Magistraturaga kirish imtihoni uchun mutaxassislik fanlaridan sinov dasturi va abiturientlarning bilimlarini baholash mezoni



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix25.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#85551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
0Tuproqshunoslik 2021 (1)

 
Аsosiy qism 
“Tuproqshunoslik” fani bo„yicha 
“Tuproqshunoslik” fanining maqsadi, vazifalari, predmeti, obyekti va o„rganish 
uslublari. “Tuproqshunoslik” fanining rivojlanish tarixi. “Tuproqshunoslik” fanining 
ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog„liqligi. Geosfera tizimida tuproqning o„rni. 
Tuproq paydo bo„lishida turli jarayonlar va omillarning roli. Nurash 
jarayonlarining turlari va ularning hosil bo„lishi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar, ularning 
kelib chiqishi. Tuproq hosil qiluvchi tog„ jinslarining tuproq xossalariga va tarkibiga 
taʼsiri. Katta geologik va kichik biologik doira bo„ylab aylanayotgan moddalarning 
tuproq hosil bo„lishidagi roli. Tuproq hosil bo„lishiga taʼsir etuvchi omillar. Iqlimning 
tuproq hosil bo„lishidagi roli. Tuproq hosil bo„lishining biologik omillari. Relyefning 
tuproq hosil bo„lishiga taʼsiri. Relyef tiplari va ularning tarqalish qonuniyatlari. Ona 
jinsning tuproq hosil bo„lishidagi roli. Tuproqning yoshi. Tuproq hosil bo„lishiga 
insonning taʼsiri. Tuproq morfologiyasi, tarkibi va xossalari. Tuproqning morfologik 
tuzilishi: rangi, holati, mexanik tarkibi, donadorligi, g„ovakligi, yangi yaralmalar va 
qo„shilmalar. Tuproq ko„p fazali polidispers sistema. Tuproqning mineralogik va 
kimyoviy tarkibi. Birlamchi va ikkilamchi minerallar hosil bo„lishi, tuzilishi, tarkibi. 
Kimyoviy moddalarning tuproqda hosil bo„lish manbalari, tuproqda elementlarning 
profil bo„yicha tarqalishi, makro va mikroelementlar, organik moddalar.
Tuproqning singdirish qobiliyati va fizik-kimyoviy xossalari. Tuproq singdirish 
sig„imining turlari, tabiati. Kolloidlar tuzilishi. Tuproqning fizik–mexanik xossalari va 
ekologik holatiga taʼsiri. Tuproq tarkibidagi suv va kategoriyalari. Suv turlarining 
tuproq namligini oshirishda va o„simliklarni oziqlantirishdagi ahamiyati. 


Tuproq unumdorligi. Tuproqning tabiiy va sunʼiy unumdorligi. Tuproq 
unumdorligining kategoriyalari va turlarining shakllanishi. Unumdorlikni saqlash, 
tiklash, oshirish muhofaza qilish choralari. Tuproq radioaktivligi. Tabiiy va sunʼiy 
radioaktivlik. Tuproqdagi radioaktiv elementlar, ularning manbalari. Tuproq profilida 
tarqalishi, xossalari va ahamiyati. Tuproq tasnifi. Tuproq tasnifi, tiplari. АQSh, 
Yevropa, Osiyo qitʼalari, BMT va YUNESKO tashkilotlarida ishlab chiqilgan tasniflar.
Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari. Kam rivojlangan, yupqa qatlamli 
va chimli tuproqlar. Morfologik tuzilishi, xossalari, tarkibi va foydalanishi. Аrktika va 
subarktika tundrasining tuproqlari. Morfologik tuzilishi, xossalari, tarkibi va 
foydalanishi. Tayga o„rmon mintaqasining tuproqlari. Morfologik tuzilishi, xossalari, 
tarkibi va foydalanishi. Botqoq tuproqlar. Morfologik tuzilishi, xossalari, tarkibi va 
foydalanishi. O„rmon dasht va dasht zonasining tuproqlari. Cho„l zonasining tuproqlari. 
Morfologik tuzilishi, xossalari, tarkibi va foydalanishi. Daryo sohillari va deltalaridagi 
o„tloqi, o„tloq-botqoq va sho„rlangan gidromorf tuproqlar. Morfologik tuzilishi, 
xossalari, tarkibi va foydalanishi. Tog„ oldi cho„l-dasht zonasining bo„z tuproqlari. 
Morfologik tuzilishi, xossalari, tarkibi va foydalanishi. Tog„ tuproqlari. Morfologik 
tuzilishi, xossalari, tarkibi va foydalanishi. Аntropogen tuproqlar. Morfologik tuzilishi, 
xossalari, tarkibi va foydalanishi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin