Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun maxsus fanlardan



Yüklə 434,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.11.2023
ölçüsü434,78 Kb.
#164023
1   2   3   4   5   6   7
4) 5A120302 - TARIX (YO‘NALISHLAR VA FAOLIYAT TURI BO‘YICHA)(1)

 
“MANBASHUNOSLIK” fani bo‘yicha 
Qo‘lyozma asarlar tarixi va ularning hududiy qamrovi. Arab tilidagi yozma 
meros va uning tarqalishi. Qo‘lyozmalarning jahon bo‘ylab tarqalish sabablari. 
Sharq 
qo‘lyozmalarining turli mamlakatlardagi miqdoriy ko‘rsatkichi. 
Qo‘lyozmalar xazinalari: Misr, Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, 
Rossiya, O‘zbekiston. Sharq qo‘lyozmalarini tavsiflash va kataloglar chop etilishi 
tarixi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti faoliyati. 
Institutda saqlanayotgan Sharq qo‘lyozmalari haqida umumiy ma’lumotlar, 
institutda faoliyat olib borgan hamda hozirda tadqiqot olib borayotgan sharqshunos 
olimlar. O‘zbekiston Milliy universitetida saqlanayotgan qo‘lyozmalar.
O‘rta Osiyo tarixi IX-XV asrlarda yozilgan arab tilidagi qator yozma 
manbalarda aks etgan. Jumladan: al-Madoiniy “Axbor al-xulafo”, al-Ya’qubiy 
“Kitob al-buldon”, Balazuriy “Kitob futuh al-buldon”, Tabariy “Tarix ar-rusul va-
l-muluk”, Ibn Fazlon “Risola”, al-Mas’udiy “Muruj az-zahab”, Utbiy “Tarixi 
Yaminiy”, Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Mafotih al-ulum”, Abu Rayhon Beruniy 
“Osor al-boqiya”, Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘at at-turk”, Sam’oniy “Kitob 
al-ansob”, Ibn al-Asir “Al-Komil fi-t-tarix”, Yoqut Hamaviy “Mu’jam al-buldon”, 
Muhammad Nasaviy “Sirat as-sulton Jaloliddin”, Jamol Qarshiy “Mulhaqat as-
suroh”. O‘rta Osiyo IX-XV asrlar tarixiga oid forsiy yozma manbalar: Narshaxiy 
“Buxoro tarixi”, “Hudud ul-olam”, Nizomulmulk “Siyosatnoma”, Nizomi Aruzi 
Samarqandiy “Chor maqola”, Gardiziy “Zayn ul-axbor”, Abulfazl Bayhaqiy 
“Tarixi Mas’udiy”, Avfiy “Javomi’ al-hikoyot”, Juvayniy “Tarixi jahongushoy”, 
“Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, “Kitob al-Qand fi ma’rifat ulamo-i 
Samarqand”, “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarlari haqida ma’lumotlar.
Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalarning xususiyati. Rashidaddin 
«Jome’ at-tavorix», Hamdalloh Qazviniy «Tarixi guzida». Temuriylar saltanati 
tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar: Nizomiddiy Shomiy «Zafarnoma», 
Muiniddin Natanziy «Muntaxab at-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma», 
Abdurazzoq Samarqandiy «Matla as-sa’dayn», Mirxond «Ravzat as-safo» va 
boshqa asarlardagi tarixiy ma’lumotlar.
O‘rta Osiyoning XVI-X
V
II asrlar tarixiga oid fors-tojik tilidagi manbalar. Bu 
davrdagi Mulla Shodiyning «Fathnoma», Fazlulloh ibn Ruzbexonning 


«Mehmonnomai Buxoro», Xondamirning «Habib as-siyar», Zayniddin Vosifiy 
«Badoe’ ul-vaqoe’», Mirzo Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy», Hofiz Tanish 
Buxoriy «Abdullanoma», Mahmud ibn Valiy «Bahr ul-asror», Xoja Samandar 
Termiziy «Dastur al-muluk», Muhammad Yusuf Munshiy «Tarixi Muqimxoniy», 
Mir Muhammad Amin Buxoriy «Ubaydullanoma», Abdurrahmon Davlat «Tarixi 
Abulfayzxon» va o‘zbek tilidagi «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), Muhammad 
Solih «Shayboniynoma», Zahiriddin Bobur «Boburnoma» kabi asarlarning tarixiy 
manbaviy ahamiyati.
Bu davrdagi manbalarga Mir Muhammad Salim «Silsilat as-salotin», 
Muhammad Vafo Karminagiy «Tuhfai xoniy», Mir Olim Buxoriy «Fathnomayi 
sultoniy», Axmad Donish «Navodir al-vaqoe’», Abduazim Somiy «Tarixi salotini 
mang‘itiya», Mirzo Salimbek «Tarixi Salimiy», Muhammad Solih «Tarixi jadidayi 
Toshkand», Niyoz Muhammad Xo‘qandiyning «Tarixi Shohruxiy» asarlarining 
o‘rganilishi va tarixiy manbaviy ahamiyati.
Mazkur asrlar tarixiga oid eski o‘zbek tilidagi yozma manbalarga esa, muallifi 
noma’lum Abulg‘ozi Bahodurxon «Shajarayi tarokima», «Shajarayi turk va 
mo‘g‘ul», Munis va Ogahiy «Firdavs ul-iqbol» va Mirzo Olim Toshkandiyning 
«Ansob as-salotin» asarlari manba sifaida.
O‘rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi yozma 
ma’lumotlar sayyoh va elchilarning kundaliklari. Marko Polo, Rui Gonsales de 
Klavixo va Antonio Jenkinson kundaliklari. Shuningdek, XVII-XVIII asrlar rus va 
yevropa tillaridagi manbalarda O‘rta Osiyo tavsifi I.D.Xoxlovning ma’lumotlarida 
(«Kniga Bolshomu cherteju»); B.A.Pazuxin va S.I. Pazuxin ma’lumotlarida; Florio 
Benevini axborotida; V.N.Tatishev «Leksikon geograficheskoy i politicheskoy»; 
D.Gladishev 
va 
Muravin 
ma’lumotlarida; 
F.Yefremov 
safarnomasi, 
T.Burnashevning O‘rta Osiyoga safari xotiralari; F.Nazarov safarnomasi; 
N.Muravev ma’lumotlari; Ye.K. Meyendorf safarnomalarida O‘rta Osiyo tarixiga 
oid ma’lumotlar.
O‘rta Osiyo tarixiga oid rossiya sharqshunoslari tadqiqotlari. “Turkiston 
arxeolog havaskorlari to‘garagi”, “Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiya”si kabi 
ilmiy jamolar tomonidan muntazam nashr etilgan to‘plamlar va maqolalar. XIX asr 
ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan istilo qilinishi, Turkiston general-
gubernatorligining tashkil etilishi tarixi.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo 
tarixiga oid manba. Turkistonni o‘rgangan rus olimlarining asarlari, Turkiston 
arxeologiya havaskorlari to‘garagi materiallari tarixiy manba sifatida. Shuningdek, 
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Turkistonga oid statistik 
ma’lumotlar, arxiv materiallar va davriy matbuot («Turkestanskie vedomosti», 
«Turkestanskiy vestnik»va b.) xabarlarining tarixiy manbaviy ahamiyati.
Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks 
ettiruvchi materiallar, Oktyabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho‘rolar hukumati 
tashkil topishi va yangi davlat tarixi bilan bog‘liq manbalar, Sovet hokimiyatining 
dekretlari, Sovetlar s’ezdlarining qarorlari, partiya tashkilotlarining hujjatlari 
manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik va istiqlolchilik harakati tarixiga oid 


hujjatlar tarixiy ahamiyati. O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish siyosati tarixiga oid 
hujjatlar, O‘zbekistonning 1925-1941 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar
qatag‘onlar tarixi aks etgan hujjatlar, 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid 
materiallar, O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid statistik to‘plamlar 
va ish yuritish hujjatlarining tarixiy ahamiyati.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishiga oid tarixiy materiallar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti devoni nashrlari, O‘zbekiston Oliy Majlis hujjatlari muhim tarixiy 
manba. Mustaqillik davri turli hujjatlari, statistik ma’lumotlar, nashr materiallari, 
matbuot materiallari va boshqa ma’lumotlar tarixiy manba sifatida. Tarixiy 
manbalarni o‘rganish yuzasidan hukumat rasmiy hujjatlari. Tarixiy manbalarni 
to‘plash va saqlash muammolari.

Yüklə 434,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin