Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari (Osiyo va
Yevropa mamlakatlari bo‘yicha) fani bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, unda qo‘yilgan masalalar ta’limning oldingi bosqichlarida
mazkur mutaxassislikka doir o‘qitilgan fanlarning o‘quv dasturlariga asoslangan.
Dasturda, tarixiy manbashunoslikning maqsad vazifalari, tadqiqot usulari,
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini yortib beruvchi qadimgi davrdan hozirgi
kungacha bo‘lgan tarixiy manbalarning o‘rganilishi, Tarix fanining vujudga kelishi
va o‘tmishni o‘rganishdagi dastlabki malakalar hamda tarixni o‘rganishda asos
bo‘luvchi manbalar haqida tushuncha beradi. Shu qatorda, Tarixiy manbalar va
tarixiy xujjatlar bilan ishlash, tarixning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabatlari-
ijtimoiy va gumanitar fan davriy jarayoni haqida, arab, fors, tilidagi qo‘lyozmalar,
manbalar va ularning tarix fanining rivojlanishidagi o‘rni masalarini o‘z ichga
olgan. Shuningdek, tarixshunoslikning dolzarb muammolari: nazariy-metodologik
masalalarni ishlab chiqish, tarixshunoslik fani rivojlanishi muammolari, XX asr
boshlarida tarix fani rivojining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy- madaniy shart-
sharoitlari, maxsus va yordamchi tarix fanlarining rivojlanishi hamda
O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlari rivojlanishining asosiy tamoyillari kabi
masalalar qamrab olingan.
5A120302 - Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi
o‘quv rejasiga asosan ixtisoslik fanlari bo‘yicha: O‘zbekiston tarixi, Jaxon tarixi,
Manbashunoslik, Tarixshunoslik fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu
fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: