Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun maxsus fanlardan


“O‘ZBEKISTON TARIXI” fani bo‘yicha



Yüklə 434,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.11.2023
ölçüsü434,78 Kb.
#164023
1   2   3   4   5   6   7
4) 5A120302 - TARIX (YO‘NALISHLAR VA FAOLIYAT TURI BO‘YICHA)(1)

“O‘ZBEKISTON TARIXI” fani bo‘yicha 
O‘zbekiston tarixining fan sifatidagi o‘rni. Uning predmeti va o‘rganish 
ob’ekti. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning metodologik tamoyillari, uning jahon 
tarixi bilan bog‘liqligi. Tarixni o‘rganishda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy 
istiqlol g‘oyasiga asoslanish tamoyillari. I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz 
kelajak yo‘q» asarida hozirgi kunda O‘zbekiston tarixining yechilishi zarur bo‘lgan 
muammolarining ko‘tarilishi. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish, uni o‘rganishda 
moddiy va yozma manbalarning o‘rni va ahamiyati. O‘zbekiston umumjahon 
sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri. O‘zbekiston tarixining har tomonlama yetuk, 
milliy istiqlol g‘oyasi bilan ko‘rollangan insonlarni tarbiyalashdagi ahamiyati. 
Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Odamzod paydo bo‘lishi 
masalasining fanda o‘rganilishi. Eng qadimgi odamlarning turmush tarzi, 
mashg‘ulotlari. Ibtidoiy jamiyatning davrlari. Paleolit davri va uning 
o‘zlashtirilishi. Urug‘chilik jamoasi - ona urug‘i jamoasining shakllanishi va uning 
taraqqiyoti. Mezolit davri makonlari. O‘q yoyning ixtiro qilinishi. Neolit davri 
yodgorliklari. 
Mehnatning 
dastlabki 
yirik 
taqsimoti, 
chorvachilik 
va 
dehqonchilikning shakllanishi. Neolit davrida hunarmandchilik sohalarining 
rivojlanishi. Eneolit davri. Sarazm va Zamonbobo madaniyati. Bronza davrining 
xususiyatlari va asosiy yodgorliklari. Bronza davrida hozirgi O‘zbekiston 


hududlarida o‘troq dehqonchilik va ixtisoslashgan hunarmandchilik. Patriarxal va 
ota urug‘i munosabatlarining yuzaga kelishi. Ibtidoiy tasviriy san’atning paydo 
bo‘lishi.
Davlatchilik tushunchasi. Jahonda ilk davlatlar paydo bo‘lishining asosiy 
omillari. «Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tariximizga oid ma’lumotlar. 
O‘lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyatining shakllanishi. Qadimgi 
Baqtriya, uning o‘zbek davlatchiligining shakllantirishdagi o‘rni. Qadimgi 
Baqtriya davlatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti. Qadimgi Xorazm 
haqidagi yozma va arxeologik ma’lumotlar. Qadimgi So‘g‘diyonaning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayoti.
Ahamoniylar davlatining paydo bo‘lishi va ularning O‘rta Osiyo davlatlarini 
bosib olishi. Mahalliy aholining Ahamoniylar bosqinchiligiga qarshi ozodlik uchun 
kurashi. Ahmoniylar davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 
Yunon-Makedon qo‘shinlarining Iskandar Zulqarnayn boshchiligida O‘rta Osiyoga 
yurishi. Spitamen boshliq xalq qasoskorlarining jasoratlari. «Avesto»-zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi. Navro‘z bayramining shakllanishi. Iskandar 
imperiyasining parchalanishi.
Salavkiylar sulolasi. Baqtriya davlatining yunonlar boshqaruvi davridagi 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti. Ellinizm madaniyatining o‘ziga xos 
xususiyatlari va uning Markaziy Osiyoga yoyilishi. Farg‘ona vodiysida ilk davlat 
tuzilmasining shakllanishi. Dovan davlati. Kushonlar sulolasining siyosiy 
hokimiyatni egallashi. Qang‘ davlatining paydo bo‘lishi va uning o‘zbek 
davlatchiligi tarixida to‘tgan o‘rni.
Kushonlar davrida mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy hayoti. Kushonlar 
davrida madaniy hayot. Urug‘, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. Parfiya 
davlatining ijtimoiy iqtisodiy hayoti, Turon zaminida turkiy qavmlarning azaliy 
etnos ekanligi. Hozirgi o‘zbek xalkining etnik asosini tashkil qilgan qabila, ellatlar. 
Chet ellik bosqinchilar mamlakatimiz tub joy aholisi irsiyatini o‘zgartira 
olmaganligi. Ilk o‘rta asrlardagi etnik - madaniy jarayonlar. Turkiy elatlar va 
eroniy tilli aholi o‘rtasidagi etnik va madaniy munosabatlar. O‘zbekiston 
hududlarida to‘rkiy til va etnik ustunlik vaziyatining yuzaga kela boshlashi.
IX-XII asrlarda qarluqlar, o‘g‘uzlar, qipchokqar, chig‘illar va boshqa turkiy 
qavmlarning o‘zbek xalqining etnik shakllanishidagi o‘rni. Eski o‘zbek tiliga asos 
bo‘lgan qarluq-chig‘il lahjasining rivojlanishi va yozma adabiy til darajasiga 
ko‘tarilishi. Yusuf Xos Xojibning «Kutadg‘u bilig», Mahmud Koshg‘ariyning 
«Devoni lug‘otit turk», Xo‘ja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» asarlarining 
ahamiyati. Xorazm Ma’mun Akademiyasi va uning faoliyati, XV asr oxiri - XVI 
asrlarda O‘rta Osiyoga Dashti Qipchoq elatlarining kirib kelishi, «O‘zbek» 
atamasining kelib chiqishi. Sovet istibdodi davrida O‘rta Osiyoda «milliy davlat» 
chegaralashining o‘tkazilishi va uning oqibatlari. O‘zbekistonning milliy 
mustaqillik davridagi etnik holati va bu sohadagi ijobiy o‘zgarishlar.
Eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan millatlararo yo‘llar. Buyuk ipak 
yo‘lining shakllanish jarayoni. Ipak yo‘lining rivojlanishida Samarqandning tutgan 
o‘rni. Buyuk ipak yo‘li tarmoklari. Turk xoqonligi davrida «Buyuk ipak yo‘li» 


ning ahamiyati. Buyuk ipak yo‘li ustidan nazorat o‘rnatish uchun hukmdorlar 
o‘rtasidagi kurashlar. Ipak yo‘li mamlakatlararo siyosiy, diplomatik, madaniy, 
diniy aloqalarni ta’minlovchi omil sifatida. Amir Temur davrida Buyuk ipak 
yo‘lining qayta tiklanishi va rivojlanishi. Ipak yo‘li Shark bilan G‘arbni bog‘lovchi 
halqa sifatida. Jahondagi buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Buyuk ipak yo‘li 
mavkeining pasayishi. YuNESKO rahnamoligida «Buyuk ipak yo‘li» dasto‘rining 
tuzilishi va uni amalga oshirishda O‘zbekistonning ishtiroki. «Yevropa - Kavkaz - 
Osiyo» transport yo‘lagi - TRASEKAni barpo etish masalasi.
Eftaliylar davlatining shakllanishi, uning xududiy o‘rni. Eftaliylar davrida 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Mazdak xarakatining paydo bo‘lishi va uning 
asosiy g‘oyalari. To‘rk hoqonligi hukronligi davrida O‘rta Osiyo. Turk xoqonligi 
davrida mamlakatni idora etish usuli. Mamlakatdagi iqtisodiy va madaniy hayot. 
Arab xalifaligining paydo bo‘lishi va uning boskinchilik yurishlari. Yurtimizning 
arablar tomonidan istilo qilinishi. Islom dinining yurtimizga yoyilishi. Arab 
hukmdorlarining Markaziy Osiyoda yuritgan siyosati. Muqanna qo‘zg‘aloni va 
uning tarixiy ahamiyati.
IX asr boshlarida Movarounnaxrning siyosiy axvoli. Toxiriylar davlati. 
Somoniylar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tizimi. Somoniylar davlatida 
yer-suv munosabatlari va soliq siyosati. Ismoil Somoniy islohotlari. Qoraxoniylar 
davlatining tashkil topishi va ularning somoniylarga karashli viloyatlarni bosib 
olishi. Qoraxoniylar davlatidagi boshqaruv usuli na ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi, uning ichki va tashqi siyosati. Saljukiylar 
davlatining yuksalishi. Xorazmshoxlar davlatining yuksalishi. Xorazmshohlar 
davlatining boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. IX-XII asrlarda moddiy va 
ma’naviy madaniyatning yuksalishini ta’minlagan shart-sharoitlar.
IX-XII asrlarda ilm-fan ravnaki. Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Farobiy, 
Narshaxiy, Ibn Sino, Beruniy, Rudakiy va boshqa buyuk ajdodlarimiz ijodi. Islom 
dinining davlat tayanchiga aylanishi. IX-XII asrlarda turkiy va forsiy adabiyot. IX-
XII asrlarda moddiy madaniyat. IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo tarixida tasavvuf 
ta’limoti va uning o‘rni.
Mugullar hujumi arafasida xorazmshoxdar davlatidagi vaziyat. Chingizxon 
(Temuchin)ning mug‘ullarni birlashtirib kuchli davlat tuzishi. Chingizxon va 
Muhhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi elchilik munosabatlari. Utror fojiasi va 
mugullarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari. Temur Malik va Jaloliddin 
Manguberdi jasorati. Mugullarning Buxoro va Samarkandni bosib olishi. Urganch 
qamali. Xorazmshoh qo‘shinlarining maglubiyati, uning sabablari. Mug‘ullar 
istilosining dahshatli okibatlari. Chigatoy ulusining tashkil topishi va undagi 
boshqaruv tartibi. Mahmud Tarobiy kuzgoloni, uning tarixiy ahamiyati. 
Kebekxonning ma’muriy va pul islohotlari. Chigatoy ulusining parokandalikka 
uchrashi. Chigatoy ulusida madaniy hayot, XIV asr o‘rtalarida Movarounnahrdagi 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
Amir Temo‘rning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Amir Temur 
hokimiyatining urnatilishi. Samarkand - Temur davlatining poytaxti. Amir 
Temo‘rning harbiy yurishlari. Qo‘shinning tuzilishi, Amir Temur - buyuk davlat 


arbobi, mashxur sarkarda. «Temur tuzuklari» va uning ahhamiyati. Amir Temur 
davrida saltanatni boshqarish tizimi. Amir Temur vafotidan keyin imperiyaning 
parchalanishi. Temuriylar davrida xo‘jalik va madaniy hayot. Movarounnahrda 
Ulug‘bek hukmronligi. Bu davrda Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatining oshib 
borishi. Soliq siyosati, tovar – pul munosabatlari. Ulug‘bek akademiyasi, XV 
asrning ikkinchi yarmida temuriylar o‘rtasidagi ichki kurashlarning avj olishi. 
Alisher Navoiyning siyosiy va adabiy faoliyati. Temuriylar xokimiyatining 
inqirozga yuz tutishi, uning sabablari.
Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishlari va shayboniylar 
sulolasi hokimiyatining urnatilishi. Bobur buyuk davlat arbobi va uning olim 
sifatida jahon tarixidagi to‘tgan o‘rni. «Boburnoma» asari. Shayboniylar davlatida 
boshqaruv tizimi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Buxora xoni 
Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markazlashgan kuchli hokimiyatni 
tiklash uchun olib borgan urushlari, uning pul islohotlari, yer – suv munosatlari, 
suvni tejash to‘g‘risidagi qonunlari.
Buxoro xonligining tashkil topishi. Buxoro xonligi - Ashtarxoniylar sulolasi 
davrida. Mangitlar davrida Buxoro amirligining ijtimoiy va davlat tuzumi, yer – 
suv munosabatlari, soliq siyosati, sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari. 
Madaniy hayot. Xiva xonligining tashkil topishi va undagi ijtimoiy- iqtisodiy, 
madaniy hayot. Xiva xonligining Rossiya bilan aloqaalari. Qo‘qon xonligining 
tashkil topishi. Qo‘qon xonligining ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. 
O‘zbek xonliklarining ilg‘or Yevropa mamlakatlaridan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
va texnika jihatidan orqada qolishi, uning sabablari. O‘zbek xonliklaridagi siyosiy 
parokandalik, o‘zaro nizo va besamar urushlar. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek 
xonliklarining ijtimoiy siyosiy ahvoli va o‘zaro munosabatlari.
O‘rta Osiyo masalasida Angliya bilan Rossiya o‘rtasida raqobat. Chorizmning 
Markaziy Osiyoni bosib olish uchun harbiy yurishlari. Kaufmanning Buxoroga 
yurishi Samarqandning zabt etilishi. Kaufmanning Xiva xonligiga bosqinchilik 
yurishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya vasallariga aylantirilishi. 
Chor Rossiyasi tomonidan Kuqon xonligining bosib olinishi va tugatilishi. 
Chorizmning ulkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Mustamlakachilik boshqaruv 
tizimining urnatilishi. Chorizmning Turkistonda iqtisodiy hukmronlikni urnatish 
tadbirlari, temiryo‘llar qurilishi va undan ko‘zlangan maqsad. Chorizmning 
Turkistonda mustamlakachilikni kuchaytirishiga karatilgan madaniy va ma’rifiy 
siyosati. Turkiston xalklarining chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi 
milliy ozodlik harakatining boshlanishi, uning bosqichlari. 
XX asr boshlarida Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Turkistonda jadidlar 
hharakatining yuzaga kelishi, uning bosqichlari, atoqli rahbarlari, M. Behbudiy, 
Cho‘lpon, Usmon Nosir, Fitrat va ularning g‘oyalari, jadid maktablarining 
ochilishi, rus – tuzem maktablari, xayriya jamg‘armalari, teatrlar, “Padarkush” 
dramasi. Birinchi jahhon urushining ulka hayotiga salbiy ta’siri. 1916 yilgi xalq 
qo‘zg‘oloni va uning xususiyati.
Rossiyada 1917 yil fevral burjua - demokratik inqilobi, uning ulkamizga 
ta’siri. «Shuroi Islomiya», «Shuroi Ulamo» tashkilotlarining tuzilishi va ularning 


faoliyati. Turkistonda Ishchi va Askar deputatlari soveti va musulmon 
mehnatkashlari shurosining tuzilishi. Turkistonda sovetlar hokimiyatining 
urnatilishi. O‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi. Turkiston 
muxtoriyatining tashkil etilishi. Sovetlar hokimiyatining iqtisodiy tadbirlari va 
uning oqibatlari. Farg‘ona vodiysida qarshilik kursatish harakatining boshlanishi, 
uning mohhiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, boskichlari.
Turkiston ASSRning tuzilishi. «Harbiy kommunizm» siyosati. 1917-1920 
yillarda Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyat. Xiva xonligining 
agdarilishi. Xorazm xalk Sovet respublikasining tuzilishi. 1917-1920 yillarda 
Buxoro amirligi da ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy ahvol. Kizil armiyaning Buxoroga 
hujumi. «Buxoro Xalq Sovet respublikasi»ning tashkil topishi. Buxoro va Xivada 
Sovetlar istibdodiga qarshi kurolli harakat. XX asrning 20- yillarida ijtimoiy-
siyosiy 
va 
iqtisodiy 
vaziyat. 
O‘zbekiston SSRning tashkil topishi. 
Qoraqalpog‘iston muxtor jumhuriyatining tashkil topishi. O‘zbekistonda 
sanoatlashtirishi siyosati. Paxta mustaqilligiga erishish uchun kurash va uning 
okibatlari. qishloq xujaligini jamoalashtirish siyosati va uning og‘ir okibatlari. 
Kuloqlashtirish siyosati va uning mudhish natijalari. XX asrning 50-60 yillarida 
suv inshootlarining kurilishi va bunda o‘zbek xalqining mehnat jasorati.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti. 
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini boshqarish sohasidagi 
xatolar. XX asrning 50-70 yillarida utkazilgan iqtisodiy islohotlar, ularning 
samarasizligi. XX asrning 70-80 yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tangliklar 
va nuqsonlar. Paxta yakka hokimligining okibatlari ekologik holatning buzilishi. 
Orol fojeasi. XX asrning 50-80 yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy hayot. Madaniy 
inqilob tushunchasi, uning mohiyati.
XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistonda madaniy hayot. «Hujum» harakati 
va uning moxiyati. XX asrning 40-80 yillarda respublikaning madaniy hayoti. 
Ikkinchi jahon urushidan sung Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy axvoli. 
SSSRda ma’muriy-buyrukbozlik, totalitar tuzumining karor topishi. Siyosiy 
katagon, uning boskichlari va og‘ir okibatlari. Mustabid sovet tuzumi tomonidan 
o‘zbek ziyolilarining kuvgin etilishi. Stalin vafotidan keyin shaxsga siginish 
okibatlarini tugatish sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar, uning 
barbod bo‘lishi.
Ikkinchi jaxon urushining boshlanishi. O‘zbekistonning urush girdobiga 
tortilishi. O‘zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining fashizmga qarshi urushga 
safarbar etilishi. SSSRning g‘arbiy viloyatlaridan sanoat korxonalari, o‘quv va ilm 
maskanlari, madaniyat muassasalarini, kochoklarning kuchirib keltirilishi. Urush 
yillarida O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi. Urush yillarida O‘zbekiston fan 
va madaniyati. O‘zbekistonlik jangchilarning frontda kursatgan jasoratlari. Urush 
yillarida qrim- tatarlar, mesxiti turklari, chechenlar, korachoylar va boshqa 
xalslarning o‘z vatanidan badarga qilinishi. Fashizmni tor-mor etishda 
O‘zbekistonning munosib o‘rni. O‘zbekistonda Xotira va Qadrlash kuni, uning 
mohiyati va ahamiyati.


XX asrning 80-yillari o‘rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi, mamlakat 
iqtisodiyotining ekstensiv rivojlanishi, suv inshootlarining qurilishi, paxta 
maydonlarining ko‘payishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi, ekologik 
vaziyatning yomonlashuvi, Orol fojeasi. «Qayta qurish» konsepsiyasining 
cheklanganligi, qiyinchiliklari va ziddiyatlari. «Qayta qurish» yillarida 
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy xayot. «Qayta qurish» yillarida iqtisodiyotni isloh 
qilinishining muvaffakiyatsizlikka uchrashi, uning sabablari. O‘zbekistonda 
Prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili 
haqida»gi konunnini kabul qilinishi. 1991 yil avgust vokealari, SSSRning 
tanazzulga yuz tutishi. 
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash
komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk 
shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari. 
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o’qitishdagi nazariy-
konseptual yondashuv va ilg’or innovasiyalar. 
XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan 
qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush 
tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqyealari. 1989 yil o’rtalarida 
respublika 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi 
o’zgarishlar. 
Milliy 
manfaatlar 
ustuvorligining o’sib borishi. I.Karimov – O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. 
Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqyealari. 
GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. 
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 
O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. 
Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-
harakatlar. 
Mustaqil 
O’zbekiston 
davlatining 
yuzaga 
kelishi 
va 
mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari. 
Mustaqil 
taraqqiyotning 
dastlabki 
bosqichidagi 
muammolar. 
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi. Taraqqiyotning “O’zbek 
modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy 
rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li. O’zbekistonning iqtisodiy 
mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik – me’yoriy-
huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning 
tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. 
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar 
bo’linishi prinsipi. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va 
uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O’zbekistonda 
parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi 
o’zgarishlar. O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, 
ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O’z-o’zini 


boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi 
o’rni. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya 
qilish. 
 
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. O’zbekiston Respublikasida 
bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va 
xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. 
Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor 
infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo’jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va 
yo’nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish 
sabablari, oqibatlari va uni O’zbekistonda bartaraf etish yo’llari. Mamlakat 
iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini 
mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib 
borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport 
muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, 
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid 
davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy 
himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 
O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
nisbatan 
murosasiz 
munosabatni 
shakllantirish.
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol g’oyasi va 
mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta 
tiklanishi. 
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi 
va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaharlar (Buxoro, 
Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining 
xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining “Islom madaniyati 
poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san’at sohasining 
rivojlanishi. Xalqaro ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi. Milliy sport turlarining 
rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni 
ta’minlashdagi o’rni. O’zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi 
barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim 
va tarbiyaning o’rni va roli. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga 
oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, 


rivojlanishi va sohadagi muammolar. O’zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash 
sohasidagi o’zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda 
belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi: 
yutuqlar va kamchiliklar.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligi 
sohasidagi 
o’zgarishlar. 
Ma’naviy-madaniy 
sohadagi 
yangilanishlar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni 
yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati 
tomonidan tan olinishi. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar 
bilan 
iqtisodiy-siyosiy 
aloqalarining 
yo’lga 
qo’yilishi. 
O’zbekiston 
Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi va jahon hamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni. 
O’zbekistonning MDHdagi o’rni va mavqyeining oshib borishi. O’zbekistonning 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari. O’zbekistonning 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat 
konsepsiyasi. 
O’zbekiston 
tashqi 
siyosatida 
Rossiya, 
AQSh, 
Xitoy 
mamlakatlarining o’rni.
O’zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni. O’zbekistonning 
mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam 
savdosiga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasining faolligi. O’zbekistonning 
ShHT bilan aloqalari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar 
Hamdo’stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining 
imzolanishi. O’zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. 
O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib 
borgan siyosati. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni 
ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. 
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
 
strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga 
joriy etilishi va uning ahamiyati.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo’nalishlar: 

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor 
yo’nalishlari;

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishning ustuvor yo’nalishlari; 

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari; 

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari; 

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash 
hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 
ustuvor yo’nalishlar. 



Yüklə 434,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin