M tojiyev, I. Nigmatov


Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

7.2. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda
fuqarolarning xatti-harakati
Gidrotexnika inshootlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni 
bajarishlari lozim:
Suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin 
boMgan hududlami va suv bosish vaqtini, shuningdek, shikastlovchi 
omillarni (suv urib ketadigan to‘lqin balandligi, tezligini va boshqalarni) 
yaxshi bilishlari kerak.
Aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi 
xatti-harakatlarga tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Aholining hammasi suv bosish ehtimoli borligi, suv bosish vaqti, 
uning chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalami 
vaqtida olishi kerak.
Xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi 
kerak:
- darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlami, 2-3 kunlik 
oziq-ovqat va ichimlik suvini o‘zi bilan olish;
- uylami ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini o‘chirishi) 
qoldirishi kerak;
- chorva mollarini xavfsiz joylarga o‘tkazib qo‘yish.
Agar to‘satdan halokatli suv bossa:
- suvning to‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan in- 
shootlarning yuqori qismlariga chiqiladi;
- oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmas- 
sa idishlari osilgan najot kamarini) taqib olinadi;
- agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bo‘!sa, qa- 
yerdaligini belgilab, qutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq 
belgilari osib qo‘yiladi.
7.3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to‘xtab qolishi yoki sa- 
noat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va 
boshqa obyektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yo‘q bo‘lishi tushu- 
niladi.
135



Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin