Klub kechalarining turlari. Hayotning takomillashishi, madaniyatimizning taraqqiyoti natijasida klub kechalari mazmunan boyib, shaklan ko`payib bormoqda. «Klub kechalari» haqida to`laroq ma`lumotlarga ega bo`lish uchun ularning turlarini klassifikatsiya qilamiz. Klub kechalarining mazmuni, maqsadi va xususiyatlarini hisobga olib, ularni, asosan, uch turga: uchrashuv va savol-javob kechalari, dam olish kechalari va mavzuli kechalarga bo`lamiz. Bu kechalarning har biriga xarakteristika berish bilan birga, ularni tashkil qilish metodikasiga ham to`xtalamiz.
Uchrashuv va savol kechalari. Hayotda kishilar bir-birlari bilan uchrashmaydigan, muloqotda bo`lmaydigan soha yo`q. Albatta, har bir uchrashuv jarayoni kishilarning axborot olishi, ma`naviy boyishi uchun sharoit yaratib beradi. Lekin odamlar ko`proq hayotning rivojiga hissa qo`shgan yuksak qobiliyatli, bilim doirasi keng va qiziqarli shaxslar bilan uchrashishni istashadi. Ko`cha-ko`yda, yig`ilishlarda biron mashhur qahramon, ulkan olim, buyuk artist, qobiliyatli yozuvchi paydo bo`lsa, u kishilarning diqqat markazida bo`lib qoladi. Xullas, hayotning rivojida, jamiyatning taraqqiyotida muhim rol’ o`ynaydigan insonlarning hayoti va faoliyati har doim ommani qiziqtirgan. Ular bilan uchrashuvni, muloqotda bo`lishni, fikr almashishni, savol-javob qilishni hamma o`zi uchun sharaf deb bilgan.
Ommaning shu ehtiyojini hisobga olib, madaniy-ma`rifiy muassasalarda taniqli kishilar bilan maxsus uchrashuvlar o`tkaziladi. Bunday uchrashuvlar uchun eng qo`l keladigan klub shakllaridan biri — kechalardir. CHunki kechalar kishilarning bir-birini yuzma-yuz ko`rib turishi, yaxshi munosabatda va muloqotda bo`lib suhbat qilishi, do`stona fikr almashishi uchun ajoyib qulayliklar yaratib beradi. SHu sharoitlardan foydalanishning o`zi uchrashuv kechalarini vujudga keltiradi va uning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi.
Uchrashuv kechalarida zamonamizning mashhur kishilari qatnashishi, ularning so`zlarini yaqindan jonli holda eshitish, ular bilan hamsuhbat bo`lish auditoriya diqqatini o`ziga tortadi.
Uchrashuv kechalarining asosiy maqsadi ishda ishlab chiqarish ilg`orlari hayoti va faoliyatini propaganda qilish, ularning shug`ullanayotgan sohasi bo`yicha ommaning bilimini oshirish, ularning ulkan ishlaridan ibrat olish uchun sharoit yaratib berishdir.
NAZORAT SAVOLLARI:
Kecha tushunchasi nima?
Axloq, etika va estetika masalalariga bag`ishlangan kechalar qanday?
Ko`p mavzuli savol-javob kechalari qanday tashkil qilingan?
Xronika kechalari deb nimaga aytiladi?
TAYANCH SO`ZLAR:
Klub, xronika, klub kechalari.
MAVZU. OMMABIY BAYRAMLAR MADANIY TADBIR SIFATIDA
REJA: Badiiy tashviqot kollektivlarining turlari va ular programmasi janrlari.
Badiiy tashviqot kollektivlarining o`ziga xos xususiyatlari.
Badiiy tashviqot kollektivlari (ularni ko`pincha «badiiy agitbrigadalar» ham deyishadi) haqida kengroq tushunchaga ega bo`lish uchun ularning shakllanishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak. Ko`pgina adabiy manbalarda agitbrigadalarning faoliyati dastlab Oktyabr’ revolyutsiyasining birinchi yillaridan boshlangan deb yozilgan. Lekin bu hodisaga chuqurroq nazar tashlasak, ularning tarixi uzoq o`tmishda o`ziga xos ikki chashmadan iborat bo`lganligini ko`ramiz.
Birinchi chashmani topish uchun xalq ichida zulmga, bosqinchilikka qarshi tashviqot olib borgan ma`rifatparvarlar, xalqchilar (Rossiyada narodniklar), keyinchalik, XIX asr oxirida va XX asr boshlarida CHor hukumatiga qarshi siyosiy tashviqot olib boruvchi revolyutsionerlar faoliyatlariga murojaat qilamiz. CHunki ular (yakka yoki gruppa holda) xalq ichiga kirib nimaga qarshi va qanday kurashmoq kerakligi, bu kurash nimaga olib kelishi haqida omma orasida targ`ibot ishlari olib borganlar.
Xullas, revolyutsiyagacha maxsus shakllangan «agitrigadalar» nomi bilan yuradigan kollektivlar bo`lmasa-da, xalq ichida yurib, agitatsiya ishlarini olib boruvchi mutafakkirlar, xalqchilar, revolyutsionerlar bo`lgan.
Ikkinchi chashmani satirik yo`nalishdagi xalq badiiy ijodidan izlasak xato qilmaymiz. Rossiyada «daydi aktyorlar», «skomoroxlar», O`zbekiston territoriyasida esa an`anaviy masxaraboz va qiziqchilar, qo`g`irchoqbozlar o`zlarining kulgili tomoshalarida, o`sha zamon ijtimoiy problemalarini aks ettirib, ekspluatatorlar sinfi nuqsonlarini satira tig`iga olishgan.
Revolyutsiya arafasida Rossiyaning ko`pgina shaharlarida bo`lganidek, O`zbekistonda ham o`ziga xos ish olib boradigan badiiy kollektivlar vujudga kelgan. Jumladan, Toshkentda «Erk» (Volya) va «Pushkin» nomli jamiyatlar - havaskorlik uyushmalari o`z spektakllari tomoshalarini agitatsiya shaklida tuzib, xalq ichiga haqiqatni, ozodlik uchun kurash bilimlarini tarqatganlar.
Revolyutsiya davrida va uning birinchi yillarida ko`pchilikni tashkil qilgan savodsiz xalqqa dunyoni larzaga solgan voqealarning mohiyatini tushuntirish lozim edi. Buning uchun tashviqot ishlari yanada qiziqarli, emotsional, ta`sirchan bo`lishi kerak edi. Bu hodisa zamon talabiga binoan, san`atdan agitatsiya vositasi sifatida foydalanishni talab qildi. A. V. Lunacharskiy o`sha paytda: «Har qanday agitatsiyada ham badiiylik elementi bo`lishi shart. Ommani qanchalik badiiy jihatdan qamrab olsak, ularga shunchalik chuqur ta`sir etamiz», - degan edi.
SHunday qilib, san`at va agitatsiya birlashishi natijasida badiiy agitatsiya va eng avvalo, uning shakllari, ya`ni «miting-kontsert», «lektsiya-kontsert», «jonli gazetalar» kabi har xil agittomoshalar vujudga keldi. SHuningdek, badiiy tashviqot bilan shug`ullanadigan, har xil nom bilan ataladigan maxsus kollektivlar ham tashkil qilina boshlandi.
Mamlakatimizda 20-yillarning o`rtalarida «Ko`k ko`ylaklilar» («Sinie bluzniki») deb nom olgan agit-badiiy kollektivlar vujudga keldi. Birinchi «Ko`k ko`ylaklilar» Moskva davlat jurnalistlar institutida (GIJ) 1923 yilda tashkil etiladi.
Bunday kollektivlar O`zbekistonda 1925 yillarda: Toshkentda «Profintero», «Qizil matbuotchi» klublarida, O`rta Osiyo universitetida rus tilida va pedagogika bilim yurtida o`zbek tilida «ko`k ko`ylaklilar» kollektivlari tashkil etila boshlandi.
Badiiy tashviqot kollektivlarining o`ziga xos xususiyatlari. Hozirgi davrda ittifoqimizda agitbrigadalar faoliyatiga oid rus tilida ko`plab adabiyotlar nashr qilingan. Lekin ular orasida agitbrigadalarning xuusiyatlarini yoritib bergan turlari klassifikatsiya qilingan, ular programmasi janrlariga bag`ishlangan manbalar kam.
O`zbek tilida respublikamiz mahalliy sharoitida faoliyat olib boradigan badiiy agitbrigadalar haqida adabiyotlarning kamligi hatto ko`p joylarda madaniy-ma`rifiy ishlarning boshqa shakllarini ham «badiiy-agitbrigada» deb nomlashga olib kelgan. Badiiy tashviqot brigadasining mohiyatini va uning o`ziga xos xususiyatlarini tushunmaslik oqibatida ikki noto`g`ri hodisani vujudga keltirmoqda.
Birinchidan, ko`pincha respublikamizdagi madaniy-ma`rifiy muassasalar, ayniqsa, qishloq klublarida joylarga chiqib kontsert beradigan badiiy havaskorlik kollektivlarini «badiiy agitbrigada» deb hisoblashmoqda va hujjatlarga kiritishmoqda. Buni, albatta, o`z nomi bilan «konkret brigadalari» deb atamoq lozim.
Agitbrigadalarning asosiy maqsadi — badiiy agitatsiya va propaganda ishlarini olib borish bo`lsa, kontsert brigadalarining asosiy maqsadi — mehnatkashlarga madaniy xizmat qilib, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun ularga muzikali nomerlarni havola qilishdir.
Ikkinchidan, ma`lumki, ko`pincha «Bilim» jamiyatlari yoki madaniy-oqartuv muassasalari joylarga agitatsiya va propaganda ishlarini olib borish uchun lektorlar gruppasini (yoki lektorning o`zini) yuborishadi. Ba`zan ularning ixtiyoriga avtoklub berib, ular bilan birga kino (badiiy fil’m) yoki bir necha badiiy havaskorlik kollektiv a`zolarini qo`shib yuborishadi. Bunday «qo`shma» va vaqtincha vujudga kelgan gruppani ham «badiiy agitbrigada» deyishadi. Buni esa klub yoki avtoklubning chekka joylar uchun tashkil qilgan kino-lektsiya, lektsiya-kontsert kabi ish shakllariga kiritish mumkin.
Keltirilgan ikki misolni mutlaqo «badiiy agitbrigada programmasi» deb bo`lmaydi, chunki ularda muntazam ish olib boradigan, mahalliy material asosida badiiy agitpropaganda ishlari bilan shug`ullanadigan badiiy agitbrigadaning o`zi yo`q.
Xullas, mahalliy sharoitda faoliyat ko`rsatadigan agitbrigadalarning o`ziga xos xususiyatlarini va faoliyatini tushunmasdan, ularning mavjud turlariga va programmalarining janrlariga xarakteristika bermasdan turib, bu borada sistemali va aniq bilimga ega bo`lish qiyin. Ular haqida to`laroq tushunchaga ega bo`lish uchun badiiy tashviqot kollektivlarining asosiy xususiyatlariga to`xtalamiz.
Eng avvalo, agitbrigadalar faoliyati bu bir tomondan, ideologiya sistemasiga kirgan muassasalar va tashkilotlarning agitatsion-propagandistik ishlarining muhim shaklidir, ikkinchi tomondan, bu badiiy havaskorlar ijodining janridir.
Badiiy tashviqot brigadalari targ`ibot va tashviqot ishlarini o`ziga xos yo`llar bilan olib boradi. SHuning uchun ham ular o`z faoliyatlarini partiya tashkilotlari olib boradigan agitatsiya va propaganda ishlarining maqsad va vazifalariga bo`ysundirgan holda tashkil qiladilar. Badiiy agitbrigadalar o`z faoliyatini faqatgina og`zaki agitpropaganda orqali olib bormasdan, balki bu ishda san`at vositalaridan foydalanadi. SHuning uchun badiiy tashviqot brigadalari ham ijodiy, ham tashviqot kollektivi sifatida o`ziga xos xizmat qiladi.
Ma`lumki, badiiy-ijodiy kollektivlarning faoliyatida, ommaviy tadbirlarda ham badiiylik bilan bir qatorda agitatsiya va propaganda elementlari mavjud. Lekin ular agitatsiya va propagandadan hamma vaqt ham to`liq foydalanaverishmaydi. Badiiy agitbrigada faoliyatida esa bu elementlar qonuniy ravishda o`rin tutadi, bu elementlarsiz kollektivni tasavvur qilib bo`lmaydi. Badiiy agitbrigada o`zining agitatsiya-propaganda ishlarini san`at vositalari orqali uzluksiz bog`langan holda olib boradi. SHunday qilib, badiiy agitbrigadaning ikkinchi xususiyati - san`at vositalari orqali agitatsiya olib borishdir.
Badiiy agitbrigada madaniyat muassasalari qoshida tashkil topgani uchun, eng avvalo, shu muassasalarning muammolari va zarur masalalariga murojaat etib, ular asosida agitatsiya-propaganda ishlarini olib borishi lozim. Bu bilan biz badiiy-agitatsiya brigadasi muhim umumiy ijtimoiy problemalarga murojaat qilmasligi kerak, demoqchi emasmiz. Albatta, ular umumiy muammolarga, ittifoqimizda bo`lib o`tayotgan voqealarga murojaat qilmog`i kerak, lekin ularni albatta mahalliy hayotga bog`lab aks ettirmog`i lozim. SHunday qilib, badiiy agitbrigadaning uchinchi xususiyati - bu mahalliy hayot hamda ishlab chiqarishga oid hujjatli materiallardan foydalanishdir.
Badiiy tashviqot brigadasining yana bir asosiy xususiyati uning operativligi (tezkorligi)dir. U o`z programmasi mavzusini hozirgi kunning eng muhim, so`nggi yangiliklariga bag`ishlashi kerak. U mahalliy sharoitda, respublikada va ittifoqimizda bo`layotgan yangiliklarga tez va operativ holda murojaat etib, bu yangiliklarni o`z faoliyatida zudlik bilan aks ettirgandagina ta`sirchanligi oshadi.
Badiiy agitbrigadaning yana bir xususiyati shundan iboratki, u doimiy ravishda ishlab turishi va o`z programmasini muntazam namoyish etib borishi lozim. SHuning uchun ham badiiy agitbrigada o`z faoliyatni doimiy ishlab turadigan havaskorlik uyushmasi shakli olib borishi zarur. SHunday agitbrigadalar ham borki, ularning faoliyati to`garak ishiga o`xshab ketadi, ularda stsenariy yozishga ham, programmani postanovka qilishga (rejissurasiga) ham chetdan mutaxassislar kirishadi. Bunday hodisalar ayrim vaqtlar yaxshi samara beradi. Lekin klublarga chetdan bunday mutaxassislarni har doim ham chaqirib bo`lmaydi. SHuning uchun ko`pgina agitbrigadalar muntazam ish olib borishmaydi. Mamlakatimizdagi eng yaxshi badiiy agitkollektivlar ish tajribasi shuni ko`rsatadiki, qaerda uning doimiy rahbari bo`lsa (klub xodimi yoki jamoatchi havaskor), u butun kollektiv bilan programma tayyorlash jarayonini boshqarsa, hamma muammolarni, asosan, birgalikda hal qiladigan bo`lsa, bu brigada kollektivlashgan uyushmaga aylanib, yaxshi natijalarga erishadi.
Badiiy tashviqot brigada faoliyati sintetik bo`lgani, repertuari san`atning ko`pchilik vositalaridan tashkil topganligi uchun uning a`zolari «universal» ijodkor bo`lmog`i lozim.
Asosan, unda notiqlik san`atini mukammal o`zlashtirgan badiiy so`z ustasi, muzika, ashula, raqs, pantomima biladigan, qolaversa, tsirk san`atidan xabardor bo`lgan kishilar qatnashmog`i lozim.
Badiiy agitbrigada o`z programmasini ma`lum vaqtda, mavsumda faqatgina o`zi ishlab turgan mazkur muassasa ish olib boradigan joylardagina emas, balki boshqa aholi punktlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, dala shiyponlarida ko`rsatadi. SHuning uchun u o`z programmasini tomosha ko`rsatilayotgan joyning xususiyatiga, aholining shug`ullanadigan ishiga va qiziqishiga qarab o`zgartira olishi kerak.
Badiiy tashviqot brigadalari ko`pincha ikki xil (umumiy va konkret mavzularga oid) programmalar tayyorlashadi. Umumiy programmani asosiy masalalarga bag`ishlab, hamma joylarda ko`rsatish mumkin. Masalan, klub muassasasi xizmat qiladigan joyda paxtakorlar, chorvadorlar, o`qituvchilar va boshqa kasbdagi kishilar yashasa, badiiy agibrigadaning programmasi ularning hayoti, mehnatiga bag`ishlanishi, hamma uchun qiziqarli bo`lishi lozim.
Konkret programma esa aholining ma`lum qismini hisobga olib, faqat ular uchun tashkil etiladi. Masalan, bu xildagi programma faqat bir sohadagi yoki kasbdagi kishilar uchun, ularning ishini ulug`laydigan, ilg`or ish tajribasini propaganda qiladigan va kamchiliklarini tanqid etadigan qilib tayyorlanadi. Bunday programmalarni boshqa qo`shni regionlarda ham shu soha kishilari uchun bemalol ko`rsataverish mumkin.
Badiiy tashviqot brigadalarining faoliyati ularning katta-kichikligiga, qaysi turga mansub ekanligiga va ular tayyorlaydigan programmalarning janriga bog`liq.
Badiiy tashviqot kollektivlarining turlari va ular programmasining janrlari.
Badiiy tashviqot kollektivlarining ikki turi mavjud: 1) Badiiy tashviqot brigadalari. 2) Agitteatrlar. Bular ichida eng keng tarqalgani badiiy tashviqot brigadasi bo`lgani uchun, ko`pincha agitteatrlarni ham uning nomi bilan atashadi.
1. Badiiy tashviqot brigadasi muntazam ishlab, hozirgi kunning eng aktual masalalarga oid programma tayyorlovchi (stsenariy yozib, postanovka qiluvchi) va uni aholiga ko`rsatadigan ijodiy kollektivdir. Badiiy tashviqot brigadasi programmasida tashviqot-targ`ibot mazmuni badiiy shaklda ommaga etkaziladi. Buning uchun, birinchidan, notiqning so`zlari badiiy elementlar bilan chatishib ketmog`i lozim. Masalan, programmada notiq so`zidan keyin u gapirgan kamchiliklarga doir hajviy qo`shiq, intermediya ijro etilishi maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, badiiy namerlarning o`zida ham tashviqot mazmuni bo`lishi kerak. Masalan, badiiy agitbrigada ijro etadigan lapar, pantomimalar, dramatik lavhalar mazmunida hayotdagi yutuq va kamchiliklarga doir badiiy shaklda fikr bo`ladi. Tomoshabinlarni yaxshidan o`rnak olishga, yomonga qarshi kurashishga chorlaydi.
Eng muhimi, bu ikki yo`ldan qay tarzda foydalanishdan qat`iy nazar, badiiy tashviqot brigadasining programmasidagi og`zaki nutqlar, badiiy nomerlar va ta`sirchan vositalarning barchasi yagona mavzu syujetiga bog`lanib ketmog`i lozim.
2. Agitteatrlar - bu badiiy tashviqot brigadalarining mukammallashgan shaklidir. Uning programmalari agitspektakllardan iborat bo`ladi. Agitspektakllar taxminan bir-bir yarim, ba`zan ikki soat vaqtga mo`ljallanadi. Agitspektakllarda, albatta, yagona badiiy-tematik syujet, obrazlar (yoki asar qahramonlari), kompozitsion tuzilishi (muqaddima, tugun, voqealar rivoji, kul’minatsion nuqta va final) bo`lmog`i lozim. U, asosan badiiy havaskorlik teatr spektakllariga o`xshab ketsa-da, lekin ulardan hujjatliligi, mahalliy voqealarni aks ettirishi, foydalanadigan badiiy-emotsional vositalarga boyligi, shartlilikning ko`pligi, eng muhimi, yorqin agitatsion xarakteri bilan farq qiladi.
Agitteatr, badiiy agitkollektivlarning yuqori shakli bo`lgani uchun uning programmalari g`oyaviyligi, badiiyligi va mahalliy hayotni hujjatli aks ettirishi jihatidan yuqori darajada bo`lmog`i lozim.
Xullas, badiiy agitkollektivlar bu - muntazam va doimiy faoliyat ko`rsatadigan ijodiy uyushma bo`lib, uning ishtirokchilari boshqaruvchilar, havaskor aktyorlar, xonandalar, badiiy so`z ustalari, muzikachilar raqqosalar va original janr boshqaruvchilaridan tashkil topib, tashviqot va tarbiya ishlarini badiiy-hujjatli vositalar orqali amalga oshiradi.