tishi barobarli boshlanadi. Bu xil zamburug`ning o`tishi, uning 
segmentlari orasida jadal ravishda yuz beradi. Hashorat tanasiga kirgandan keyin 
zamburug` sporasi o`sib gifga aylanadi, ular o`z navbatida entomopatogen 
zamburug`larning infeksion birligini tashkil qilgan gifal tanachalar-konidiylarga 
ajraladi. Qulay sharoitlarda konidiylarning hosil bo`lishi hashoratning kutikulasini 
yuzasida yuz beradi. Kutikulada hosil bo`lgan konidiyalar o`zlarining apressoriyalari 
(o`suvchi naylari uchidagi bo`rtmalari) bilan kutikulaga yopishib olib hashorat 
tanasiga mitsellyar o`simtalarini kiritadi. Konidiyalar hashorat tanasiga kirgandan 
so`ng gemolimfa yordamida harakatlanadi va zamburug`ning rivojlanishi boshlanadi. 
Shu bosqichning o`zida ba`zi shtammlar tomonidan ancha miqdorda toksinlarning 
ajralishi sodir bo`ladi. Hashoratning letal holati gemolimfa sirkulyatsiyasining izdan 
chiqishi va zamburug` tomonidan toksin ishlab chiqarilishi tufayli yuz beradi. Eng 
avvalo zamburug` hashoratning mushak to`qimasiga ta`sir etadi. Uning o`sishi 
hashoratning butun ichki organ va to`qimalari to`liq parchalanib ketgunicha davom 
etadi. Konidiyalarning o`sishi va hashoratlarning o`limigacha bo`lgan vaqt 2 kundan 
8 kungacha bo`lgan muddatni o`z ichiga oladi. Zamburug`li entomopatogenlardan 
foydalanish istiqbollari ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish bazasini yaratish va 
ekish materialini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqilishi bilan bog`liqdir. 
Asosan zamburug`larning 
Beauveria

Menarrizium
,
Enthomophora
avlodlari
vakillarining shtammlari asosida ajratib olishga e`tiborni qaratiladi. 
Zamburug`larning 
Beauveria
avlodi asosida sanoat miqyosida preparatni ajratib 
olishda bu avlodning 60 tur hashoratga ta`sir etuvchi
B. bassiana Vuill
dan, 10 tur 
hashoratlar asosan qo`ng`izlarni nobud qiladigan
B. tentlla Del
. dan foydalaniladi . 
Boverin entomopatogen preparati 
B. bassiana Vuill
ning konidiyasporalaridan tashkil 
topgan bo`ladi. Tayyor preparat oq yoki oq-sarg`ish rangli kukun bo`lib, uning 1 g da 
1,5-6 mlrd konidiospora bo`ladi. Sporalardan tashqari boverinning faol jihati uning 
tarkibida boverisin toksinini bo`lishidir. Yuqori letal konsentratsiyaga (LK 100, ya`ni 
hashoratlarning 100 % o`lishiga) erishish uchun unga muayyan hudud uchun me`yor 
hisoblangan miqdorining 10 % gacha bo`lgan miqdorda insektisid qo`shimcha sevin, 
xlorofos, fozalon qo`shiladi. Shu yo`sinda ish yuritish faol dehqonchilik vohasida 


- 68 - 
zaharli kimyoviy preparatlardan foydalanishni 90 % ga qisqartiradi. Preparat 
issiqqonlilar va odam uchun zararsiz, o`simliklarda ko`zga ko`rinarli o`zgarishlarni 
yuzaga keltirmaydi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin