- 130 -
ATAMALAR
Avtonom plazmidlar
- asosiy xromosomaga birika olmaydigan va asosiy
xromosomadan
mustaqil
ravishda
o`z-o`zidan
replikatsiya qiladigan halqasimon DNK molekulalari.
Agrobakterium
- o`simliklarni zararlantirganda shish hosil qiluvchi tuproq
bakteriyalari.
Aminokislotalar -
tarkibida
amino va karboksil guruhlari mavjud bo`lgan
organik birikmalar.
Antigen
- hujayraga kirganda antitana hosil qiluvchi, organizm
uchun yot bo`lgan molekulalar.
Antitana
- ishlab chiqariladigan immunoglobulin tabiatli murakkab
oqsil molekulasi.
Azotobakterin
- tuproq azotobakteriyalarining hayotiy faoliyati asosida
yaratilgan bakterial o`git turi.
Bakteriofaglar
- bakteriyalarda parazitlik qiladigan va ularni lizis
qiluvchi viruslar.
Basitratsin
- basilixinlar deb nomlanuvchi preparat, yem-ozuqa
tarkibiga qo`shib ishlatiladigan antibiotik modda.
Biotexnologiya
- biologik makromolekulalar va organizmlardan
foydalanib, xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarish
texnologiyasini o`rganuvchi fan.
Boverin
- zamburug`larning hayotiy faoliyati asosida
olinadigan entomapatogen preparat turi.
Elektroforez
- elektr maydoniga joylashtirilgan maxsus gel ichida
molekulalarni o`rta qismidan kattaligiga ko`ra bir-
biridan ajratish uslubi.
Endonukleaza
- DNK zanjirlarini kesuvchi fermentlar (restriktazalar).
Entobakterin
- bakteriyalarning hayotiy faoliyati asosida olinadigan
entomapatogen preparat turi.
Fag
- bakteriofag so`zining qisqartmasi.
Fermentlar
- organizmda boradigan hayotiy jarayonlarni
katalizlaydigan oqsil tabiatli yuqori molekulyar organik
birikmalar.
Fermentyor
- laboratoriyada yoki sanoat miqyosida
mikroorganizmlar yoki yuksak organizmlar hujayralarini
o`stirish uchun xizmat qiladigan maxsus asbob.
Fitobakteriomitsin
- zamburug`larning hayotiy faoliyati asosida olinadigan,
streptotritsin guruhiga mansub bo`lgan antibiotik modda.
Dostları ilə paylaş: