bilan bir necha qavatga ajratilishida, minora yuzasming burma qilib bezatilishida va nur-soya o‘yinining boyligida seziladi. Bu minora o‘z prototiplaridan keskin ajralib turadi. Hind ibodatxonalari tipi o‘rniga musulmon masjidlari qurildi. Islom dini bilan bog‘liq boigan hind masjidlari ham plan hamda tuzilish jihatidan sodda va ratsionaldir. Uch tomoni ustunli ayvonchalar, to‘rtinchi tomoni ustunli nomozgox boiib uning garb tomonida mehrob joylashgan. Hindistonda qurilgan dastlabki masjidlar badiiy jihatdan sodda boigan. Bobur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda Hindiston o‘zining eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Markazlashgan boburiylar davlatida yangi shaharlar (Agra, Fatexnur-Sikri) vujudga keldi. Mustahkam devorlar bilan o‘ralgan masjid, maqbara, saroy va bogiari boigan katta qal’alar yaratildi. Bu davrda bog‘ park san’atining ajoib namunasi yaratildi. Bobuming nabirasi Akbar hukmronlik qilgan yillarda (1556-1605) qurilish yanada rivojlandi. U Agra shahri qurilishiga, ayniqsa katta e’tibor berdi. Zamondoshlarining fikriga ko'ra, bu shahar o‘sha davrda dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biri boigan. XVII asr memorligida serhashamlilikka intilish kuchaydi, oq marmar quruvchilarning sevimli materiali boiib qoldi. Shoh jahonning buyrugi bilan uning marhuma rafiqasi xotirasiga bag* ishlab oq marmardan qurilgan Agradagi Tojmahal masjid - maqbarasi (1632-1650) muhim yodgorlik, hind san’atining nodir durdonasi hisoblanadi. Bu binoni qurishda Hindiston, Turkiya, Eron, 0 ‘rta Osiyo va Afg‘oniston ustalari qatnashgan. Keng va ko‘rkam gumbaz uning atrofiga qurilgan to‘rt minora Tojmahalga tugallik va
ko‘rkamlik baxsh etadi; uni yengil, go‘yo yuqoriga falakka intilayotgan-