11-MAVZU: TORMOZ VA AMARTIZATOR SUYUQLIKLARI
O’quv rejasi:
1. Tormoz suyuqliklari
2. Amartizator suyuqliklari
3. Avtomobillarning ko`tarish mеxanizmlari uchun suyuqliklar
Transport vositalarining ko’tarish mexanizmlarida, tormoz tizmlarida gidravlik sistemalardan foydalaniladi. Gidravlik sistemalar quvvatni uzatish va agregat va mexanizmlarining harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Ular traktor va kombaynlarga o’rnatilgan gidroko’targichlarda ishlatiladi. Masalan, o’zi og’darar avtomobillar, buldozer, èkskavatorlar gidravlik uzatmalar bilan ta’minlangan.
Ish suyuqligi sifatida moylar ishlatiladi. Bu suyuqlik kuchlarning ravon, silkinishsiz(turtkisiz, zarbsiz) uzatish imkonini beradi.
Moylarning gidravlik sistemalarda ishlash sharoiti sharoiti juda og’ir: bu erda haroratlar farqi juda katta bo’lib, ish harorati 60-800C ga etadi. Qishda ham harorat - 300 - 400C ga tushib ketadi. Bosim èsa 10MPa ga etadi. Katta bosim va yuqori ish haroratida moylar oksidlanadi. Gidrosistema ishonchli va uzoq ishlashi uchun moylarga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
1. Avvalo ularning qotish harorati past bo’lishi kerak.
2. Tizimda bug’ tisinlari hosil bo’lmasligi uchun moyning qovushqoqligi bug’lanish harorati ish rejimlari haroratidan 20-30 0C yuqori bo’lishi kerak.
Gidrosistemalar uchun motor moylarining "V" guruxidan ma’lum darajada foydalaniladi. MGE-10A markali yagona gidravlik moy ham ishlatiladi. U -600C dan +900C gacha harorat oraligida ishlatiladi. VMGZ moyi -500C dan +900C gacha ishlatiladi, 500C dagi qovushqoqligi 10 santiStoksga teng.
Tormoz suyuqliklari.
Yuk va engil avtomobillarning tormoz tizimlarida asosan gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida gidrotormoz suyuqliklari ishlatiladi.
Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz suyuqliklariga qo’yidagi èkspluatatsion talablar qo’yiladi:
1. Tormoz suyuqligining qaynash harorati etarlicha yuqori bo’lishi kerak, aks holda suyuqlik qaynab, tormoz pedali polgacha tushib ketadi. Tormoz ŝilindrlarining harorati 190-200 0S gacha etishi mumkin.
2. Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo’lishi, ya’ni -40 0S va undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho’kindi hosil qilmasligi va qatlamlarga ajralmasligi kerak. Bundan tashqari, uning qovushqoqligi -400Sda tormoz pedalini bosishni qiyinlashtiradigan darajada bo’lmasligi kerak.
3. Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast etkazmasligi, shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi qismlarining korroziyasiga sabab bo’lmasligi kerak.
Bunga GTJ-22, GTJ-22M suyuqliklari ètilenglikollarga korroziyaga qarshi prisadkalar va yashil rang bo’yovchi moddalar qo’shib erishiladi. Ular past haroratdagi xossalarining yaxshiligi, kam bug’lanishi, -600C haroratdagi ish qobiliyatini saqlab turishi bilan boshqa suyuqliklardan farq qiladi. Tormoz tizimiga suv tushganda bu suyuqliklar qatlamlanmaydi, chunki glikollar suv bilan yaxshi aralashadi. Ularning kuchli zaxarliligi asosiy kamchiligidir.
GTJ-22, GTJ-22M gidrotormoz suyuqliklari keng ishlatiladi. Bu suyuqliklar ètilenglikollarga korroziyaga qarshi prisadkalar va engil yoki engil jigarrang qo’shib tayyorlanadi.
Jiguli, Moskvich, Volga engil avtomobillarning gidrotormoz tizimlarida barcha mavsumlarda "Neva" tormoz suyuqligi ishlatiladi. Rangi och sariq. Qotish harorati -600C ga, qaynash harorati 1900C ga teng.
Èkspluatatsion xossalari GTJ-22, GTJ-22M dan yuqoriroq. Undan yuk avtomobillari tormozlarining yuritmalarida ham foydalanish mumkin.
BSK suyuqligi 50% moy va 50% butil spirti, kanakunjut moyi va izobutil spirtidan teng miqdorda tayyorlanadi. Unga qizil bo’yovchi modda qo’shiladi. Uni yuk va engil avtomobillarning(Jigulidan boshqa) tormoz gidroyuritmalarida ishlatiladi. 1180C da qaynay boshlaydi, 200C da kanakunjut moyi kristallana boshlaydi, shuning uchun BSK shu haroratgacha ishlashi mumkin. Texnik xizmat qoidalariga asosan suyuqlik almashtirilib turadi.
Kanakunjut asosidagi suyuqlik kanakunjut moyini turli spirtlar bilan aralashtirib tayyorlanadi:
qizil suyuqlik BSK: 50% moy 50% butil spirti asosida tayyorlanadi;
sariq suyuqlik ÈSK: 60% moy 40% ètil spirti asosida tayyorlanadi;
Bu suyuqliklar -250C dan +700C gacha optimal qovushqoqlikga ega. EKS suyuqligi 780C da u qaynaydi. Shuning uchun xozirgi vaqtda EKS ishlab chiqarilmaydi.
BSK suyuqlikligi: butil spirti bilan tozalangan kanakunjut moyining aralashmasidan(1:1 nisbatda) iborat tormoz suyuqligi yaxshi moylash xususiyatlariga èga. Minus 200C haroratgacha ishga layoqatli. Ancha past haroratlarda xam tormoz tizimlarining ishga layoqatligini saqlash uchun suyuqlikka ètil yoki butil spirti (1:1 nisbatda) qo’shiladi. Qaynash harorati uncha yuqori (+1150C) bo’lmaganligidan BSK suyuqligini disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo’lmaydi. Suv qo’shganda qatlamlanadi. "Neva" va GTJ-22M tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong’in jixatdan xavfli. Unga qizil rang berilgan (qo’shilgan).
Engil avtomobilllarda "Neva" tormoz suyuqligi ishlatilishi mumkin. Masalan, Jiguli, Moskvich, Volga engil avtomobillarrida gidrotormoz tizimlarida barcha mavsumlarda "Neva" tormoz suyuqligi ishlatiladi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sun’iy kimyoviy birikmalarning murakkab kompozitsiyasidan iborat. Uni plyus 50 dan minus 500C gacha bo’lgan harorat intervalida ishlatish mumkin. +1900Cda qaynaydi, qotish harorat -600C. Zaxarli va yong’in jihatidan xavfli. Issiq suvda èriydi. Och sariq rang berilgan. Asosan disk tormozli engil avtomobillarda (VAZ,"Moskvich", GAZ-3102 "Volga") ishlatiladi. "Chayka", ZIL-114,-4104 kabi katta va juda yuqori klassli engil avtomobillardan tashqari, bu avtomobillar uchun maxsus tormoz suyuqliklari ishlatiladi. Baraban tormozli ZAZ-968 "Zaporojets"; IJ (barcha modellari); "Moskvich"-2136, -2137, -2138, -2140, -2733, -2734 engil avtomobillarida; "Ural"; KrAZ-260 (ilashish muftasini ajratishning gidropnevmatik yuritmasi); GAZ-52-04, -53A, -53-12 yuk avtomobillarida KAVZ, PAZ-672 avtobuslarida ishlatish tavsiya ètiladi.
Glikolli suyuqliklar asosida ishlab chiqarilgan suyuqliklar suvga chidamsiz. Ular suvni hatto germetik joylardan ham so’rib oladilar. Shuning uchun vaqt o’tishi bilan ularning qaynash harorati pasayadi. (130-150 gacha etadi). Hozirgi vaqtda qaynash harorati 2050C bo’lgan "Tom" va 2600C bo’lgan "Rosa" tormoz suyuqligi ishlab chiqarilmoqda.
Neftdan olingan GTN markali gidrotormoz suyuqligining harorat xossalari yaxshi: qotish harorati -630C, 500C dagi qovushqoqligi 10 sSg ga teng. Bu suyuqlik zichlama va shlanglari moy-benzinga chidamli rezinadan tayyorlangan sistemalar uchungina tavsiya ètiladi.
Har qanday tormoz suyuqligiga yonilg’i va moy aralashishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki neft maxsulotlari rezina detallarini emiradi, oqibatda tormoz tizimi ishlamay qoladi.
Dostları ilə paylaş: |