damlilik darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa, o ‘z navbatida, ularda ishiatil- gan qurilish ashyolarining yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita b c g ‘liq bo‘ladi. Qurilish ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki ch o‘g ‘lanib yonishi natijasida parchalanishi ulam ing yonuvchanligini bildiradi. KM K 2.01.02-85 raqamli y on g‘in xavfsizligi m e ’yorida qurilish ashyolari yonuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga b o ‘lingan: yonm aydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar. 196
Y onm aydigan guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yon- maydigan va k o ‘mir]anmaydigan qurilish ashvolari kiradi, jumladan, bu- larga tosh, baton, temir-beton, gips, alebastr kabilar m isol bo'la oladi. Bunday ashvolardan yaratilgan qurilmalar, yonm aydigan qurilmalar deb yuritiladi. Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonm aydigan ashyolar aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, y a ’ni tarkibida 8% dan k o ‘proq organiq birikmalari b o ‘lgan asfalt beton v a gipsli beton qurilmalar va hajm o g ‘ir!igi 900 kg/m 3 dan oshmagan som onli loy qorishmalari, antipi- ren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan y o g ‘och qurilmalar, shuningdek, fibrolit hamda polim er ashyolar kiradi. Bunday ashyolar ishtirokida yara tilgan qurilmalar, qiyin yon^digar, qurilmalar deb qabul qilingan. Yonuvchi guruhga, yuqoriharorat manbayi ta’siridan yonadigan va manba y o ‘qolgandan keyin ham ch o‘g ‘lanib yonishi davom etadigan, y a ’ni yonm aydigan va qiyin yonuvchi ashyolam ing talablariga javob ber- maydigan, organik ashyolar kiradi. O lov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofazalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi