Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə26/35
tarix30.07.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#138026
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Zamonaviy mehnat marosimlari qanday nishonlanadi?

  2. Mahorat konkursini o`tkazishda ishchilar qanday taqdirlanadi?

  3. Murabbiylar kunini nishonlash arafasida qanday tadbirlar o`tkaziladi?

  4. G`o`zaning gullashi qanday ramziy ma`no bildiradi?



MAVZU. BADIIY-OMMAVIY TADBIRLAR DRAMATURGIYASI.
REJA:

  1. Dramaturgiya asarini yaratish.

  2. Asarni postanovka qilish.

  3. Badiiy-ommaviy tadbirlar tayyorlash jarayoni.

  4. Tadbir kompozitsiyasi.

  5. G`oya – bu tadbirda ilgari suriladigan asosiy fikr.

Badiiy-ommaviy tadbirlarni tayyorlash — bu, eng avvalo, ijodiy jarayondir. U, asosan, ikki qismdan tashkil topadi:

  1. Dramaturgiya asarini (stsenariyni) yaratish

  2. Asarni postanovka qilish (rejissurani amalga oshirish).

Biroq, bu jarayonni san`at muassasalarida (teatr, kinematografiyada) bemalol yaxlit ikki qismga bo`lish mumkin bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlar tayyorlashda esa u faqat shartli ravishda ikkiga bo`linadi. CHunki teatrda va kino san`atida ularning dramaturgiyasi adabiyotning muhim bir turi sifatida shakllanib, uni alohida asar sifatida ham keng omma tomonidan o`qilishi mumkin bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlar dramaturgiyasi esa faqat bir maqsad uchun — uni amaliy tashkil qilish uchun yaratiladi. U alohida, keng omma tomonidan o`qilmaydi. San`at muassasalarida dramatik asar (p’esa yoki kinostsenariy) qachon yozilganidan qat`iy nazar, lozim topilganda, zamonaviy talablarga javob beradigan bo`lsa, uni sahnalashtirish yoki ekranlashtirish mumkin. Ommaviy tadbir stsenariysi esa, belgilangan sanaga asosan yozilib bo`lingandan keyin darhol namoyish qilish uchun yoziladi.
SHuning uchun ham badiiy-ommaviy tadbirlar dramaturgiyasi va rejissurasi bir butun jarayondnr. Aniqrog`i, bir jarayonnnng bir-biri bilan ajralmas ikki tomonidir. Badiiy-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda eng muhim jarayon — uning planlashtirilishidir. Ma`lumki, madaniyat muassasalaridagi barcha tadbirlar yillik, kvartal va oylik planlarda o`z aksini topadi. Ularga binoan ma`lum ish boshlanadi va oxiriga etkaziladi. Har bir tadbirni tayyorlash jarayonining umumiy planini madaniy muassasa qoshida ishlab turgan badiiy sovet tuzadi va u bu ishga umumiy rahbarlik qiladi.
Badiiy sovet o`zining (har oyda yoki 15 kunda bir marta bo`ladigan) yig`ilishida 2-3 oydan keyin uyushtiriladigan tadbirni tayyorlash masalalarini ko`rib chiqadi. Masalan, 9 May – G`alaba kunida tashkil qilinadigan teatrlashtirilgan badiiy kompozitsiyani o`tkazish masalalarini badiiy sovet mart oyida ko`rib chiqadi va umumiy ish jarayonining planini ishlab chiqadi. Muayyan bir tadbir plani quyidagicha bo`lishi mumkin:

  1. 5 martdan - 5 aprelgacha stsenariy yaratiladi.

  2. 7 aprelda stsenariy muhokama qilinadi.

  3. 9 apreldan 4 maygacha rejissyor tadbirni postanovka qiladi.

  4. 6 may tadbir ko`rigi va muhokamasi.

  5. 9 may soat 1600 – tadbirni namoyish qilish.

Badiiy sovet yig`ilishida oldindan belgilangan tadbir uchun javobgar shaxslar — stsenariy avtori va rejissyor tasdiqlanadi.
Badiiy sovet tadbir tayyorlash jarayonida bu ishga asosan, uch marta planli ravishda o`z diqqatini jalb qiladi:

  1. Tadbir o`tkazish jarayonini planlashtirishda va javobgar shaxslar tanlashda.

  2. Stsenariyni muhokama qilishda.

  3. Namoyish qilishdan oldin tadbirni ko`rikdan o`tkazishda.

Tadbir uchun asosiy javobgar shaxslar stsenariy avtori va rejissyor birgalikda, umumiy plan asosida har bir kishiga taalluqli ishlarning rejalarini, ish kundaliklarini tuzishadi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar tayyorlash jarayoni haqida so`z yuritar ekanmiz, avval uning dramaturgiyasi (stsenariysi)ga diqqatimizni jalb qilamiz.
Teatr san`atining asosi (p’esa) bo`lganidek, badiiy-ommaviy tadbirlar negizida ham stsenariy yotadi.
Stsenariy – ital’yancha so`z bo`lib, asarning sxemasi, plani degan tushunchani bildiradi.
Badiiy-ommaviy tadbirlar stsenariysi - bu keng ma`noda hayotiy va xujjatli materiallarning badiiylashtirilgan adabiy-publitsistik shakli demakdir.
Stsenariy – bu tadbirni yaratish uchun asosiy adabiy manba bo`lib, unda, eng avval, asarning mazmuni, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi. SHuningdek, stsenariyda tadbir o`tkaziladigan joy (zal, sahna, maydon, stadion)ning bezatilishi, qatnashchilar so`zlarining tekstlari, badiiy va xujjatli materiallar, foydalaniladigan ta`sirchan vositalar bayon qilinadi. Stsenariyning puxta bo`lishi bo`lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Stsenariyning bo`sh yozilishi esa, tadbirni mexanik qismlar umumlashmasiga, yagona syujetning buzilishiga, g`oyaviy mazmunning to`la yoritilmasligiga olib keladi. SHuning uchun ham madaniy-ma`rifiy ishlar xodimi stsenariy yozishda professional mahoratga ega bo`lishi kerak.
Madaniy-ma`rifiy muassasalarda ommaviy tadbirni tayyorlash jarayoni bilan, asosan mutaxassisning bir o`zi shug`ullanadi. Bunday holatda u ham tadbir stsenariysini yozadi, ham uni postanovka qiladi. Bu murakkab jarayon bilan odatda, «ommaviy ishlar bo`yicha metodist-tashkilotchi vazifasida ishlayotgan mutaxassislar shug`ullanishadi. Lekin, ko`pincha, katta tadbirni tayyorlashda stsenariyni yozishga adabiyot bilan shug`ullanuvchi, bu ishda yaxshi malakaga ega bo`lgan ijodkor taklif qilinadi. U metodist-tashkilotchi yordamida yoki u bilan hamkorlikda tadbirnnng adabiy negizini — stsenariysini yozishga kirishadi.
Stsenariy yozish bilan kim shug`ullanmasin, u quyidagi layoqatlarga ega bo`lmog`i lozim: a) ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini chuqur tushuna oladigan hamda uni to`g`ri analiz qil oladigan shaxs bo`lmog`i;
b) adabiyot va ayniqsa, dramaturgiya sohasida fundamental bilimga ega bo`lgan, ulardan samarali foydalana oladigan kishi bo`lishi;
v) hayotiy materiallarni, hujjatli faktlarni yig`a oladigan, ularni adabiy-badiiy shaklda bayon qila biladigan ijodkor bo`lmog`i lozim.
Eng muhimi, stsenarist hayotiy va adabiy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari asosida, o`z g`oyasiga, mazmuniga ega bo`lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor bo`lmog`i lozim.
Tadbir stsenariysini yaratuvchi shaxs asarni o`z vaqtida talabga javob beradigan qilib yakunlashi uchun butun ijodiy ish jarayonini qat`iyan planlashtirishi kerak.
Stsenariy yaratishdagi kundalik ish jarayoni quyidagicha bo`lishi mumkin:

  1. 5-10 mart — tadbir mavzusini, g`oyasini aniqlash, stsenariy mazmunini belgilash, uning taxminiy kompozitsiyasini tuzish.

  2. 10-20 mart — stsenariy yaratish uchun zarur hujjatli, hayotiy va badiiy materiallar to`plash.

  3. 20-30 mart – stsenariyning xomaki variantini qog`ozga tushirish.

  4. 1-3 aprel’ — stsenariyni tugallab, muhokama qilish uchun badiiy sovet a`zolariga topshirish.

Tadbir stsenariysini yaratishdagi asosiy bosqichlarni ko`rib chiqammz. Ish boshlashdan avval bo`lajak tadbirlarning g`oyaviy-tematik asosini chuqur o`ylamoq lozim.
Eng muhimi shundaki, stsenariy asosida muhim ijtimoiy va mahalliy aholining hayotiga yaqin bo`lgan qiziqarli mavzu (tema) yotishi kerak.
Mavzu (tema) – bu fikr-mulohaza yuritish uchun tanlangan ob`ekt, hayotning ma`lum masalalari, muammolari. Odatda, tadbir biron sanaga bag`ishlab uyushtirilayotganda, uning umumiy mavzusi o`z-o`zidan vujudga keladi. Masalan, 8 Mart kuni tashkil qilinadigan tadbir albatta xotin-qizlar mavzusiga bag`ishlangan bo`ladi. Lekin bir tadbirniig o`zi bilan xotin-qizlar mavzusini to`liq yoritib bo`lmaydi. SHuning uchun umumiy temani har doim konkretlashtirib, uning muhim va qiziqarli bo`lagiga diqqatni jalb qilmoq lozim. 8 Martga bag`ishlangan tadbirga konkret mavzu sifatida xotin-qizlarning o`tmishi, qahramon onalar hayoti yoki mexanizator qizlarning mehnati asos bo`lishi mumkin.
Tema aniqlangach, g`oya, ya`ni tadbir nima maqsadda o`tkazilayotganligi haqida o`ylash lozim.
G`oya – bu tadbirda ilgari suriladigan asosiy ijtimoiy fikr, maqsaddir. Nima uchun kurashga chaqirish, maqsadning nimaligi g`oyada ifodalanadi. G`oya tadbirning oxiridagina oydinlashishi kerak. SHunga erishish lozimki, tadbir davomida tomoshabinlar ijtimoiy g`oya haqida, uning asosiy fikri haqida o`ylasin, qiziqishi ortsin. Amalda esa ko`pgina tashkilotchilar g`oyani tayyor ko`rinishda, tadbirning boshlanishidayoq berib qo`yishadi. Bu esa tomoshabinning tadbirga bo`lgan qizyqyshini kamaytiradi, tadbir qimmati pasayadi.
Tema va g`oya aniqlangandan keyingina stsenariy plani tuziladi. Stsenariy plani esa tadbir mavzui va g`oyasi asosida vujudga kelgan mazmun tarzida shakllanadi.
Mazmun – bu asarning umumiy ma`nosi, mag`zi. Tadbir mazmunning voqealar zanjiri bo`lib, u voqea harakatlarida rivojlanib boradi. SHuning uchun diqqatni eng muhim voqealarga jalb qilib, ularni qisqacha yoritib o`tish lozim bo`ladi. Har bir tarixiy voqeani tadbirning bir epizodida aks ettirish mumkin. epizodlardan tuzilgan voqealarni esa yagona mazmun «zanjiri»ga bog`lash kerak. Har qanday badiiy asar mazmunining mag`zi bo`lib xizmat qilgan konfliktlilikni tadbirda ham chetlab o`tib bo`lmaydi.
Har doim ham konflikt (qarama-qarshiliklar) asosida antogonistik kuchlar to`qnashuvi yotadi, deb o`ylash to`g`ri bo`lavermaydi. qarama-qarshiliklar ba`zan murakkab mehnat faoliyatida, u yoki bu maqsad yo`lidagi qiyinchiliklarda ham paydo bo`lishi va o`sishi mumkin.
Ko`pgina kechalarda qarama-qarshiliklar sovet xalqining ijtimoiy hayotimizni yaxshilash borasidagi kurashida, qiyinchiliklarga, kamchiliklarga qarshi kurashida, planlarni bajarish borasidagi harakatlarida o`z aksini topadi.
Mazmun va konflikt aniq tanlangandan keyingina stsenariy materiallarini to`plashga kirishish kerak.
Stsenariy temasida umumittifoq va respublika masshtabida ahamiyatga molik bo`lgan muhim voqealar, hujjatli materiallar, shaxsiy hayotdan olingan voqealar va mahalliy faktlardan foydalanish talab etiladi.
Klub tadbirlarining asosini davrning muhim problematik masalalari, mahalliy faktlar tashkil etishi va u mehnatkashlarning bilim doiralarini, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmog`i kerak.
Badiiy propagandistik tadbirlarda mahalliy faktlardan keng foydalanish borasida bizga H. H. Niyoziyning tarixiy tajribasi yorqin dasturilamal bo`la oladi.
Hamza bilan birga ishlagan zamondoshi M. Tojizodaning xotirlashicha, 1919 yil Hamza o`zi rahbarlik qilgan truppa bilan Zakaspiy frontiga gastrolga borganda, u truppa kollektivining repertuar planiga mahalliy problemalarni kiritishga intilgan. Bu bilan u tadbirning qiziqarli bo`lishiga, ta`sir kuchining oshishiga erishgan. SHunday paytlar ko`p bo`lganki, kechasi butun truppa a`zolari dam olayotgan paytda (soat 3-4 larda) Hamza turib, yangi qishloqqa borib, ertangi kun o`tkaziladigan tadbir uchun joy tanlagan.
SHuning uchun ham stsenarist klub faoliyat ko`rsatayotgan joyning turmush sharoitlarini, mahalliy aholining urf-odatlarini hamda tadbirga keluvchilarning xarakterini yaxshi bilishi lozim.
Stsenariyda maxsus hujjatlardan: buyruqlar, nizomlar, xatlar, kundaliklar, shaxsiy, oilaviy al’bomlardan, fotohujjatlar, davlat va shaxsiy arxiv materiallaridan foydalanish mumkin. Bu erda yana stsenariyda yoritilayotgan voqealarga aloqador yozib olingan yutuqlar yoki tarixiy voqealar qatnashchilarining xotiralaridan ham foydalanish mumkin, faqat bu faktlarni stsenarist badiiylik asosida qayta ishlab chiqishi, ya`ni tadbirning emotsional ta`sir kuchini oshirishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin