BasfficaflLatin: Basilica Scmcti Petri-,
Italian:
Basilica
Papa/e di San Pietro in Vaticcwo),
is an Italian Renaissance church in Vatican Citv. the papal enclave within the city
Peter’s is the most renowned woric o f R eraissairaarchitecture and one o f the largest churches io the world. White it
is neither the mother churoh o f the Catholic Church nor the cathedral o f the Diocese o f Rome. S t Peter's
is
regarded
as one o f the holiest Catholic
s h r i n e g .
It has been described as '’holding a unique position in the Christian world ?md
as "the greatest o f all churches o f Christendom)
Mikelanjeloning yirik me’morlik asarlari - Florensiyadagi San
Lorenso cherkoviga qo‘shimcha qilib qurilgan Medichilar kapellasi,
unga ishlangan qabr
toshi
va xaykallardir. Kapellaning uncha katta
bo'lmagan kvadrat shaklidagi xonasining oq devorlari to‘q kul rang
bo‘lib, marmardan ishlangan pilyastrlar bilan ajratilgan. Ijodkorning
me’morlik iste’dodi Rimda bir muncha rivojlandi. Bu yerda u Avliyo
Pyotr soborini qurishda shahar ansambllarini rekonstruksiyasida
qatnashdi.
XV asr o‘rtalarida Venetsiya yuqori uyg‘onish davriga qadam
qo‘ydi. Konstantinopolni turklar tomonidan bosib olinishi Italiya
shaharlarida awalgi savdo-sotiq ishlarining kamayishiga olib keldi.
Lekin o‘z qo‘lida juda ko‘p boylik to‘plab olishga ulgurgan Venetsiya
aristokratiyasi uzoq vaqt o‘z mustaqilligini saqlab qola olish
imkoniyatiga muyassar bo‘ldi. San’at va madaniyatda yuqori uyg‘onish
davri prinsiplari o‘z ifodasini topdi. Bu yerda yetuk me’mor,
xaykaltarosh hamda rassomlar ijod qilib, Italiya obro‘sini dunyoga
tarqatdilar.
XVI asr o‘rtaiarida mamlakatning iqtisodiy va siyosiy jihatdan
zaiflashishi so‘nggi uyg‘onish davri me’morligida ham o‘z ifodasini
topdi. Palatsso villasi qurilishi sohasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilindi.
Bir qator ilmiy asarlar yaratildi. XVI asr o‘rtalaridan boshlab Italiya
shaharlarida paydo bo‘la boshlagan maxsus o‘quv yurtlari, akade-
miyalarning paydo bo'lishi va ularda me’morlikka oid ta’limlaming
o‘tilishi muhim voqea bo‘ldi. Bularning hammasi keyingi Yevropa
me’morligi taraqqiyotida o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi.
Andrea Palladio (1518-1580) ham so‘nggi uyg‘onish davri yirik
me’mori va nazariyotehisi hisoblanadi. Uning 1571-yilda nashr etilgan
«Me’morlik to‘g‘risida 4 risola» kitobida antik me’morlik va order
sistemasi haqida to‘xtalib, ularni o‘zgartirib bo‘Imaydi deb
hisoblaydi402. U o‘z idealini antik me’morlikda ko‘rdi va shu idealni o‘z
ijodida qaytarishga harakat qildi. Me’mor bino uchun yaxlit klassik
402 The World History o f Architecture. Auguste Choisy. London. 2009. Р.597(Опост Шуази. Всеобщая история
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО. 2009 kitobning rus tiiidagi talqinidan foydalanilganXriep»biii опыт в
архитектуре получил в родной городе, с 1521 годя став учеником резчика по камню в мастерской скульптора
Бартоломео Кавацда из Соссано. печально известной скверными условиями работа. Дважды пытался оттуда
сбежать — вторая попытка, в 1524 году, была удачной, и Палладио перебрался в Виченцу. В Виченце
Палладио начал работать в камнерезной и скульптурной мастерской Сан-Бьяджо в квартале Педемуро,
считавшейся ведущим предприятием подобного рода. Её владельцы, Джованни ди Джакомо из Порлеццы и
Джнроламо Питгони изЛуминыно. были знаменитыми в Виченце скульпторами. Андреа делал работу,
обычно поручаемую подмастерьям: капители, рельефы, фризы. По протекции ди Джакомо был принят &
гильдию каменщиков)
normadagi shakllardan qat’iy simmetriyadan foydalangan holda
ulardan dekorativ effekt topadi. U feodal saroylami shahar uylariga
aylantiradi. Uning qurgan binolari shahar ansamblining ajralmas
elementiga, ko‘chalaming ajralmas qismiga aylandi.
Dojiar (rahbar) saroyi. Saroy Venetsiyaning Italiya gotika
arxitekturasi buyuk yodgorligi boiib, shahaming sayyohlarni
etiboridagi maskandir. U Avliyo Mark maydonida shu nomdagi
ibodatxona yonida joylashgan. Dojiar (rahbar) qasri IX asrda qad
ko‘targan boiishiga karamay, uning hozirgi ko£rinishi taxminan 1309
- 1424-yillarda arxitektor Filippo Kalendario boshchiligida qurilgan.
Qasming bir qismi 1577-yildagi yong‘inda yo‘q boiib ketgan, uning
qayta qurilishini Rialto ko‘prigi arxitektori Antonio de Ponti amalga
oshirgan. Venetsiyaning bu bosh binosi respublika dojlari (yetakchi)
ning rezidensiyasi boigan. Saroyda Katta Kengash, Oliy sud va maxfiy
politsiya faoliyat olib borgan, shuningdek, saroyning birinchi qavatida
yuristlar idorasi, devonxona, senzurachilar va dengiz idoralari joy
lashgan. Qasming balkoni tantanalar minbari vazifasini o‘tagan, undan
doj, yani yetakchi halqqa ko‘rinish bergan. Ajablanarlisi Pyatsetti
maydoni tomonidan qayiqlarda kelgan mehmonlar shu yo‘sinda
Respublika rahbari idorasidan yaqqol ko‘ringan. Aytish mumkinki,
Avliyo Mark ibodatxonasi, San-Marko kutubxonasi va boshqa binolar
bilan birgalikda dojiar saroyi shahaming bosh arxitektura ansamblini
tashkil qilgan. Saroyning bunday nomlanishiga sabab u Venetsiya
Respublikasi boshligi, dojlarning rezidensiyasi boiganligidir. Avliyo
Mark ibodatxonasi singari dojiar saroyi ham asrlar davomida kurilgan,
qayta ta’mirlangan va bezatilgan. Saroyning 810-yilda qurilgan birinchi
binosi hamma tomonidan suv bilan o‘ralgan qala devorlari va
minoralaridan iborat boigan. 976-yili ayonlaming bir qismi va oddiy
halq o‘sha paytdagi respublika rahbari P. Kandiani IVra qarshi
qo‘zg‘olon ko'targan va uning rezidensiyasini yoqib yuborgan.
Saroyning o‘rniga venetsiyaliklar yangi qala qurishgan, lekin u ham
1106-yili yonib ketgan. XII asrda venetsiyalik ustalar yangi saroy barpo
etishgan, bu vaqtga kelib saroyni qala sifatida qurishga ehtiyoj
boimagan. XII asrda Venetsiyada o'rta asr Yevropasiga xos boigan
mustahkam saroy va qala devorlari qurilishi to‘xtagan, shaharda dengiz
himoya vazifasini o‘taganligi sabab kala vazifasini endilikda
respublikaning kuchli dengiz floti bajargan. Shuning uchun bu vaqtga
kelib qala devorlari va minoralar qurilmagan, saqlanib qolgan xandak
va chuqurlar ko‘mib tashlangan. Saroyning hozirgi binosi taxminan
1301 - 1424-yillarda arxitektorlar Filippo Kalendario, Pyetro Bazeyo
va usta Enriko tomonidan quriigan. 1400-1404-yillar saroyning
ko‘rfazga qaragan qismi, 1424-yilda Avliyo Mark maydoniga qaragan
fasadi qurilishi yakunlangan. Qurilishini tugallashga Florensiya va
lombardiyalik ustalar ham jalb qilingan bo‘lishiga qaramay binoning
katta qismining gotika uslubidagi bezaklarini venetsiyalik marmarga
ishlov beruvchi mutaxassis ustalarga oilasiga mansub bo‘ Igan Boni
oilasi azolari bajarishgan. Saroy 1577-yiI 20-sentyabrdagi yong‘inda
katta talofat ko‘rgan. Saroyni qayta ta’mirlash jarayonida o‘sha
davming zamonaviy bezaklaridan foydalanilmay, o‘zitimg awalgi
ko‘rinishi, yani gotika uslubida qayta tiklashgan. 0 ‘sha davrda saroy
rahbarlar rezidensiyasi vazifasini o'tashi bilan birga unda Respub-
likaning siyosiy kuchlarining idoralari ham joylashgan. Bu holat shahar
Napaleon armiyasi tomonidan bosib olinguncha davom etgan. Hozirda
saroy muzeyga aylantirilgan. Arxitekturaning barcha qonunlariga
qasdma-qasd Rahbarlar saroyining yuqori massiv qismi yengil, nafis
arkalardan iboratdek ko‘rinadi. Bino poydevorini tepaga yoki pastga
aylantirib qaragandagi ko‘rinishi bir qarashda uning fasad tuzilishi hech
qanaqangi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigandek ko‘rinadi, yani pastga
qaragan ikkita kuchsiz tayanch lenta va balandga o‘rlagan devordan
iboratga o‘xshaydi. 1577-yilgi yongin saroyning bir qismini shikast-
lagan. Yongindan keyin Rialto ko‘prigi arxitektori Antonio de Ponti
binoni ilk ko‘rinishini qayta tiklaydi.
Bir qarashda saroy fasadida qo'llanilgan arxitektura uslubi bir-biri
bilan mantiqsiz, kutilmaganda yoki tasodifiy bog'langanga o‘xshaydi-
gandek taassurot uyg‘otadi. Sinchiklab nazar tashlansa saroy judayam
jozibador, g‘aroyib, yorug, quvonch va hayotga boy, badiiy boyitilgan,
oxir oqibat chuqur bilim bilan qurilganligi ko‘zga tashlanadi. Saroy
birinchi qavatining ochiq ark galereyalari qurilishi badiiy injiqlik emas,
balki janub quyoshidan saqlaydigan g‘aroyib to‘siqlar ekanligi ko‘zga
tashlanadi. Bu yer har qanday kishi uchun yoqimli dam oladigan
maskan bo‘lishi bilan birga dunyo arxitekturasining eng go‘zal hamda
tabiat peyzajining go‘zalligidan bahramand boiadigan joydir. Ikkinchi
qavat galereyasi bu hashamdor balkonlar bo‘lib, ular asosiy xonalarga
janub va g‘arb tomonlardan soya berib turadi. Dojlar saroyining nafis
galereyalar uyg'unligi va silliq devorlari binoning fasadini yanada
boyitib ko‘rsatishi bilan birga, uning jozibador tuzilishi, baland tashqi
ko‘rinish Pyatsetta arxitektura ansambli va Venetsiya ko‘rfazi keng-
liklarini yanada mahobatli ko‘rsatadi. Saroy fasadining oxirgi ko‘rinishi
XV asming o‘rtalari va ikkinchi yarmida qayta qurilgan, shuningdek,
uning oldingi ananaviy gotika uslubidagi ko'rinishi venetsiyaliklaming
yangi urfga kirayotgan anchayin jozibador Renessans shakllariga
intilishi natijasida o'zgarib bordi. Venetsiyaliklaming gotika uslubidan
voz kechishining asosiy sababi, ulaming arxitekturaning yumshoq
aylana shakllari, marmaming xilma-xil navlarining betakror jilva-
lanishiga intilishidan kelib chiqkan. Shunga qaramay dojiar saroyining
Psetti maydoniga qaragan qismi anchayin qayg‘uli detallardan
tuzilganga o‘xshaydi. Binoning ikkinchi yarusdagi 9-chi va 10-ustunlar
marmaming to‘q kulrang va qizg‘ish tuslardan ishlangan boiib, kishida
ular orasida xuddi dahshatli jazo hukmi o‘qilgandek taassurot
o‘yg‘otadi. Saroyning markaziy fasadi balkonlari Sansovino o‘quv-
chilari tomonidan 1536-yilda qurilgan. Balkonda yoysimon deraza va
Venetsiya timsoli oldidagi doj (rahbar) Andrea Grittming xaykali
o‘matilgan. Shuningdek, balkon ustida xaykaltarosh Allessandro
Vittoria tomonidan Adolatli sud xaykali (yodgorligi) qad roslagan.
Aynan mana shu balkondan 1865-yili Venetsiya va Italiya qirolligining
birlashganligi elon qilingandi. Avliyo Mark maydoniga qaragan bino
fasadining chap qismidan «Porta della Karta», ya’ni «Qog‘oz eshik»
nomli dojiar saroyi hovlisiga y o i ochiladi. Bu saroy Jovanni va
Bartolomeo Bon tomonidan barpo etilgan. Saroyning yoysimon arkalari
ustki qismi gotika uslubidagi dekoratsiya eiementlari bilan bezatilgan,
past qismida doj Franchesko Foskari xaykali oldida Venetsiya timsoli
boigan qanotli sher xaykali o‘matilgan. Arkaning ustki qismida esa
Adolat sudi xaykali o‘matilgan.
Saroyning «Qogoz eshik» deb nomlanishini oiimlar ikki xilda
talqin kilishadi. Birinchi talqin bu uncha uzoqda joylashmagan arxiv
hujjatlar bilan bogiiq boisa, ikkinchi variant bu yerda qachonlardit
hattotlar (mirzalar) oiirishgan boiib, ular halqqa shikoyatlar, arizalar
va boshqa hujjatlarni yozishda yordamlashgan. «Qog‘oz eshik» orkali
Foskari arkafari galereyasiga, undan esa ikki qavatli marmar arkalar
bilan o‘ralgan va 8ta qadimgi grek haykaltaroshlari uslubida ishlangan
haykallar bilan bezatilgan Dojiar saroyining hovlisiga o‘tish mumkin.
Bu yerda kishining diqqatini asosan general M. della Roveri, yani
gersog Urbinskiy sharafiga o‘matilgan haykal kishi diqqatini o‘ziga
tortadi (xaykaltarosh D. Bandini yasagan). Hovlining o‘rtasida
hozirgacha saqlanib qolgan ikkita bronzadan yasalgan suv saqlashga
mo‘ljallangan quduq - hovuzga duch kelinadi. Ularga Venetsiyaning
turli joylaridan eng yaxshi va mazali suvlar keltirilgan. Ko‘plab suv
sotuvchilar ularni har kuni yangi suv bilan toidirishgan, keyinchalik
esa shu yerdan o‘zlarining muzday va mazali suvlarini Venetsiya
shahrining uzoq dahalarigacha yetkazib berishgan. Binoning sharqiy
qismiga qaragan fasadiga XV asr oxirlarida Antonio Ritsso ishlov
bergan bo‘lsa, uning janubiy va sharqiy tomonlari XVII asrda
Bartalameo Monopole tomonidan ishlab chikarilgan qizil g‘ishtlardan
qurilgan. Foskari galereyasining shimoliy qismi fasadi ustida soat
millari o'matilgan. Bu fasadda ikki qavatli arkalar joylashgan. Ular
yarim aylana va yoysimon shakldagi peshayvonlardan iborat. Arkalar
galereyasida restavratsiya qilingan qadimgi haykallar ko‘zga tashla-
nadi. Bu fasadga ham Monopole tomonidan ishlov berilgan. Hovlining
o‘ng tomondagi baland supaga 1587-yili xaykaltarosh Jovanni Bandini
tomonidan ishfongan urbinskiy gersogi Franchesko Mariya della
Rovere haykali o‘matilgan. Hovlining ichki tomonidan karrar marmari-
dan ishlangan «Ulkan kishilar zinapoyasi» orqali saroyga kirib boriladi.
1554-yili zinapoyaning ustki maydonida haykaltarosh Yakopo Sansovi-
noning Venetsiyaning ma’joziy ma’nodagi harbiy va dengiz himoya-
chilarii hisoblangan Mars va Neptun sharafiga ulkan marmardan
ishlangan xaykallar o‘matilgan. Shu sababli zinapoya hozirgi nomiga
ega bo‘lgan. Bu yerda Venetsiya Respublikasining barcha tantanali
marosimlari o'tkazilgan. Ulaming eng asosiylari qatoriga dojning yani
rahbaming nikoh yoki toj kiyish marosimlarini qo‘shish mumkin. Bu
marosimda zinapoya ulkan taxtga aylangan. Kengashning eng yoshi
ulug azosi yangi rahbarga, yani doj boshiga kimmatbaho bosh kiyimini
(toj) kiygizgan - bu dojlar hokimiyatining timsoli hisoblangan. Zina
poya orqali saroy ikkinchi qavatning yopiq galereyasiga chiqilgan.
Galereya bo'ylab va saroyning ichki qismida sherlaming ogzi katta
ochilgan xaykallari joylashtirilgan. Ulaming katta ochiq og‘ziga o‘sha
paytda ish olib borgan har xil maxfiy idoralaming chaquv xatlari va
shunga o‘xshash boshqa nomalar qo‘yib ketilgan. Saroyning tantanalar
zallariga «Oltin zinapoya» orqali borilgan. Zinapoya Yakopo Sanso
vino tomonidan loyihalangan va boshlangan, u 1559-yili Skarpanino
tomonidan tugallangan403. Mazkur oltin suvi bilan ishlangan
«3 History o f Architecture A.D.F.Hamlin. A. M. Professor o f the history o f Architecture in the school o f Architecture.
C O LU M B IA ,
UNIVERSIRY, 1998 SEVENTH EDITION. P. 15! (The Doge's P « h c e (Italian:
Yüklə Dostları ilə paylaş: |