M muxamedova


uzoq o‘rta asrdan so‘ng yana qaytadan uyg‘onganligi sababli ishlatgan


səhifə192/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

uzoq o‘rta asrdan so‘ng yana qaytadan uyg‘onganligi sababli ishlatgan
va asosan lotto ijodiga nisbatan qo‘llanilgan edi. Keyinchalik esa keng
mazmunni kasb etib Italiyada, so‘ngra Yevropaning boshqa mam-
lakatlarida vujudga kelgan, o‘rta asrlar davridan farq qiladigan san’atni
ta’riflash uchun qoMlanila boshlangan. Uyg‘onish davri me’morligi
qadimgi an’analarni o‘zlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdi, yangi
me’moriy qurilmalar vujudga keldi, ko‘p qavatli uylar, yangi
qiyofadagi jamoat binolari qad ko‘tardi. Binoni tashqi va ichki
tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida ham muayyan
yutuqlarga erishildi. Bu o‘zgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza,
Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya shaharlarida juda sezilarli
bo‘ldi399. Ulkan binolar, goyat katta gumbazli va bir nechta ustunli
saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, florensiyalik me’morlar antik
me’morlik an’analari va order tizimidan unumli foydalandi. Bu
an’analarni o‘rta asr Italiya me’morlik texnikasi yutuqlari, mahalliy
kurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uyg‘unlashtirib,
399 
History o f Architecture A.D.F. Hamlin. A. M. Professor o f the history o f Architecture in the school o f Architecture, 
COLUMBIA, UNIVERSIRY, 1998 SEVENTH EDITION. P. 146(Renaissaitce architecture is the architecture o f the 
period between the early 15th and early 17th centuries in different regions o f Europe, demonstrating a conscious 
revival and development o f certain elements o f ancient Greek and Roman thought and material culture. Stylistically, 
Renaissance architecture followed Gothic architecture and was succeeded by Baroque architecture Developed first 
in Florence, with Filippo Brunelleschi as one o f its innovators, the Renaissance style quickly spread to other Italian 
cities. The style was carried to France, Germany, England, Russia and other parts o f Europe at different dates and with 
varying degrees o f impact. Renaissance style places emphasis on symmetry, proportion, geometry and the regularity 
o f parts as they are demonstrated in the architecture o f classical antiquity and in particular ancient 
R o m an
architecture. 
o f which many ehamples remained. Orderly arrangements o f columns, pilasters andlintels. as well as the use of 
semicircular arches, hemispherical domes, niches and aediculesreplaced the more complex proportional systems and 
irregular profiles o f medieval buildi ngs)


renessans me’morligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining 
yaxlitligiga e’tibor kuchaydi, me’morlik mujassamotining chiziqli ritmi 
va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va ko‘rkamligiga 
ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham 
yangilandi. Shahaming ijtimoiy ma’muriy markazi tarhi va tuzilishi 
bilan boglik bo‘lgan yangi tipi paydo bo‘ldi. Florensiyada shakllangan 
yuksak Uygonish davrining mumtoz uslubi Rimada, keyinroq 
Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental san’at) yarati- 
lishiga sabab bo‘ldi. Yirik me’moriy ansambllar vujudga keldi, «ideal» 
shaharlarning loyihalari yaratildi. Uyg‘onish davri arxitekturasi va 
san’ati o‘z harakatini Italiyada to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot 
bosqichlarini boshidan kechirdi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
1. Uyg‘onish arafasi davri - protorenessans (XIII - XIV asrlar).
2. Ilk uyg‘onish davri - kvatrachento (XV asr). Uyg‘onish davri 
haqidagi adabiyotlarda asrlaming italyancha atamasi: XIII asr -
duchento, XIV asr - trachento, XV asr - kvatrachento, XVI asr -
chinkvachento ishlatiladi.
3. Yuqori uyg‘onish davri (XV asming 90 yillarl - XVI asming
20-30 yillari).
4. So‘nggi uyg‘onish davri (XVI asming ikkinchi yarmi). 
Uyg'onish davri taraqqiyoti hamma mamlakatlarda bir xil boMmaydi.
Masalan, Germaniyada so‘nggi uyg‘onish davri, Niderlandiyada 
esa yuqori uyg‘onish davri taraqqiyotini boshidan kechirmagan. 
Uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich edi. Bu 
insoniyat shu davrgacha o‘z boshidan kechirgan hamma o‘zgarishlar 
ichida eng buyuk progressiv o'zgarish edi.
XIV 
asming oxiridan boshlab Florensiya Italiyadagi siyosiy va 
madaniy markazlardan biriga aylana boshladi va butun Italiya badiiy 
madaniyati hamda san’atning keng ko‘lamda qayta yangilanishi va 
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. XV asrda Florensiyada yashab ijod etgan 
buyuk san’atkorlar Mazachcho, Donatello, Brunellesko va ulaming 
izdoshlari o‘z ijodlarida uyg‘onish davri san’ati prinsiplarini namoyon 
etdilar. Bu san’atkorlaming asarlari gumanizm g‘oyalari bilan sug‘o- 
rilgan bo‘lib, ular o‘z asarlari markaziga inson obrazini qo‘ydilar. Ilk 
uyg‘onish davri san’atkorlari protorenessans san’ati yutuqlarini davom 
ettirgan holda, uni ilmiy jihatdan boyitdilar, realistik san’atning yangi 
qirralarini ochdilar. Ilk uyg‘onish davrida antik san’atga qiziqish yana- 
da ortdi. Hayotni chuqur o‘rganish asosida san’atkorlar fikr doirasini


yanada kengaytirdilar. Bu davrda ulkan binolar, g‘oyat katta gumbazli 
va qator ustunli sobor, saroy va ibodatxonalar qurildi. Florensiyalik 
me’moriar antik me’moriik an’analari hamda order sistemasidan unum- 
li foydalandilar va bu an’analami o‘rta asr Italiya me’morlik yutuqlari, 
mahalliy qurilish materiallari va konstruksiyalari bilan uyg‘unlashtirib, 
renessans me’morligi uslubini yaratdilar. Bu uslub rivojiga gotika 
hamda Vizantiya me’morligi uslubi ham samarali ta’sir qildi.
XIV 
asr oxiri XV asr 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin