M. T. Ahmedova


Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan



Yüklə 333,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.04.2023
ölçüsü333,32 Kb.
#102537
1   2   3
Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kel

Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan 
yangi fan sohasi sifatida 
 
 
ANNOTATSIYA
 
 
Kalit so‘zlar: 
neyropedagogika, 
neyropsixologiya,  
yo‘nalish,  
ilmiy izlanishlar natijasi, 
pedagogikа va psixologik 
jarayonlar,  
inson bosh miyasi, 
neyrologik o‘zgarishlar, 
individ,  
subyekt,  
shaxs,  
psixofiziologik,  
ta’lim jarayoni,  
bilimlar,  
shakllanish,  
intellektual,  
ijtimoiy rivojlanish,  
nutq,  
tafakkur,  
kognitiv neyrologiya, 
differensial psixofiziologiya 
va neyropsixologiya. 
Ushbu maqola neyropedagogika va neyropsixologiya yo‘na-
lishida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijasida pedagogik 
va psixologik jarayonlarni inson bosh miyasida sodir bo‘ladigan 
neyrologik o‘zgarishlar nuqtayi nazaridan o‘rganish, ya’ni 
neyrologiyaning pedagogika va psixologiya bilan sinergizmi –
1997-yilda alohida fan sifatida yuzaga kelishi hamda individ, 
subyekt va shaxsni ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan 
bilimlarining umumiy sohasida yanada shakllanishi haqida 
fikrlar bayon etilgan. 
Нейропедагогика и нейропсихология как развивающаяся 
новая наука 
 
 
АННОТАЦИЯ
 
 
Ключевые слова: 
нейропедагогика, 
нейропсихология, 
направление,  
результаты научных 
исследований,  
педагогика и 
психологические 
процессы,  
мозг человека, 
неврологические 
изменения,  
индивид,  
субъект,  
личность, 
психофизиологический, 
учебный процесс, 
познание,  
формирование, 
интеллектуальное, 
социальное развитие, 
речь,  
мышление,  
когнитивная неврология, 
дифференциальная 
психофизиология и 
нейропсихология.
 
Данная статья, представляет собой, исследование 
педагогико-психологических процессов. А именно, с точки 
зрения неврологических изменений в головном мозге 
человека. 
В результате научных исследований, в области 
нейропедагогики и нейропсихологии, т.е. синергии 
неврологии с педагогикой и психологией как отдельной 
дисциплиной в 1997 г. Изучено, дальнейшее формирование 
личности, субъекта, личности в общей области знаний, 
связанных с образовательным процессом. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 
105 
Barchamizga ma’lumki, murabbiy va pedagoglardan ta’lim oluvchilar, xususan, 
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga va boshlang‘ich sinf o‘quvchi-
lariga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini har tomonlama va 
chuqur bilishlarini, ularning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik 
imkoniyatlari hamda jihatlarini hisobga olishlarini talab qiladi. Bunda ta’lim dasturlarini 
o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchilarga murabbiy va pedagoglar tomonidan alohida 
e’tibor qaratilishi muhimdir, chunki o‘quv dasturlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirmaslik 
shaxsning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning barchasi diqqati va xotirasining hajmi, uning 
ko‘chuvchanligi, ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirish tezligi, borliqni tasavvur 
qilishi va anglashi, “dunyoni ko‘rishi” bilan bir-biridan farq qiladi. Buning asosiy sababi – 
bosh miya yarimsharlarining qaysi biri inson hayoti faoliyatida yetakchi ahamiyatga ega 
ekanligidadir. Chunki ta’lim jarayonida bosh miya chap yarimshariga tayanish faqat chap 
yarimsharning faol rivojlanishiga, o‘ng yarimshariga tayanish esa yarimsharlarning har 
ikkalasining faol rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv-
chilar psixikasidagi mana shunday o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish bolaga ta’lim berish, 
uning tarbiyasi va kamolotidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Ushbu muammoni samarali hal etish uchun uning yechim yo‘lini izlashga yangicha 
yondashish – muammoni majmuaviy tahlil qilish va hal etish zarur. Buning uchun barcha 
insonshunos mutaxassislar – pedagog, psixolog, sotsiolog va neyrologlarni, ularning 
tajribasi hamda ilmiy izlanishlari mahsulini birlashtirish kerak bo‘ladi. Shu yo‘nalishda 
amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijasida pedagogikaning yangi sohasi sifatida 
kognitiv neyrologiya – neyropedagogika va neyropsixologiya shakllanayotgan bo‘lib, bu 
fan “insonga qanday ta’lim berish kerak?” degan oddiy, biroq o‘ta muhim savolga javob 
berishi mumkin.
Neyropedagogika va neyropsixologiya yo‘nalishida amalga oshirilgan ilmiy 
izlanishlar natijasida pedagogik jarayonlarni inson bosh miyasida sodir bo‘ladigan 
neyrologik o‘zgarishlar nuqtayi nazaridan o‘rganish, ya’ni neyrologiyaning pedagogika 
bilan sinergizmi – neyropedagogika 1997-yilda alohida fan sifatida yuzaga keldi hamda 
individ, subyekt va shaxsni ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarining umumiy 
sohasida yanada shakllandi.
Neyropedagogika va neyropsixologiyaning fan sifatida yuzaga kelishida Charlz 
S. Jeykobs, L.S. Basser, J.E. Bogen, B.T. Vouds, E. Lenneberg, A. Smit, P. Volf, E. Jensen, 
B. Given, V.A. Moskvin, N.V. Moskvina, V.D. Yeremeeva, T.P. Xrizmanlar katta hissa 
qo‘shganlar.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularning ma’lumotlarni 
qabul qilishi va tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, G.E. Vvedenskiy, 
V.I. Golod, V.A. Moskvin, A.V. Nikolskiylarning ilmiy izlanishlari bag‘ishlangan. 
Chapaqay bolalarni ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil etish muammosi 
G.A. Antyuxin, M.M. Bezrukix, N.N. Bogdanov, I.A. Makarev, V.A. Moskvin, A.I. Semenovich-
ning tadqiqotlarida o‘rganilgan.
Ta’lim jarayonida bolalar nutqi va tafakkurining rivojlanishiga bosh miya 
asimmetriyasi hamda chap va o‘ng yarimsharlar shikastlanishi oqibatlarining turlicha 
ta’sir etishi, inson miyasiga oid bilimlarni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari 
L.S. Basser, J.E. Bogen, B.T. Vouds, E. Lenneberg, A. Smit, P. Volf, E. Jensen va B. Given-
larning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan.


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 
106 
Hozirgi vaqtda kognitiv neyrologiya sohasida M. Gazzaniga, E. Kendel, R. Munakata-
larning tizimli olib borayotgan ilmiy izlanishlari alohida e’tiborga sazovordir. 
Yuqorida nomi keltirilgan olimlarning fikriga ko‘ra, inson tafakkuri subyektiv 
bo‘lganligi bois uning hissiyotlari mantiqiy yo‘l bilan olish mumkin bo‘lgan qarorlardan 
ko‘ra yaxshiroq qarorlarga kelishga yordam berar ekan.
O‘zbekistonda neyropedagogik bilimlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini 
oshirish (B. Xodjaev) va bolalarning neyropedagogik xususiyatlarini innovatsion ta’lim 
muhiti sharoitida rivojlantirishning ayrim masalalari (J. G‘ulomov, N. Yunusova, 
V. Anvarova) o‘rganilgan bo‘lib, mazkur sohada yirik ilmiy tadqiqotlar hozircha amalga 
oshirilmagan.
Neyropedagogika – kognitiv neyrologiya, differensial psixofiziologiya va neyro-
psixologiyaning o‘quvchi shaxsi tomonidan turli o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda 
uning bosh miyasi faoliyatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
hamda o‘quvchi va pedagogning individual lateratsiya profili variantlarining bir-biriga 
mos kelishini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish to‘g‘risidagi 
fandir. Neyropedagogika fani pedagogika, psixologiya, neyrologiya va kibernetika fanlari-
ning klassik asoslariga tayanib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni o‘zida aks ettiradi. 
Inson bosh miya yarimsharlarining har ikkalasi ham murakkab kognitiv 
jarayonlarda ishtirok etsa-da, ularning faoliyat strategiyasi bir-biridan sezilarli darajada 
farq qiladi. Chap yarimsharlari yеtakchi bo‘lgan odamlar ma’lumotlarni ketma-ket va 
mantiqiy tahlil qilishi hamda tahlilning xususiy bo‘laklardan umumiyga yo‘nalganligi 
bilan ajralib tursalar, o‘ng yarimsharlari yеtakchi bo‘lganlar olamni intuitiv va umumiy 
yaxlitlikda anglashi hamda tafakkurining umumiydan xususiy bo‘laklarni tahlil qilishga 
moyilligi bilan farq qiladilar. Bu holat ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish intuitiv-
hissiy (kommunikativ) hamda mantiqiy-ratsional (nokommunikativ) yo‘llar bilan sodir 
etilishida namoyon bo‘ladi.
Neyropedagogika va neyropsixologiyaning fan sifatidagi 
asosiy maqsadi – inson bosh miyasi faoliyatida oliy psixik 
funksiyalarning individual xususiyatlarini hisobga olib peda-
gogik vazifalarni samarali hal etilishi uchun amaliy yordam 
berishdan iborat. 
Guruhlar psixodinamikasining neyropedagogik tarkibini 
hamda ta’lim-tarbiya jarayoni yanada samarali bo‘lishini 
ta’minlashga qaratilgan neyropedagogik hamkorlikni ta’lim 
jarayoniga tadbiq etishning shakl va metodlarini o‘rgatib, 
neyrofanlarning obyektiv qonuniyatlari asosida ta’lim jarayonini 
boshqarishda neyropedagogika va neyropsixologiya quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 
neyrodidaktika, neyropedagogik diagnostika (tashxis), neyropedagogik tarbiya, neyro-
pedagogik korreksiya va adaptatsiya hamda ta’lim jarayonining neyropedagogik muhitini 
tashkil qilish.
Neyrodidaktika didaktika fanining bir tarmog‘i bo‘lib, neyrodidaktika ta’lim 
muhitini tashkil qilishning neyropedagogik tamoyillarini, ta’lim jarayoni va ichki 
imkonini beradi. Neyrodidaktika umumiy va xususiy qismlarga bo‘linadi. Umumiy 
neyrodidaktika nazariy-metodologik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy neyrodidaktika 
esa neyropedagogik diagnostika va o‘qitishning amaliy tavsiyalarini o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 
107 
Neyropedagogika va neyropsixologiya diagnostika – insondagi juft organlar qo‘l 
(oyoq), ko‘z va quloqni yеtakchilik ko‘rsatkichlariga qarab bosh miya yarimsharlari 
assimetriyasining bir nechta funksional tiplarini aniqlash imkonini beradi.
Neyropedagogika va neyropsixologiya korreksiya va adaptatsiya – bolaning 
neyropedagogik-neyropsixologik – xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qadriyatli-
motivatsiya va xulq-atvoriga tuzatish kiritish hamda ta’lim jarayoniga moslashishini 
tashkil etishni ta’minlaydi.
Neyropedagogik tarbiya – neyropedagogik diagnostika natijalari va pedagogik 
neyropsixologiyaning korreksion texnologiyalari asosida, ta’lim oluvchilar guruhining 
neyropedagogik muhiti xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiyaviy tadbirlarni tashkil 
etishga oid tavsiyalar tayyorlaydi. 
Ta’lim olishning neyropedagogik va neyropsixologik muhiti quyidagi uch tarkibiy 
qismdan iborat: 
• jismiy muhit – sinf xonasi, auditoriya, undagi jihozlar
• psixologik muhit – ta’lim oluvchilarni sinfda individual-psixologik jihatlarini 
hisobga olgan holda joylashtirilishi; 
• psixosotsial muhit – o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi shaxslararo 
kommunikatsiyasi. 
Neyropedagogikada ta’lim muhitini tashkil etishni psixodinamik darajada tahlil 
qilish uchun transakt tahlil va stratologik tahlil usullaridan foydalaniladi. Ushbu tahlil 
vositasida o‘quv guruhining neyropedagogik tarkibini aniqlash va ta’lim jarayonining 
tashkil etilishida hisobga olish o‘quvchilar guruhining bilish faolligiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Chunki psixologiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda inson 
berilayotgan ma’lumotning o‘rtacha 5-10 foizini anglashi, ya’ni ongli ravishda o‘zlash-
tirishi mumkin bo‘lib, ma’lumotning qolgan qismi appersepsiya jarayonida, inson 
tomonidan anglanmagan holda ongostiga o‘tib ketadi. Shuning uchun ham ta’lim muhitini 
tashkil qilishda berilayotgan ma’lumotlar o‘quvchi shaxsi tomonidan ongli ravishda
tushunib qabul qilinishiga sharoit yaratish pedagog va tarbiyachilar oldida turgan muhim 
pedagogik muammolardan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, innovatsion ta’lim muhitini tashkil etishda – uning 
integrativ nazariy bazasini, umumiy metodologiyasini hamda aniq diagnostik va 
korreksion texnologiyalarini yaratishda neyropedagogika fani imkoniyatlari samarali 
qo‘llanilishi mumkin. Bu esa ta’lim jarayonida beriladigan ma’lumotlarni o‘quvchilar 
faqatgina eslab qolishlari uchun emas, balki anglashlari va nisbatan qiyinchiliklarsiz 
tushunishlari hamda o‘zlashtirishlari uchun yordam beradi.

Yüklə 333,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin