M. X. Xalilova 5-sinf Biologiya fanidan test topshiriqlari



Yüklə 17,1 Mb.
səhifə9/18
tarix19.08.2023
ölçüsü17,1 Mb.
#139875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
5-sinf mavzulashtirilgan testlar 2020

8-§ O’simliklar dunyosi
1.O’simliklarning oziqlanish jarayoniga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang?
A. Karbonat angidridni o‘zlashtirib, glyukoza hosil bo’ladi va kislorod ajraladi
B. Atmosferadan kislorod yutilib, karbonat angidrid ajraladi.
C.Oziq moddalar parchalanadi.
D.Kislorod o’zlashtirilib, glyukoza va karbonat angidrid hosil bo’ladi
2.Nafas olishning oziqlanishdan farqini aniqlang?
A. Karbonat angidridni o‘zlashtirib, glyukoza hosil bo’ladi va kislorod ajraladi
B. Atmosferadan kislorod yutilib, karbonat angidrid ajraladi.
C.Oziq moddalar parchalanadi va kislorod hosil bo’ladi
D. Kislorod o’zlashtirilib, glyukoza va karbonat angidrid hosil bo’ladi
3. O’simliklarning vegetativ organlari va ularning vazifasini aniqlang.
A. o‘simlikning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, ularga ildiz, poya, barg kiradi
B. o‘simlikning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, ularga gul, meva, urug’ kiradi
C. o‘simlikning ko‘payishi, tarqalishini ta’minlaydi, ularga gul, meva, urug‘ kiradi
D. o‘simlikning ko‘payishi, tarqalishini ta’minlaydi, ularga ildiz, poya, barg ularga kiradi
4. O’simliklarning generativ organlari va ularning vazifasini aniqlang.
A. o‘simlikning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, ularga ildiz, poya, barg kiradi
B. o‘simlikning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, ularga gul, meva, urug’ kiradi
C. o‘simlikning ko‘payishi, tarqalishini ta’minlaydi, ularga gul, meva, urug‘ kiradi
D. o‘simlikning ko‘payishi, tarqalishini ta’minlaydi, ularga ildiz, poya, barg ularga kiradi
5. Produtsentlarni aniqlang? 1-yalpiz, 2-kiyik, 3-tipratikan, 4-saprofit bakteriya, 5-na’matak
A. 1,5 B. 1,4 C. 2,3 D. 4,5
6.O’simlik to’qimalari to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang?
A.Qoplovchi, asosiy, mexanik,o’tkazuvchi, ustunsimon, bulutsimon
B.Qoplovchi, asosiy, mexanik,o’tkazuvchi, hosil qiluvchi, biriktiruvchi
C Qoplovchi, asosiy, mexanik,o’tkazuvchi, biriktiruvchi,bulutsimon
D.Qoplovchi, asosiy, mexanik,o’tkazuvchi, hosil qiluvchi,ajratuvchi
7.O’simliklarning tabiatdagi ahamyatini aniqlang.
1.fotosintezda atmosferaga kislorod ajratadi.2. qurilish va sanoat xomashyosi hisoblanadi.3.organik modda hosil qiladi.4. dori-darmon sifatida foydalaniladi.5.suv bug’latish orqali havoni namlab turadi.6. chorva mollariga yem-xashak xisoblanadi.7.o’simlikxo’r organizmlar uchun oziqa bo’ladi.8.oziq-ovqat.
A.1.2.5.8 B.1.3.5.7 C.2.4.6.8 D.2.3.5.6
8. Dori-darmon sifatida foydalaniladigan-a; chorva mollari uchun yem-xashak hisoblanadigan-b; manzarali va xona o‘simligi sifatida o‘stiriladigan-c; qurilish va sanoat xomashyosi –d bo’lgan o’simliklarni aniqlang.
A. a-yalpiz, na’matak, shirinmiya; b- fikus, kaktus; c- beda, sebarga, shuvoq; d-yog‘och, paxta va kanop.
B. a-beda, na’matak, shirinmiya; b- yalpiz, sebarga, shuvoq; c-fikus, kaktus; d-yog‘och, paxta va kanop.
C. a-yalpiz, na’matak, shirinmiya; b- beda, sebarga, ; c-shuvoq, kaktus; d-yog‘och, paxta va kanop.
D.a-yalpiz, na’matak, shirinmiya; b- beda, sebarga, shuvoq; c-fikus, kaktus; d-yog‘och, paxta va kanop.
9.O’simlikning qaysi organlari unig oziqlanishi, o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi?
A.Ildiz, poya, meva B.Ildiz ,poya , barg C.Gul, meva, urug’ D.Gul, barg, poya
10.O’simlikning qaysi organlari uning ko’payishi va tarqalishini ta’minlaydi?
A.Ildiz, poya, meva B.Ildiz ,poya , barg C.Gul, meva, urug’ D.Gul, barg, poya
11.Qaysi o’simliklardan dori -darmon sifatida foydalaniladi?
A.Yalpiz, rayhon, olma B.Do’lana,na’matak, shirinmiya
C.Yalpiz, na’matak, shirinmiya D.Beda, yalpiz, na’matak
12.Chorva mollari uchun yem-hashak o’simliklarini ko’rsating.
A.Yalpiz, rayhon, olma B.Do’lana,na’matak, shirinmiya
C.Yalpiz, na’matak, shirinmiya D.Beda, yalpiz, na’matak
13. Tuban o’simliklarning tanasi nima deb ataladi?
A.Mitselliy B.Tallom C.Gifa D. Kutikula
14. Sistematik birliklarni kichigidan kattasiga tomon to’g’ri joylashtiring.
1-yopiq urug‘li o‘simliklar, 2- ikki urug‘pallali o‘simliklar; 3-qoqio‘tdoshlar;
4-bir urug‘pallali o‘simliklar; 5- bug‘doydoshlar; 6-jo‘xori; 7-arpa; 8- Makkajo‘xori
A.7,6,5,4,1 B. 8,7,4,5,1 C. 8,6,5,4,1 D.8,6,5,2,1
15. Yuksak sporali o’simliklarni aniqlang. 1-magnoliyatoifa 2-yo’sinlar 3-qirqquloqlar 4-qarag’aytoifa 5-qirqbo’g’imlar 6-yashil suvo’tlar 7-qo’ng’ir suvo’tlar
A.1,2,3 B. 2,3,4 C. 3,4,5 D. 2,3,5
16. Yuksak urug’li o’simliklarni aniqlang. 1-magnoliyatoifa 2-yo’sinlar 3-qirqquloqlar 4-qarag’aytoifa 5-qirqbo’g’imlar 6-yashil suvo’tlar 7-qo’ng’ir suvo’tlar
A.1,2,3 B. 2,3,4 C. 1,4 D. 2,3,5
17. Tuban o’simliklarni aniqlang. 1-magnoliyatoifa 2-yo’sinlar 3-qirqquloqlar 4-qarag’aytoifa 5-qirqbo’g’imlar 6-yashil suvo’tlar 7-qo’ng’ir suvo’tlar
A.1,2,3 B. 2,3,4 C. 1,4 D. 6,7
18.Qaysi organizmlarning yadrosi yaxshi shakllangan? 1.hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar A. 4 va 5 B. 1,2 va 3 C. 3 va 4 D. 1 va 2
19.O’simliklar sistematikasi ketma-ketligini to’g’ri aniqlang?
A.Tur-turkum-oila-sinf-bo’lim-dunyo. B.Turkum-tur oila-bo’lim
C.Tur-turkum-sinf-oila-dunyo D.Turkum-tur-sinf-bo’lim-dunyo
20.Tuzilishi o’xshash organizmlar qaysi sistematik birlikni tashkil etadi?
A.Tur B.Turkum C.Oila D.Sinf
21.O’xshash turkumlar-1, sinflar-2 birlashib qaysi sistematik birliklarni tashkil etadi?
A.1-oila, 2-bo’lim B.1-oila, 2-sinf C.1-sinf, 2-oila D.1-bo’lim 2-dunyo
22.Dorivor qoqio’t qaysi oilaga-I, sinfga-II mansub?
A.I- qoqio’t II-magnoliyasimon B.I-magnoliyasimon II-magnoliya toifa
C.I-qoqio’t, II-ikki urug’pallali D.I-qoqio’tdoshlar, II-magnoliyasimon
23.Makkajo’xori qaysi turkumga-a, sinfga-b mansub?
A.a-bug’doydoshlar, b-lolasimon B.a-jo’xori, b-lolasimon
C.a-magnoliyatoifa b- bir urug’pallali D.a-jo’xori. B-magnoliyatoifa
24.Bug’doydoshlar oilasiga qaysi turkumlar birlashadi?
A.Bug’doy, arpa B.Makkajo’xori, arpa C.Jo’xori, arpa D.Bug’doy,sholi
25.Redi-1, Pristli-2 qaysi tuzilmalar ustida tajriba o’tkazganligini aniqlang?
A.1-go’sht va bakteriyalar, 2-sichqon va o’simlik
B.1-sichqon va o’simlik, 2-go’sht va pashshalar
C.1-virus, 2-bakteriya
D.1-bakteriya, 2-virus

Yüklə 17,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin