muhandisi hisoblanadi. Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya-texnika va y o n g ‘inga qarshi xizm atlam i, qutqarish ishlarini olib boradi. Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, halokat b o ‘lganda qutqarish va avariyani to‘sish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. FM ning m oddiy texnika ta’minoti bo‘yicha o ‘rinbosari qilib korxonaning ta’minot bo'yicha boshliq o ‘rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs, maxsus jihozlam i, texnika, transport va muhofazaga taalluqli jihozlar bilan ta’m inlaydi va saqlaydi. Yana u boshpanalami qurish va o ‘z qo‘l ostidagi ishchi-xizm atchilam i evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshootlami ta’mirlash ishlarini bajaradi. Korxonada FM ning shtabi tuziladi. Bu shtabda har xil buyruqlar, bajariladigan chora-tadbirlar va FM ning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi. Korxona shtab boshlig'i etib, shu korxonaning FM boshlig‘ining birinchi o ‘rinbosari tayinlanadi. FM shtabi oldida ishchi-xizm atchilam i va korxona xodimlari oilalarini qirg‘in qurollar ta’siridan, dushmanning bevaqt hujumidan o ‘z vaqtida ogoh qiiish vazifasi turadi. FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi: a) aloqa va tashviqot; b) tibbiyot; d) radiatsiya va kim yoviy qurollar ta’siriga qarshi; e) jam oat tartibini saqlash; f) elektr ta ’minoti; g) avariya-texnikani ta’mirlash; h) pana joylarda va qochoqlar maskanida xizm at k o ‘rsatish;