NAZORAT SAVOLLARI: Respublikamizda badiiy havaskorlik ijodining rivojlangan janri?
Xalq teatrining asosiy turlari?
Xalq og`zaki ijodi qanday vujudga keladi?
O`zbek an`anaviy xalq teatrining turlari?
MAVZU. MADANIY TADBIRLAR DRAMATURGIYASI
REJA: Askiya – ijodning badiiy shaklidir.
Askiyani insonlarga ta`siri.
Askiya tarixi.
Askiya piri kim?
Askiyaning shakllari.
O`zbek xalqining qadim zamonlardan o`ziga xos, mazmundor, shaklan go`zal, ko`p qirrali, boy madaniyat, urf-odat va san`atga ega ekanligi ma`lum. Ularning orasida askiya - eng sevimli, ta`sirchan va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan san`at turlaridan biridir. Askiya - bu ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo`lib, halqning hayot mazmunini, mehnat va madaniyatini, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni, qarama-qarshiliklarni, shuningdek, kishilardagi dunyoqarashni o`zida aks ettiradigan o`zbek san`atining an`anaviy hajviy janridir.
Askiya – eng avvalo, hajviy xarakterga ega bo`lib, original ijodiy janrdir. CHunki u inson tafakkurining hozirjavobligini, zehni, fikrining mantiqiyligini o`zida yaqqol ifoda etadi.
Askiya - ijodning badiiy shaklidir. CHunki uning negizida nutq madaniyati, til boyligi, badiiy-obrazli talqin etiladigan mazmun - tema (payrov), g`oya, voqealar xarakteri o`z o`rnini topadi.
SHunday ekan, aytish mumkinki, askiya ijtimoiy hayotni o`zida aks ettiradigan, badiiy ijodining original shaklidir.
Bulardai tashqari, askiya - inson sog`ligi, kayfiyati uchun ham eng ta`sirchan «dori»dir.
Xalqimizning «Bir marta dildan kulgan kishining umri bir kunga uzayadi» deyishi bejiz emas, albatta. Joylarda soatlab, ba`zan esa butun oqshom davom etadigan kulgi-askiya kechalarining kishi salomatligiga nechog`lik foyda keltirishini tasavvur etishning o`zi kifoya.
Askiya – mazmunga boy bo`lgan eng qiziqarli dam olish shakllaridan biridir. CHunki u kishilarning mehnatdan bo`sh vaqtida, bayramlarda, sayillarda, to`ylarda va boshqa xalq yig`inlarida ijro etiladi. Askiya va kulgi kechalari bo`lib o`tadigan joylarda xalq ko`p yig`iladi. Masalan, Toshkentdagi A. S. Pushkin nomli madaniyat va istirohat bog`ida askiya bo`lgan kuni tomoshabinlar nihoyatda ko`p bo`ladi. Andijon shahar parkida esa ochiq maydonlar u yoqda tursin, daraxtlarning ustida ham bo`sh joy qolmaydi. Bu askiyaga bo`lgan xalqning qiziqishidan, uning ta`sirchanligi, samarasi kuchli ekanligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham askiyadan foydalanish yo`llarini izlash muhim masaladir.