kompleks markazi to‘g‘ri burchakli, hovli janub tomondan bo‘lib yopiq galereyali darvozalar bilan o'ralgan va shimol tomondan sajda qilish lari uchun zalda, ya’ni yoiakdan iborat. Hovli ichkarisida bosh oltin zal (Kondo) joylashgan va 32 m dan iborat 5 yarusli yengil qurilishdan iborat bo‘lib, budda ta’limotining ramzini ko'rsatadi. Mehrob haykaltarosh kompozitsiyasi masjid interyerining bosh qadamjosi va uning markazi hisoblangan. U o‘ziga xos sahna ko‘rinishida qurilgan. Mehrob cho‘q- qisida maium bir tartib asosida haykalchalar joylashgan. Panteondagi xudolar joyi ko‘rinishida markaziy qismda budda joylashtirilgan. Uning atrofida xudosifat haykalchalar joylashgan. Mehrob atrofida ishonch himoyachilari turganlar. Xoryudridagi oltin zalning mehrob markazida Siaka triadasi turadi (Shakiamuna budda strayidsasi) ilk Yaponiya budda haykaltaroshligining namunasi hisoblanadi. Oltin zal va yengil qurilishlar atrofmi o‘rab turuvchi boshqa komplekslar qismi yumedana 8 burchakli bino (orzular, umidlar zali) markazida joylashgan. Bu yerda Siaka triadasiga yaqin bo‘lgan Gyudze kanon xaykalchasi joylashgan. XIV-XV asrlardagi me’morchilik, original asarlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ular orasida Kin Kakudze yoki oltin Pavelion 1394-yilda qurilgan va Ginka Kudze yoki kumush Pavelion 1489-yilda qurilgan. Asekaga Yosemasa villasi singari va keyinchalik budda ibodatxonasi boiib qol gan. Bu kabi asarlaming mohiyati, ulaming mazmuni tabiat bilan uyg‘unlashib ketadi, me’morchilik va tabiat badiiy obrazlarining xilma- xil qismlari sirasida ko‘rinadi. Lekin tabiat bilan uyg‘unlikka kira olmaydi. U bog‘ning ustalari tomonidan yagona prinsiplar asosida badiiy ifodalanadi, bog‘ bu me’morchilikning asosiy qismini tashkil etgan.