Ian yuvish, 5 foizli sirka, limon yoki xlorid kislota shimdirilgan lattani
qo‘yish va boshqa omillar bajariladi.
Ammiakdan saqlanishda: «К» yoki «М»
markali filtrlovchi sanoat
gazniqobi, agar ammiak vodorod sulfid bilan aralashgan bo‘lsa, «KD»
markali gazniqobi ishlatilib, juda yuqori konsentratsiyada izolatsiyalovchi
gazniqoblar va himoya kiyimlari ishlatiladi.
X lor -
o‘tkir hidli, sariq rangli gaz. U havodan 2,5 baravar og‘ir
bo‘lib, 34°C haroratda suyuq holatga o‘tadi. U suvda, organik erituv-
chilarda yaxshi eriydi. Xlor qog‘oz-selluloza, to ‘qimachilik sanoatida,
xlorli
ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa soha-
larda ishlatiladi. Xlor bo‘g‘ish xususiyatiga ega. Uning havodagi miq-
dori 0,01 mg/1 bo‘lganda inson organizimiga salbiy ta’sir etadi, miqdori
0,1 mg/1 dan yuqori bo‘lganda o iim g a olib keladi.
Birinchi
yordam.
Shikastlangan hududlarda gazniqoblami kiyish ke
rak. Nafas organlari izdan
chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini
hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan ko‘zni, burunni va tomoqlami yuvi-
shi, issiq borjomli yoki sodali sut, qahva ichishi kerak.
Himoyalanish.
«V» va «М» markali
filtrlovchi sanoat gazniqo-
blari, GP-5 fuqarolar gazniqobi, bolalar gazniqobi va ulaming himoya
komplektidan foydalaniladi. Agar uning konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa
(8,6 mg/1 dan yuqori), izolatsiyalovchi gazniqoblar qo‘ilaniladi.
Oltingugurt oksidi
- o ‘tkir hidli, rangsiz gaz bo‘lib, yonmaydi. Bu
modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bo‘lib, u sulfat kislo
ta ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu
gaz to'qim achilik sanoatida
oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida
konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka
va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi.
Oltingugurt
angidridi nafas yo‘llarini ishdan chiqarib, ko‘zni xiralashtiradi. Kichik
konsentratsiyada inson kuchsiz yo‘talish, tomoqda va ko‘krakda og‘riq,
ko‘zdan yosh oqish,
katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: