kiradi. Ular, o ‘z navbatida, uch guruhga b o iin g a n . Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va alum iniy changi, arsin, stibin, fosfin, y o g ‘och, ko‘mir, kul, metallorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. O ksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar — kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o ‘zidan o ‘zi yonib ketadi. Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar ki radi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qila di. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi. Uchinchi guruhga organik moddalar bilan q o ‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, q o ‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o ‘zidan o ‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kim yoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko‘rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qilinadi. Y ong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: korxona v a tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash joylari; yon g'in miqyosi: kichik hajmda, o ‘rta hajmda va katta hajmda bo‘ladi. Y ong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga: - inshootlar loyihasini ishlab chiqishda y o ‘l q o ‘yilgan xato va kam- chiliklar; 195