Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun maxsus fanlardan



Yüklə 434,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix20.11.2023
ölçüsü434,78 Kb.
#164023
1   2   3   4   5   6   7
4) 5A120302 - TARIX (YO‘NALISHLAR VA FAOLIYAT TURI BO‘YICHA)(1)

“TARIXSHUNOSLIK” fani bo‘yicha 
Tarix fanining vujudga kelishi va o‘tmishni o‘rganishdagi dastlabki 
malakalar. Tarix fanining tarkibiy qismlari. «Tarixshunoslik» atamasi. 
Tarixshunoslikning ob’ekti, predmeti va vazifasi. Tarixshunoslikning rivojlanish 
bosqichlari.
Tarixshunoslikda tadqiqotlarning tahlil qilish usullari. Qiyosiy tarixiy usul. 
Aniq tahliliy usul. Mantiqiy tahliliy usul. Xronologik usul. Davriylashtirish usuli. 
Retrospektiv tahlil. Tadqiqotlarda mavzuning o‘rganilish darajasini tadqiq qilish. 
Tadqiqotlarni davrlashtirish.
XX asrning 90-yillarida O‘zbekiston tarixshunoslik fani rivojida yangi 
davrning boshlanishi. Nazariy-metodologik masalalarning ishlab chiqilishi. Ilmiy 
maktablarning 
shakllanishi. 
Mustaqillik 
davridagi 
o‘zgarishlar. Fanlar 
Akademiyasi Tarix instituti faoliyati.
O‘zbekistonning qadimgi davr tarixi tarixshunosligi. O‘zbekistonning 
qadimgi davr tarixining o‘ziga xos tomonlari. O‘zbekistonning qadimiy tarixiga 
oid arxeologik tadqiqotlar. Qadimgi numizmatik tadqiqotlarni o‘rganish.
Qadimgi epigrafik manbalar (Behistun, Persepol, Naqshi Rustam, Doro I, 
Ayritom bitiklari)ning o‘rganilishi. Avesto, Qadimgi Hind manbalariga doir 
tadqiqotlar. O‘rta Osiyo haqidagi antik davrda yaratilgan asarlarining tadqiq 
etilishi.
O‘rta asrlar tarixnavisligining xalq ijodiyoti, an’analari bilan uzviy 
bog‘liqligi. Arab, fors, yunon va turk tilidagi qo‘lyozmalar va ularning tarix 
fanining rivojlanishidagi o‘rni.
O‘rta asrlarda yaratilgan asarlarning tarixshunoslik jihatidan tahlili. O‘rta 
asrlarda tarixnavislik maktablari. O‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asarlarning 
o‘rganilishi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida sharqshunoslar tomonidan O‘rta asrlar 
tarixining o‘rganilishi.
Tadqiqotlarda Amir Temur shaxsi va uning siyosiy faoliyati masalalarining 
yoritilishi. XIX asr oxiri - XX asr boshlari, Mustaqillik yillarida Amir Temur va 


temuriylar temuriylar davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 
masalalarining yoritilishi. Temuriylar davrida yaratilgan tarixiy asarlarning 
o‘rganilishi. Temurshunos olimlarning ilmiy faoliyati. Xorijiy davlatlarda 
temuriylar davriga oid tadqiqotlar.
O‘rta Osiyoda mahalliy tarixnavislikning shakllanishi va asosiy yo‘nalishlari. 
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo tarixshunosligining o‘ziga xos 
xususiyatlari. Tarixiy tadqiqotlardagi yondoshuvlar.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy 
geografik tadqiqotlar.
O‘rta Osiyo xonliklarining tashkil topishi, ma’muriy hududiy tuzilishi
boshqaruv tizimi, hukmron sulolalar. Xonliklar tarixining asosiy bosqichlari.
Rossiya imperiyasining Qo‘qon, Buxoro va Xiva xonliklariga harbiy tajovuzi. 
Qo‘qon xonligining tugatilishi. Buxoro va Xiva xonliklari siyosiy qaramlik davri 
tarixshunosligi.
Vatan tarxshunosligida O‘rta Osiyo xonliklarini o‘rganishning asosiy 
bosqichlari. Tarixiy tadqiqotlarda xonliklar xaqidagi bilimlarning aks etishi va 
ularga sovet mafkurasining ta’siri.
Mustaqillik davri tarixshunosligida xonliklar tarixiga yangicha yondoshuvlar 
va ularning nazariy-konseptual, metodologik asoslari.
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan O‘rta Osiyo xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy hayot masalalarining o‘rganilishi.
Sharqshunoslarning O‘rta Osiyoning qadimgi va O‘rta asrlar tarixi, 
etnografiyasi, epigrafikasi va numizmatikasiga oid tarixiy asarlari. XIX-XX 
asrning boshlarida yaratilgan tarixiy-etnografik asarlar.
Sharqshunoslar tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi 
tomonidan bosib olinishi masalalarining o‘rganilishi. Rossiya imperiyasi 
mustamlakachiligi davri tarixshunosligi. Davriy matbuotda xonliklar hayotiga oid 
ma’lumotlar. “Turkestanskiy sbornik” va statistik tadqiqotlarda Buxoro, Xiva, 
Qo‘qon xonliklari haqidagi ma’lumotlar.
Jadidlarining tarix, tarix fani va ta’limi hamda tarixshunoslik haqidagi 
dunyoqarashlari.
Sovet davri tarixshunosligining o‘ziga xos xususiyatlari va nazariy konseptual 
asoslari.
XX asrning 20-30 yillarda tarix fani. O‘zbekistonda ilmiy muassasalar va oliy 
o‘quv yurtlarining tarixchi mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni.
Tarix institutining tashkil etilishi. Tarix fakultetlari va kafedralarining 
ochilishi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi.
O‘zbekistonda 
sharqshunoslik. 
Sharqshunoslarning 
tarixshunoslikni 
rivojlantirishga qo‘shgan hissasi
O‘zbekistonda arxeologiya va etnografiyaga oid tadqiqotlar. Arxeolog va 
etnograflarning tarix fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi. O‘rta Osiyolik 
allomalarning fan tarixi, madaniyat, O‘rta Osiyo xalqlari san’atiga oid qo‘lyozma 
manbalarini, ilmiy merosining o‘rganilishi. O‘zbekiston tarixining yoritilishi.


O‘rta Osiyo xalqlarining xorijiy mamlakatlar bilan tarixiy, siyosiy-iqtisodiy 
va madaniy munosabatlarining o‘rganilishi.
Tarix fanida yangi dunyo qarashlar. Tarixga qiziqishning ortishi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish» haqidagi (1998 yil) qarori.
1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat 
qurilishi akademiyasi huzurida «O‘zbekistonning yangi tarixi» markazi tashkil 
etilishi. Markaz olimlari tomonidan 3 jildli «O‘zbekiston tarixi» kitobining nashr 
etilishi.
Tarix institutining ilmiy faoliyati. Tarixchilar tomonidan davriy, ilmiy. ilmiy-
ommabop to‘plamlarning nashr etilishi. Ilmiy anjumanlar va ularda o‘zbek 
davlatchiligi tarixi masalalarining yortilishi. Zamonaviy arxeologiya, etnografiya 
va manbashunoslikning vazifalari.
Og‘zaki tarix. Tarixga bag‘ishlangan ilmiy jurnallarning O‘zbekiston 
tarixning yoritishdagi o‘rni.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunoslik fanida yangi davrning 
boshlanishi. 
Nazariy-metodologik 
masalalarning 
ishlab 
chiqilishi. 
Ilmiy 
maktablarning shakllanishi. O‘zbekistonda tarixshunoslik fani va tarix fanidagi 
metodologiyalar. O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlari ko‘lami, rivojlanishi. 
O‘rta Osiyo mutafakkirlari, tarixchilari ilmiy merosini o‘rganish borasidagi keng 
qamrovli ilmiy tadqiqotlar. Tarix sohasidagi tadqiqotlarda zamonaviy tarixiy 
tadqiqot metodologik yondashuvlarning vujudga kelishi.
Mashhur mahalliy tarixchilar ilmiy merosiga yangicha qarashlar. O‘zbek 
davlatchiligi tarixining yangi konsepsiyasining paydo bo‘lishi. O‘zbek davlatchilik 
tarixining kompleks ravishda o‘rganilishi. O‘rta Osiyo tarixining turli davrlarining 
tarixshunoslik jihatidan yoritilishi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi metodologik 
muvofiqlashtiruvchi markazining tashkil etilishi. Zamonaviy tarixshunoslik va 
istiqboldagi vazifalar.

Yüklə 434,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin