Nazorat uchun savollar:
Madaniyat va aholi dam olish markazida kadrlar bilan qanday ish olib boriladi?
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida mehnat munosabatlari nima bilan tartibga solinadi?
Madaniyat va aholi dam olish markazida xodimlardan qanday me'yoriy hujjatlar talab etiladi?
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida mehnat intizomi nima?
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida mehnat intizomini buzganlik uchun qanday choralar qo‘llaniladi?
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini bezash ishlari va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish uslubiyati
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish uslubiyati
Madaniyat va aholi dam olish markazlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishning o’ziga xos jihatlari
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini bezash ishlari
Tayanch so‘z va iboralar: repertuar to‘plami, ko‘rgazma, panno, plakat, shior, chaqiriq, afisha, stend, targ‘ibot vositasi, peshtaxta, uslubiyat, tomosha zali, havaskorlik teatr jamoasi, bayramlar, Badiiy Kengash
Aholining o‘sib borayotgan madaniy-ma'rifiy ehtiyojini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishni tashkil etish borasida olib borilayotgan bu islohotlar madaniyat xodimlari oldiga o‘z ishiga yangicha yondashuvni talab etadi. Madaniy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish, tadbirlar o‘tkazish kabi Markazlarni badiiy bezatishga ham alohida e'tibor berish markaz ish faoliyatini belgilashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini badiiy bezatar ekanmiz, u insonlarga nafaqat estetik zavq bag‘ishlashi, balki targ‘ibot vositasi ham ekanligini nazardan qochirmaslik kerak. Xonalarni badiiy bezatish orqali O‘zbekistonning Mustaqillik davrida ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda erishgan yutuqlarini keng targ‘ib qilish, yurtimiz tarixi, unda yetishib chiqqan mashhur kishilar, Shahar va tuman markazlarida I, II va III tipdagi markazlar, qishloq joylarda esa, faqat II va III tipdagi markazlar tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, tegishli vazirlik va tashkilotlarga Madaniyat va aholi dam olish markazlari rahbarlari va ijodiy hodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, to‘garak ishlarining har bir turi bo‘yicha yangi, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, to‘garaklar, studiyalar havaskorlik birlashmalari badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, Madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun yangi repertuar to‘plamlari ishlab chiqish va ular bilan ta'minlash, zamonaviy axborot resurslari hamda davriy matbuot nashrlari bilan ta'minlash vazifalari belgilab qo‘yilgan.
Aholining o‘sib borayotgan madaniy-ma'rifiy ehtiyojini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishni tashkil etish borasida olib borilayotgan bu islohotlar madaniyat xodimlari oldiga o‘z ishiga yangicha yondashuvni talab etadi. Madaniy- ma'rifiy ishlarni tashkil etish, tadbirlar o‘tkazish kabi Markazlarni badiiy bezatishga ham alohida e'tibor berish markaz ish faoliyatini belgilashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini badiiy bezatar ekanmiz, u insonlarga nafaqat estetik zavq bag‘ishlashi, balki targ‘ibot vositasi ham ekanligini nazardan qochirmaslik kerak. Xonalarni badiiy bezatish orqali O‘zbekistonning
Mustaqillik davrida ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda erishgan yutuqlarini keng targ‘ib qilish, yurtimiz tarixi, unda yetishib chiqqan mashhur kishilar, joylashtiriladi. Joylashtirilayotgan ko‘rgazma ikki yoki undan ortiq bo‘lib, bir qatorga joylashsa, ko‘rgazmalar orasidagi masofa devorgacha bo‘lgan masofaga nisbatan yaqinroq bo‘ladi.
Ko‘rgazmalar turli mavzu va hajmda bo‘lsa, turlarga (bloklarga) bo‘lib joylashtiriladi. Ya'ni bir mavzudagi ko‘rgazmalar bilan boshqa mavzudagi ko‘rgazmalar orasi sezilarli darajada ajratib joylashtiriladi.
Ko‘rgazmalarning pastki qismi yerga nisbatan bir xil tekislikda bo‘lishi talab etiladi. Lekin ko‘rgazmalarimiz, yuqorida aytganimizdek, turli hajmda va ular orasidagi farq keskin ko‘zga tashlanadigan bo‘lsa, markazga nisbatan joylashtiriladi.
Ko‘rgazmalar ikki yoki undan ortiq qator qilib joylashtiriladigan hollarda pastki va yuqori qavatdagi ko‘rgazma vositalari bir xil hajmda bo‘lib, ularning soni teng ikkiga bo‘linadigan bo‘lsa, pastki va yuqori qavatdagi ko‘rgazma vositalari o‘zaro simmetrik joylashtiriladi. Shuningdek, ko‘rgazma konsepsiyasidan kelib chiqib ko‘rgazma vositalarini assemitrik joylashtirish hollari xam uchrab turadi.
Ko‘rgazma vositalarining hajmi turlicha bo‘lsa, pastki qatorga hajmi katta ko‘rgazma vositalarini joylashtirish lozim. Pastki va yuqori qavatdagi ko‘rgazma vositalari soni teng ikkiga bo‘linmasa, pastki qavatga yuqoridagidan ko‘ra ko‘proq ko‘rgazma vositasi joylashtirish tavsiya etiladi. Ko‘rgazma vositalarida insonlarning suratlaridan foydalanilsa, suratda aks etgan insonning nigohi markazga qaragan bo‘lishiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Ko‘rgazmaning o‘ng tarafidagi tasvirlangan insonning nigohi chap tarafga, chap tarafda tasvirlangan insonning nigohi o‘ng tarafga qaragan bo‘lishi kerak.
Ko‘rgazma tayyorlanayotganida unda foydalanadigan ranglarga ham e'tibor berish kerak. Barcha ranglar o‘zining insonlarga ta'siri, his qilinishiga qarab og‘ir va yengil hamda issiq va sovuq ranglarga bo‘linadi. Og‘ir ranglarga to‘q va qora ranglar, yengil ranglarga esa, och va oq ranglar kiradi. Issiq va sovuq ranglarga keladigan bo‘lsak, issiq ranglarga olovni, quyoshni eslatuvchi ranglar: qizil, sariq, jigarrang va ulardan hosil bo‘ladigan ranglar kiradi. Sovuq ranglarga qorni, muzni eslatuvchi ranglar: ko‘k, yashil, oq va ulardan hosil bo‘ladigan ranglar kiradi. Issiq ranglar yaqinlashtirib, sovuq ranglar uzoqlashtirib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Xonaga tushayotgan yorug‘lik va undagi ranglar insonlarning hissiyoti va kayfiyatini yaxshilash hamda tez charchashning oldini olish xususiyatiga ega ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘rgazma vositalariga rang tanlanayotganida xonaga tabiiy yorug‘lik tushish darajasiga ham e'tibor qaratish kerak. Derazasi shimol, shimoliy-sharq yoki shimoliy-g‘arb tomonlarga qaragan binolarga quyosh nuri bevosita tushmaganligi sababli xonaning yorug‘lik darajasi past bo‘ladi.
Bunday xonaga iliq ranglar bilan ishlangan ko‘rgazma vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Derazasi janub, janubiy-sharq va janubiy-g‘arb tomonlarga qaragan binolarga quyosh nuri tushishi sababli, bunday xonalarga sovuq ranglar bilan ishlangan ko‘rgazma vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Badiiy bezatishda ko‘rgazmali targ‘ibot vositasining panno, plakat, shior, chaqiriq, afisha, stend, burchak, hurmat taxtasi, fotoalbom, foto - ko‘rgazma, fotostend, fotovitrina kabi shakllari mavjud.
Panno – maxsus joyga mo‘ljallab ishlangan mahobatli rangtasvir yoki bo‘rtma tasvir tushunchasidagi panno bilan bir qatorda bu so‘zdan bugungi kunda ko‘rgazmali targ‘ibot vositasi shakllari sifatida ham foydalanilmoqda. Pannolar, asosan, katta hajmlardagi bannerlarga ishlanib, markaziy ko‘chalar, bozorlar, bekatlar va odamlar gavjum bo‘ladigan hamda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan sahna yoki maydonlarga o‘rnatiladi. Unda hayotimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarga berilayotgan e'tibor va uning natijasi o‘laroq yoshlarimizning dunyo miqyosida erishayotgan yutuqlari, kabi ijobiy holatlar bilan bir qatorda odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik kabi illatlarni qoralovchi targ‘ibot ishlarini amalga oshiruvchi vosita sifatida foydalanilmoqda.
Mavzuni yoritishda foto, matn, jadval va diagrammalardan foydalaniladi.
Stend – ko‘rgazmali targ‘ibot vositasining bu turida mavsum va mazmun o‘zgarishini hisobga olish imkoniyati keng. Stendlardagi ma'lumotlar tez-tez o‘zgarib turishi uchun qulay qilib yasaladi. Stend uchun, asosan, fanerdan foydalaniladi. Hujjatlarni joylashtirish uchun maxsus oynavand katakchalar yasaladi. Madaniyat muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarga oid hujjatlar shu katakchalarga joylashtiriladi. Madaniyat xodimlari yoki tadbirga aloqador shaxslar lozim topganlarida ushbu stenddagi materiallardan foydalanadilar. Vaqti kelib boshqa tadbir o‘tkaziladigan bo‘lsa, stenddagi hujjatlar tadbir mavzusiga oid hujjatlarga almashtiriladi. “Mohir qo‘llar”, “Bizning yutuqlarimiz” deb nomlangan stendlar ham keng tarqalgan bo‘lib, unda tikish-bichish, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi to‘garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar namoyish etiladi. Bunday stendlar reykalardan yasaladi.
Plakat – grafika turi; katta varaqqa ishlanadigan tasviriy san'at asari. Qisqa matn ilova qilinadi. Tashviqot, reklama, informatsiya va o‘quv-ta'lim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy plakatlar, odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada ko‘paytiriladi. Ular olisdan ko‘zga yaqqol tashlanishi, o‘ta ta'sirchanligi, ommabopligi, tasvirning kinoyaga boyligi, hammabop ramzlar ishlatilishi, turli shakldagi hajmlarni qiyoslash, umumlashgan tasviriy shakllardan foydalanish kabi o‘ziga xos badiiy vositalari bilan boshqa axborot manbalaridan farq qiladi.
Bunda shrift va matnning joylashishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qo‘llanishi muhim rol o‘ynaydi. Tasviriy vosita sifatida ba'zan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rangtasvir bilan) ishlatiladi. Plakat mavzusi keng bo‘lib, kundalik turmush yangiliklarini, uning yutuq va kamchiliklari, xalqaro hayotda sodir bo‘layotgan muhim voqea va hodisalarini aks ettiradi va ular maishiy, siyosiy yo‘nalishda, realistik yoki satirik uslubda ishlanishi mumkin. Plakat o‘z mazmuni va maqsad-vazifalariga qarab siyosiy, maishiy, hajviy plakatlarga, shuningdek, instruktiv plakatlarga ajraladi.
Shior – bosh g‘oya, masala yoki siyosiy talabni ifodalovchi qisqa shaklda bayon qilingan chaqiriq. Tadbirlarning mazmuni va unda qatnashadigan auditoriyadan kelib chiqib, shior tanlanadi. Shiorlar tadbirning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Shiordan nafaqat tadbirlarda, balki bino foyesi, koridor va to‘garak xonalarida ham foydalaniladi. Shuningdek, bu maqsad uchun aforizmlardan (hikmatli so‘zlardan) foydalanish ham yuqori samara beradi.
Afisha – spektakl, konsert va boshqa adabiy tadbirlar, tomoshalar haqida maxsus e'lon. Madaniyat va aholi dam olish markazi, ko‘chalar, maydonlardagi maxsus taxtalarga, tadbir mavzusiga qarab ijtimoiy ob'ektlarga yopishtiriladi. Afisha iborasi birinchi bor 1934 yilda Amerikada teatr va kino san'ati repertuarini reklamalariga nisbatan ishlatilgan.
Hurmat taxtasi–ishlab chiqarish ilg‘orlarining nomlari va suratlari namoyish qilinadigan maxsus taxta. U yerga hududdan yetishib chiqqan fan, san'at va adabiyot namoyandalarining hayoti va faoliyati haqida ham ma'lumotlar berish maqsadga muvofiq. Hurmat taxtalarini hududdan yoki mazmunidan kelib chiqib nomlash hollari ham uchraydi.
Burchak – biror sohaga oid hujjatlar yig‘indisi uchun ajratilgan joy (javon, stol yoki stend) bo‘lib, unda sohaga oid buyruqlar, reja, dastur va hisobotlar, matbuotda yoritilgan materiallar aks etadi. “Axborot burchagi”, “Kasaba uyushmasi burchagi”, “Havaskorlik to‘garaklari burchagi”, “Yosh mutaxassislar uchun”, “Madaniyat xodimlariga yordam”, “Madaniyat yangiliklari” kabi mavzulardagi burchaklardan o‘rin olgan hujjatlar o‘quvchiga atroflicha ma'lumot beradi. Xona ajratish imkoni bo‘lmagan II-III tipdagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida “Ma'naviyat-ma'rifat burchagi”, “Uslubiyat burchagi” ma'lumotlaridan foydalaniladi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarida Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori, 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-sonli hamda 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar aks etgan burchaklar tashkil etish maqsadga muvofiq.
Madaniyat va aholi dam olish markazini bezatish
Markaz hovlisida tadbirlarda davlat bayrog‘ini ko‘tarish uchun flagshtok o‘rnatiladi. Shuningdek, markazda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar haqidagi ma'lumotlar, tadbirlarning afishasi va e'lonlar ilib qo‘yish uchun 1 dona 1,5 x 3 hajmdagi shior, hikmatli so‘zlar va maqollar aks etgan banner va pannolar uchun bir nechta 1,5 x 1 metr hajmdagi moslama (shchit) bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Bino peshtoqidagi bannerga “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asaridan olingan “Xalqimizning ma'naviy olamiga singib ketgan mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmatli bo‘lish – buyuk qadriyatlarimizning amaliy ifodasi”, “Tarix sinovlaridan o‘tgan qadriyatlarimizga sodiq bo‘lsak, hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo‘lgan qarashlar o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi”, “Ma'naviy mezonlar, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagan ajdodlarimiz hayoti biz uchun ibratdir” kabi qaydlar, e’lon qilingan yil nomi yozib qo‘yiladi. Markaz binosi eshigining o‘ng tarafiga muassasa peshtaxtasi, chap tarafiga ish vaqti yoziladi.
Foye – binoning asosiy xonalaridan bo‘lib, tadbirga keluvchilar tomosha zaliga asosan shu yerdan o‘tadilar, tadbir boshlanguncha yoki tanaffus vaqtida shu yerda bo‘ladilar. Demak, markazga keluvchilarga axborot berish uchun eng qulay joy foye.
Foyeda davlat ramzlari, O‘zbekiston Respublikasining xaritasi va viloyatlar nomi ifodalangan banner, Markaz haqidagi ma'lumot, tuman ko‘rsatkichlari, markazning asosiy ko‘rsatkichlari aks etgan diagrammalar, madaniy-ma'rifiy hamda ijtimoiy ob'ektlar dislokatsiyasi va ularning tumanda joylashuv sxema-kartasi, markazda faoliyat olib borayotgan badiiy havaskorlik jamoalari, kasaba uyushmasi faoliyatiga oid pannolar, yong‘in yoki favqulodda vaziyatlarda odamlarni evakuatsiya qilish (“Xavfsizlikni ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish”) rejasi, markaz faoliyati haqida hikoya qiluvchi stendlar bo‘ladi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo‘libgina qolmay, balki juda katta ijtimoiy-ma'naviy ahamiyat kasb etgan.
Xalqimizning mustaqil va mustahkam davlat barpo etish g‘oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o‘z ifodasini topgan. Ajdodlarimiz ham ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotida ramzlar va timsollar juda eozozlangan. Xonalarni yoki binolarning ichki qismida Davlat ramzlarini o‘rnatayotganimizda har doim old qismda o‘rnatish maqsadga muvofiq. Davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi bilan jihozlashda har doim ramziy tasnif bilan birga berish juda katta samara beradi. Shuningdek, foye devorlari rangini to‘g‘ri tanlash ham undagi shinamlikni ta'minlovchi eng asosiy omillardan biridir. Ayni paytda, foye tashqi muhit bilan bog‘lanishini nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Uning intereridagi ayrim elementlar binodan tashqaridagi muhitni bevosita ifodalab turishi mumkin. Foyeda joy yetarli bo‘lsa, uning odamlar harakatiga xalaqit bermaydigan qismida yashil burchak yoki jonli burchak tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Foyeni dekorativ g‘isht va toshlar bilan jihozlab, u yerda turli xildagi dekorativ o‘simliklarni o‘stirish, kataklarda qushlar, akvariumda baliqlarni parvarishlash mumkin.
Koridor – bu yo‘lakda markaz ma'muriyati, uslubiyat, ma'naviyat va ma'rifat, hamda to‘garak xonalari joylashgan bo‘ladi. Markaz rahbari qabulxonasi eshigi oldida vazirlik, boshqarma va bo‘lim rahbarlarining qabul kunlari yozilgan lavha o‘rnatiladi. Uslubiyat, ma'naviyat va ma'rifat hamda to‘garak xonalari qarshisiga markaz pasporti, buyruqlar va e'lonlar, axborotnoma stendlari, to‘garak va studiyalarning mashg‘ulot o‘tish jadvali, markazning tasdiqlangan shtatlar jadvali, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori, 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-sonli hamda 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qarorlari ijrosi aks etgan ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari joylashtiriladi.
Uslubiyat xonasi – xonaning markaziy devoriga madaniy-ma'rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari, klub ishining shakllari hamda vositalari yozilgan panno o‘rnatiladi. “Metodik qo‘llanmalar”, “Klub muassasalarining ish tajribalari” mavzularidagi stendlar hamda madaniyat va aholi dam olish markazining xizmat ko‘rsatish hududi (karta-sxema), tumandagi II va III tipdagi madaniyat va aholi dam olish markazlari dislokatsiyasi kiraverish tomonga o‘rnatiladi. Xonadagi javonlardan biriga to‘garaklarga amaliy yordam ko‘rsatish burchagi, Madaniyat va dam olish markazining oylik, yillik ish rejalari, tadbirlar ssenariylari, yozma va statistik hisobotlar papkalari joylashtiriladi. Yana bir javondan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis sessiyasi, Prezident va hukumatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, mafkura va madaniyat masalalariga oid chiqargan qonunlari, qarorlari va Farmonlari jildi, turli mavzularda ma'ruzalar, suhbatlar va ma'ruza turkumlarining mavzular jildi, “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati”, “Kitob dunyosi”, “Xalq so‘zi” gazetalari, “Teatr”, “San'at”, “Guliston” va boshqa jurnallarda chop etilgan materiallar kartotekasi joy oladi. Javon yonidagi stolga madaniy-ma'rifiy ishlar, badiiy havaskorlik jamoalarining ish tajribalari yoritilgan adabiyotlar, teatr repertuarlari, konsert dasturlari, taklifnomalar, afishalar, tavsiyanomalar, axborotlar, badiiy havaskorlik to‘garaklari va jamoalari faoliyatini yorituvchi fotoalbom va bukletlar, turli ko‘rik-tanlov va konkurslarda qo‘lga kiritilgan diplom va faxriy yorliqlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Xonaning ko‘rinarli joyiga “E'lonlar taxtasi” o‘rnatilib, unda jamoatchilik asosida tuzilgan Markaz Kengashi va Faollar guruhining ro‘yxati, ularning navbatchilik jadvali, markaz faoliyatiga oid turli xabar va yangiliklar aks etib turadi.
Ma'naviyat va ma'rifat xonasi
Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma'naviy- ma'rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatlarini shakllantirish,yon atrofda yuz berayotgan voqea larga daxldorlik hissini oshirish, ommani mamlakatimizda ro‘y berayotgan kundalik voqea lar bilan tanishtirib borish, yoshlarimizda xalqimizning boy milliy, ma'naviy, tarixiy an'analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlaridan bahramand etish kabi vazifalar aynan “Ma'naviyat xonasi”ning doimiy ish rejasiga aylanmog‘i zarur. Ma'naviyat xonasining old qismi eng yuqorisiga:
“Ma'naviyat – insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi”, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi” kabi shiorlar yoziladi. Mazkur yozuvlarning yuqoridan chap qismida O‘zbekiston davlatining rangli siyosiy xaritasi joylashtiriladi.
Xaritaning pastki qismida quyidagilar yoziladi:
Davlat tuzumi – Respublika
Qonun chiqaruvchi oliy organ – Oliy Majlis
Parlamentimiz – Senat va Qonunchilik palatasidan iborat
Ma'muriy va hududiy tuzilishi – Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Toshkent shahri, 12 viloyatdan iborat
Hududi – 447,4 ming kv.km.
Poytaxti – Toshkent shahri
Xarita yonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining portreti hamda tarjimai holi beriladi.
“Ma'naviyat xona”sini jihozlashda quyidagi mazmunda bo‘limlarga bo‘lish maqsadga muvofiq:
“Prezident asarlari – ma'naviyat durdonalari”.
Bu bo‘limdan Prezidentning mustaqillik, ma'naviy- ma'rifiy islohotlarga oid asarlari, maqolalari, nutqlari shior, chaqiriq, hikmatlar to‘plamlari o‘rin oladi.
“Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir”. Bu bo‘limdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat dasturlari, ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid farmonlar, farmoyishlar, Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari o‘rin oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-sonli qarori hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martdagi “Ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparstlikning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 130-sonli qarori asosida tashkil etilgan ishlar haqida xikoya qiluvchi pannolar o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarori doirasida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, daydilik hamda yo‘l-transport hodisalari kabi holatlarga qarshi kurash borasida olib borilayotgan tarbiyaviy-huquqiy-profilaktik ishlar ahvoli haqida stend, nashriyotlar tomonidan chop etilgan Mustaqillik davrida qad ko‘targan inshootlar, madaniy-ma'rifiy binolarning tasviri aks etgan, qayta tiklangan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va ma'naviy merosimizga oid hamda umumxalq bayramlarini ifodalovchi plakatlar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
“Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” deb nomlangan pannoda “Mustaqil o‘zbek davlati – xalqimizning tarixiy yutug‘idir” mavzusidagi maqola, siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz, mamlakatimiz Konstitutsiyasini ifodalovchi lavhalar joy oladi.
“Tilga e'tibor–elga e'tibor” deb nomlangan stendga O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni, Til bayrami tadbirlari ssenariylari, chiqarilgan maqolalar, risolalar, tadbirlardan olingan fotolavhalar joylashtiriladi.
Shuningdek, “Mustaqillik odimlari” (tarix solnomasi), “O‘zbekiston va Hamdo‘stlik davlatlari”, “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari”, “Mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar, milliy mafkura, ma'naviyat, ekologiya, iqtisod, huquqiy tarbiya masalalari”, “Ogohlik va hushyorlikka da'vat”, “Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik – asr vabosi” mavzularidagi ko‘rgazmali targ‘ibot vositalaridan foydalanish mumkin.
“Ajdodlar merosi” bo‘limida buyuk muhaddis olimlar– Imom Buxoriy, Imom Termiziy hamda buyuk mutasavvuf shayxlar –Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband nomlari va ularning bebaho merosi bitilgan bitiklarni yozish, “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Beshikdan qabrgacha ilm izla” kabi hadislardan namunalar, “Diling Ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” singari hikmatlar, buyuk ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan eng qadimiy yozma ma'naviy merosimiz bo‘lgan “Avesto” va uning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati ifodalangan stend, “Turkiy qavmlar ma'naviyati” rukni ostida Shiroq, To‘maris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdilarning Vatan ozodligi yo‘lidagi qahramonliklaridan lavha va namunalar aks ettirilgan suratlardan foydalanish tavsiya etiladi.
“Qomusiy ma'rifat yog‘dusi” bo‘limida butun bashariyatga daxldor, O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning hayoti haqida hikoya qiluvchi plakatlar aks etadi. Shuningdek, ma'rifatparvar, milliy istiqlol g‘oyalarini ilgari surgan, kuylagan ulug‘ allomalar, shoir va yozuvchilar portretlari, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Cho‘lpon, Fitrat kabilarning asarlaridan namunalar hamda zamonamiz qahramonlari portretlari va ularning vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari haqida qisqacha ma'lumotlar berish lozim.
Tomosha zali-Sahnaga Mustaqillik yillarida olib borilgan bunyodkorlik ishlari aks etgan banner, sahna peshtoqiga esa san'atning ahamiyati haqidagi shior o‘rnatiladi. Tomosha zalining har ikkala tarafiga Respublika, viloyat hamda hududdagi havaskorlik san'ati rivoji aks ettirilgan pannolar o‘rnatiladi. Shuningdek tomosha zali devorlarini mahalliy rassomlar ijodlari mahsuli bo‘lgan tasviriy san'at asarlari bilan bezash ham tadbirga kelganlarning ruhini ko‘tarishga xizmat qiladi.
To‘garak xonalarini badiiy bezatish-to‘garak xonalari gigienik talablarga javob beradigan, shinam, toza, ozoda, yorug‘, tarqatma va ko‘rgazma qurollarni joylashtirish uchun qulay, bezash uchun imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Shu bois, to‘garak xonalarini bezash ma'lum talablar asosida amalga oshiriladi. Hukumatimizning qaror va hujjatlarini muntazam o‘rganib borish va ish faoliyatiga tatbiq etish uchun “Islohotlar hayotga”, “Uslubiyat burchagi” nomli stendlarning tashkil etilishi ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
To‘garak a'zolarida ona Vatanga, xalqiga bo‘lgan sadoqatni shakllantirish, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga muhabbatni oshirish maqsadida xona devorida ma'naviyat-ma'rifatga doir hikmatli so‘zlar, to‘garak tarixi, “Usta-shogird” an'anasi haqida ma'lumot bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, barcha to‘garaklar yo‘nalishiga qarab shiorlar,da'vatlar, fotostendlar, to‘garak a'zolarining faoliyati, yutuq va muvaffaqiyatlarini aks ettiruvchi fotolavhalar, to‘garak ishlarini muvofiqlashtiruvchi ish hujjatlarini joylashtirish stendi, (to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvali, to‘garak a'zolarining ro‘yxati, to‘garak rahbarining o‘tkazishi lozim bo‘lgan tadbirlar ro‘yxati, uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, sohadagi yangiliklar) to‘garak a'zolarining qo‘lga kiritgan yutuqlari aks ettirilgan fotostendlar bo‘lishi zarur.
To‘garak xonasida to‘garak a'zolarining o‘z qo‘llari bilan yaratgan qo‘l mehnati namunalari, yaratgan ixtirochilik asarlari, yasagan eng yaxshi buyumlari namunalaridan tashkil topgan kichik ko‘rgazma ham o‘rin olishi mumkin.
Musiqa, Ashula va raqs, Xalq ijodiyoti hamda Milliy cholg‘u-asboblari to‘garagi mashg‘ulot xonalarini bezatish. “O‘zbek bastakorlari” mavzusidagi plakat xonaning to‘riga, doska tepasiga o‘rnatiladi. Uning qarama-qarshi tomonidagi devorga to‘garak a'zolarining konsert, konkurs va tadbirlardagi ishtiroki aks etgan fotostend, to‘garak a'zolarining musiqa savodxonligini oshirish maqsadida ishlangan pannolar, to‘garak faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, metodik tavsiyalar, to‘garak a'zolari ro‘yxati va to‘garak repertuar plani joylashtirilgan stend o‘rnatiladi. Shuningdek, bu yerga faylasuf va mashhur insonlarning musiqani inson hayotida tutgan o‘rni haqidagi bildirgan fikrlari ham yozib qo‘yiladi.
Havaskorlik teatr jamoasi xonasi va Tomosha san'ati-mashg‘ulot xonasini bezatishda Jahon va o‘zbek teatri rivojiga hissa qo‘shgan teatr aktyorlari hamda tomosha san'ati namoyandalari fotolari aks etgan plakatlardan foydalaniladi. Bu xonalarda ham to‘garak a'zolarining konsert, konkurs va tadbirlardagi ishtiroki aks etgan fotostend, to‘garak faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, metodik tavsiyalar, to‘garak a'zolari ro‘yxati va to‘garak repertuar plani joylashtirilgan stend, to‘garak a'zolariga sahna xarakati, aktyorlik mahorati haqida ma'lumot beruvchi ko‘rgazma vositalari o‘rnatiladi.
Raqs to‘garagi-mashg‘ulot xonasini badiiy bezatar ekanmiz, bu xonani o‘zbek raqs san'ati rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboeva, Galiya Izmaylova, Usta Olim Komilov, Qunduz Mirkarimova, Isohor Oqilov, Yulduz Ismatova kabi ulug‘ san'atkorlar suratlari aks etgan plakatlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shuningdek, bu xonada raqs harakatlari, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona-Toshkent raqs maktablari haqida hikoya qiluvchi pannolar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Madaniy – ma'rifiy soha xodimlarining hozirgi kundagi vazifalari.
Madaniy – ma'rifiy soha xodimlari O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini izchil mustahkamlab borish yo‘lida shijoat va qat'iylik bilan o‘zlarining amaliy faoliyatlarini quyidagi yo‘nalishlarga qaratishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasi, Prezidentimizning joriy yilda va kelgusi davrda oldimizda turgan muammolarni amaliy hal etishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergan dasturiy Farmon, Qaror, Qonunlari va yo‘riqnomalarini aholi o‘rtasida muttasil tushuntirib borish;
Madaniy – ma'rifiy muassasalarni xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga o‘tkazish va uning afzalligini targ‘ib qilish;
Aholiga pullik xizmat ko‘rsatishning turli xil shakllarini har tomonlama rivojlantirish;
Ommani demokratik ruhda tarbiyalash maqsadida Madaniyat va aholi dam olish markazi ishining rang – barang shakllari va usullarini takomillashtirib borish, yangilarini ijod qilish va ularni hayotga tadbiq etish;
Qadriyatlar va milliy madaniyatga xos bo‘lgan ibratli insoniy fazilatlarni keng ommalashtirish;
Madaniy – ma'rifiy muassasalarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va keng targ‘ib etish;
Yoshlarda o‘z mustaqil Vataniga bo‘lgan mehr – muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash;
O‘zbek milliy xalq ijodiyotining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini qayta tiklash va qaror toptirish;
Milliy tariximiz, madaniyatimiz, madaniy va nomoddiy merosimizni rivojlantirish yo‘lini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilish maqsadida turli ommaviy tadbirlar tashkil etish;
Aholining dam olish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni uyushtirish va takomillashtirish;
Ommaviy xalq bayramlari va sayllarini muntazam ravishda tashkil etib borish, yangilarini hayotga tadbiq etish va ularning rang–barang bo‘lishligini ta'minlash;
Badiiy havaskorlik jamoalari, to‘garaklar va xalq ijodiyotining barcha turlari, qiziquvchilar klubi va havaskorlar uyushmasining faoliyatini jonlashtirish, ularda olib boriladigan o‘quv tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish;
Unutilgan milliy urf – odatlar, udumlar va marosimlarni tiklash, ularni zamon ruhi bilan boyitib, istiqbol yo‘lini belgilash;
Madaniy – ma'rifiy muassasalarning ichki va tashqi tomonlarini zamon talabiga moslab ko‘rgazmali qurollar bilan bezashga e'tibor berish;
Aholi turli guruhlarining madaniy talablari, istaklari va qiziqishlarini muntazam o‘rganish, shu asosda tashkil etiladigan madaniy – tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitib borish va h. o.
Zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etishdan maqsad, aholiga madaniy–ma'rifiy tadbirlar, uchrashuv, muloqot, ko‘ngilochar kechalar tashkil etish orqali xalqimizning, asosan yoshlarning qalbida vatanparvarlik, insonparvarlik hissini tarbiyalash, jamiyatimizdagi siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va umummilliy totuvlikni eng yuksak qadriyat sifatida e'zozlashga o‘rgatishdan iborat.
Bu maqsadlar madaniyat va aholi dam olish markazlarida tashkil etiladigan turli mavzudagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Birlamchi vazifa – tadbirga mavzu tanlash va tadbirni rejalashtirishdan boshlanadi.
1. Tadbirlarni rejalashtirish.
Ma'lumki, har qanday madaniyat va aholi dam olish markazlarining yillik ish rejalari yanvar oyida tasdiqlanib, muassasa yil davomida shu reja asosida o‘z faoliyatini olib boradi.
Markaz xodimlari ishlarni rejalashtirishda quyidagilarga e'tibor berishlari kerak:
O‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar.
Bunda madaniyat muassasasining 12 ta ish sohasi aks etadi.
I. Milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish.
II. Ommaviy – siyosiy ishlar
III. Mehnat tarbiyasi
IV. Ahloq va huquq tarbiyasi.
V. Vatanparvarlik va baynalminal tarbiya
VI. Ilmiy – ma'rifiy targ‘ibot.
VII. Ekologiya tarbiyasi
VIII. Nafosat tarbiyasi.
IX. Jismoniy tarbiya va sport ishlari.
X. Dam olish va ko‘ngil ochishni tashkil etish.
XI. Bolalar va o‘smirlar bilan ishlash.
XII. Xotin – qizlar bilan ishlash.
Muassasaning to‘garak ishlari.
Uslubiy ishlar.
Tashkiliy va ho‘jalik ishlari.
2. Tadbir uchun mavzu tanlash
Tadbir uchun mavzu yil davomida o‘tkaziladigan xalq bayramlari, atoqli sanalar, madaniy va ma'rifiy bayramlarga bag‘ishlanadi. Bular quyidagilar shaklida ifodalanadi.
1. Mavsumiy bayramlar.
1. Sumalak sayli.
2. Gul sayli.
3. Tut sayli.
4. Suv sayli.
5. Qovun, uzum, anor, anjir sayllari.
6. “Mehrjon” bayrami.
7. “Hosil bayrami”.
|
2. Umumxalq bayramlari.
Mustaqillik bayrami.
Navro‘z bayrami.
Konstitutsiya bayrami.
Yangi yil bayrami.
Xotin – qizlar bayrami.
“Ustozlar va murabbiylar kuni”.
“Xotira va qadrlash kuni”.
|
3. Madaniy va ma'rifiy bayramlar.
Halqaro madaniy bayramlar.
Buyuk siymolar tavalludlari.
Qadimgi shaharlar va tarixiy
qadriyatlar tantanalari.
Xalq ijodiyoti ko‘rik – tanlovlari.
Til va kitob bayramlari.
O‘quvchilar bayramlari.
Talabalar bayramlari.
|
4. Diniy bayramlar.
Ro‘za ha'yiti
Qurbon ha'yiti
Boshqa diniy marosimlar.
|
|
|
5. Oilaviy marosimlar.
Tug‘ilgan kun
Beshik, sunnat, nikoh to‘ylari.
Birinchi qadam.
Muchal yoshi.
“Kumush”, “oltin”, “olmos” to‘ylar.
|
6. Mehnat va tabiat
bayramlari.
Qishloq xo‘jalik xodimlari
bayramlari.
Sanoat xodimlari bayrami.
Kasb bayramlari.
Tabiatsevarlar ko‘rigi.
Qushlar bayrami.
|
|
|
7. Sport bayramlari.
Xalq o‘yinlari bayrami.
“Umid nihollari”
“Barkamol avlod”
“Universiada” musobaqalari.
Tennis bayrami.
Xalqaro sport musobaqalari.
|
|
Markaz ishini rejalashtirishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
1. Madaniyat va aholi dam olish markazlarida olib boriladigan barcha ommaviy – siyosiy va madaniy – ma'rifiy ishlar mustaqil Respublikamizning moddiy – texnika bazasini yaratishga, xalq moddiy farovonligini oshirishga, barcha mehnatkashlarni yuksak g‘oyaviylik va Vatanga sadoqat ruhida, mehnatga va ijtimoiy xo‘jalikka ongli munosabatda bo‘lish ruhida, yangi kishini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
2. Reja tuzish chog‘ida Respublikamiz va Prezidentimiz chiqargan Qaror va Farmonlar, Respublika Madaniyat vazirligi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, shahar, tuman hokimliklarining ko‘rsatma va talablariga amal qilinadi. Reja tuzishda ilg‘or madaniyat muassasalarining tajribalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Markazlar o‘zi xizmat qiladigan hudud oldida turgan muhim siyosiy va xo‘jalik vazifalarni har tomonlama yaxshi bilishi kerak.
4. Ishni rejalashtirishda markazlar o‘zi xizmat ko‘rsatadigan aholining madaniy ehtiyojlari, talab – istagi, qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati, sifat tarkibi, ularning yoshi, millati va boshqa xususiyatlari albatta inobatga olinadi.
5. O‘tkaziladigan tadbirlarning rang – barang va xilma – xil bo‘lishiga, ularni tashkil etishda madaniy – ma'rifiy ishning turli shakl va usullaridan foydalanish, yangiliklarni ijod etish, texnika vositalarining keng ko‘lamidan foydalanish kabi masalalarga alohida e'tibor berilmog‘i lozim.
Ko‘rib turganimizdek, o‘tkaziladigan tadbirning zamonaviy, davr talabiga mos keladigan, hozir kun kishisini, ayniqsa, kompyuter texnologiyalaridan boxabar yoshlar va bolalarni zeriktirmaydigan darajada sahnaga olib chiqish tadbir ishtirokchilaridan chuqur bilim, keng dunyoqarash va albatta, sahna madaniyati va qonun – qoidalarini bilishlikni talab etadi.
Shuning uchun ham markaz xodimlarining kamida madaniyat va san'at sohasidagi ma'lumoti o‘rta – maxsus bo‘lishi yoki ish staji 3 yildan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Har qanday tadbirning qanday o‘tkazilishi markazning Badiiy Kengashida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Badiiy Kengash tasdig‘iga tadbirning ssenariysi, tadbirga tanlangan musiqali dastur, sahna liboslari va boshqa anjomlarning eskiz – loyihalari havola etiladi.
Eng avvalo, markaz direktorining topshirig‘iga ko‘ra, markazning badiiy rahbari tadbirni o‘tkazish uchun ish taqsimotini tuzib chiqadi.
Ish taqsimoti markaz direktori tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, xodimlar o‘rtasida o‘qib eshittiriladi va tadbir yakunida berilgan vazifalar bo‘yicha monitoring o‘tkaziladi.
Zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyatida Vazirlar mahkamasining 178-sonli qaroridan so‘ng shtatlar jadvalidagi “Uslubchi” vazifasi o‘rniga “Mutaxassis” shtati berildi. Lekin lavozim yo‘riqnomasiga asosan, Mutaxassislar bevosita Uslubchining vazifasini bajaradi va “Uslubiyat xonasi”ni yangi ssenariy, tavsiya va qo‘llanmalar bilan boyitib borishga ma'sul hisolanadi.
Shunday ekan, endi tadbirlarga ssenariy yozish mutaxassislardan biriga yuklatilishi mumkin. Ssenariy ijod mahsuli ekan, uni dastavval muallif hayolan o‘z tafakkurida jonlantiradi va qog‘ozga tushiradi. Bu yo‘ldagi birinchi qadam – tadbirning davomiylik vaqtini aniqlashdan boshlanadi.
Masalan:
TADBIRNING REJASI
1.
|
Tadbirning ochilishi
|
5 daqiqa
|
2.
|
Alisherning yoshligi (ma'ruza)
|
10 daqiqa
|
3.
|
A. Navoiy g‘azaliga bastalangan qo‘shiq
|
5 daqiqa
|
4.
|
A. Navoiy - buyuk sarkarda (ma'ruza)
|
10 daqiqa
|
5.
|
Shoir g‘azaliga bastalangan qo‘shiq
|
5 daqiqa
|
6.
|
“Xamsa” va “Hayrat – ul abror” asarlari haqida fikrlar
|
15 daqiqa
|
7.
|
A. Navoiy g‘azaliga bastalangan qo‘shiq
|
5 daqiqa
|
8.
|
A. Navoiy lirikasi. “Qaro ko‘zim”ning izohli tarjimasi
|
10 daqiqa
|
9.
|
A. Navoiy g‘azaliga bastalangan qo‘shiq
|
5 daqiqa
|
10.
|
Kechada faol ishtirok etganlarni taqdirlash
|
5 daqiqa
|
11.
|
Xotima.
|
5 daqiqa
|
|
Jami
|
80 daqiqa
|
Ko‘rinib turibdiki, dastlabki hisob – kitoblar 1 soatu 20 daqiqani ko‘rsatmoqda. Bunga Boshlovchilarning mikrofon oldiga kelib - ketishlari, ma'ruzachilarning minbarga chiqishlari va tushishlarini qo‘shadigan bo‘lsak, tadbir roppa – rosa 1 soatu 30 daqiqa davom etadi.
Shundan so‘ng muallif ssenariyda shoir ijodiga bag‘ishlangan mavzuli kechani o‘tkazish tartibi, unda tadbir qatnashchilarining nimani gapirishi, qanday badiiy asarlar ijro etilishi, bularning hammasi qanday yoritilishini bayon qiladi.
Ammo, ssenariy muallifi ssenariyning kompozitsion tuzilishiga ya'ni, dasturdagi voqea larning ketma – ketligi va o‘zaro bog‘liqligini to‘g‘ri tuzishga alohida e'tibor bermog‘i shart. Bunda voqea lar dinamik (o‘sib boruvchi) qonuniyatga bo‘ysunmog‘i va tugal bir maqsadni ifodalamog‘i shart.
Masalan, buyuk allomaning serqirra, salmoqli hayotini ifoda etishda eng avvalo, uning go‘dakligi, bolaligi haqidagi hikoyalardan so‘z boshlagan ma'qul. Undan so‘ng qahramonning kuchga to‘lgan navqiron pallasida erishgan yutuqlari, uning ustozlari bergan baholari haqida gapirish mumkin.
Xotima qismida bobokalonimizning bizga qoldirgan ulkan, bebaho merosining salmog‘i haqida besh yuz yildan bo‘yi o‘rganib kelinayotgan dalil – isbotlardan misollar keltirilsa, g‘azal mulkining sultoni tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘z qaddini bor bo‘yi bilan namoyon etadi.
Bunday yo‘nalishdagi har bir epizod (lavha, ko‘rinish)ning harakatli bo‘lishini ta'minlash birlamchi maqsadni qiyomiga yetkazib yoritilishini ta'kidlaydi. Bu esa, kecha mazmunini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ssenariyning epizodlarini ishlashda ularning sodda, qisqa, kishilarni zeriktirmaydigan chiqishiga erishish lozim. To‘g‘ri tuzilgan voqea lar tizimi umumiy g‘oyani ochib berishga, tadbir mazmun – mohiyatini ochib berishni kafolatlaydi.
Bunda voqealar bir yo‘nalishda rivojlantirilib borilsa, har bir voqea va hodisalar o‘zidan oldingisining mazmundorligi, ta'sirchanligini ta'minlaydi, tomoshabinlarning qiziqishlarini uzluksiz o‘stiradi.
Kechada faktlarning, badiiy ifodalarning o‘rnini almashtirish muhimdir.
Masalan: shoirning she'rlaridan namuna o‘qish, g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etish, tadbir qahramonining hayotidan hikoya qiluvchi spektakl va kinolardan parcha ko‘rsatish kabilar.
Muhimi, tadbirdagi asosiy g‘oyani unutmagan holda, voqea larning ketma – ketligidagi o‘rinlarni almashtirish mumkin. Masalan, A. Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirda mantiqan so‘zni shoirning bolaligidan boshlash mumkin. Lekin avval shoirning keksalik chog‘idagi falsafiy o‘gitlaridan yaratilgan parchadan boshlab, so‘ng bolalikka qaytish ham mumkin. Bu hammasi ssenarist va rejissyorning fantaziyasiga bog‘liq.
Tadbirdagi ko‘rinishli sahnalardan keyingi ko‘rinishlarga o‘tish vaqtida ko‘pincha boshlovchilardan foydalanish, so‘z bilan qo‘shiqni uzviy bog‘lab, birorta she'r o‘qish yoki prolog(so‘z boshi) va epilog(xulosa)lardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tadbirning mazmunli bo‘lishini, uning bayram tusini olishini inobatga olib, kecha tashkilotchilari keng jamoatchilik ishtirokida jihozlardan, ko‘rgazmalardan, proektorlardan, yoritish va ovoz berishda kompyuter xizmatidan unumli foydalangan holda, tayyorgarlik ko‘rish ishlariga rahbarlik qilib, yuksak iste'dod va yuqori malaka bilan kechaning muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin.
Tadbirning qiziqarli, mazmunli, tomoshabinlarning xotirasida qoladigan, aholining estetik didini oshiradigan, maroqli bo‘lishi tadbir tashkilotchilarining eng asosiy vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
Xulosa qilib aytganda, madaniyat va aholi dam olish markazida olib borilayotgan madaniy-ma'rifi ish uslubiyoti aholining ma'naviy ehtiyojlariga mutanosib holda tashkil etilishi va ularning ijtimoiy faolligi oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu jarayonda esa madaniyat va aholi dam olish markazlarida olib boriladigan madaniy-ma'rifiy faoliyatning barcha sub'ektlaridan maqsadli foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: |