hajmlarda qaytaradi va butun kompozitsiya dinamikasini oshiradi. Ibodatxona kompleksi 140x160 m maydon o‘rtasida joylashgan boiib, uning atrofi devor bilan ajratilib chiqilgan. Ibodatxona to‘rt boiimdan iborat boiib, ular asosiy o‘q bo‘yicha sharqdan g‘arbga qarab joy- lashadi. Ibodatxona minorasining balandligi 40 m dan ortiq boiib, kompozitsiyaning badiiy tugal boiishiga xizmat qiladi. Tanjordagi Shivaning katta ibodatxonasi janubiy) Hindiston o‘rta asr memorchiligining nodir yodgorligi hisoblanadi. Katta maydon o‘rtasiga o‘rnatilgan me’morlik ansambli kompozitsiyasining markaziy qismi 63 metrli minora bilan tugallanadi. Minora uchta katta hajmdan tashkil topgan boiib, pastdagi hajm kvadrat, undan keyin kesik piramida va dumaloq gumbaz uning kompozitsiyasini tashkil etadi. Bu
hajmlar dekorativ bezakka boy, lekin ular minoraning yaxlit va ulug‘vor bo‘lib ko‘rinishiga halaqit bermaydi. XIII asrdan boshlab, Hindistonga islom dini kirib kelishi va uning davlat diniga aylanishi tasirida memorlik va tasviriy san’atda o‘zgarish!ar sodir bo‘ldi. Me’morlikning shu din bilan bog‘liq qurilmalari kirib keldi. Shimoliy Hindistonda 0 ‘rta Sharq memorligi an’analari asosida yaratil- gan masjid, minora, maqbaralar yuzaga kela boshladi. Me’morlikda keng ishlatilgan haykaharoshlik san’ati o‘mini o‘yma va chizma naqshlar egalladi, jonli narsalar tasvirini ishlash kamaydi. Shunga qaramay, hind san’ati an’analari o‘z umrini yangi davrda ham davom ettirdi. XIII asrda Dexlida qurilgan Quvvatul islom masjidi minorasi bunga misoldir. Hind ustalari yangi davr memorligi kompozitsiyasini qadimgi hind san’ati an’analari bilan boyitdilar. Bu xususiyat minoraning ochiq ayvonchalar