Magistraturaga kirish imtihoni uchun mutaxassislik fanlaridan sinov dasturi va abiturientlarning bilimlarini baholash mezoni



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix25.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#85551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
0Tuproqshunoslik 2021 (1)

“Tuproq kimyosi” fani bo„yicha 
Kirish. Tuproq kimyosining predmeti, mazmuni va yo„nalishlari, muammolari, 
nurash va tuproq hosil bo„lishi, tuproq va hayotning rivojlanishi, atrof muhit va hayotda 
tuproqning roli, tuproq kimyosining rivojlanish tarixi. Tuproq kimyosining tuproqlar 
klassifikatsiyasi, diagnostikasi, genezisi va melioratsiyasi masalalarini yechishdagi roli.
Tuproqning element va faza tarkibi. Tuproqning element va faza tarkibi, asosiy 
ionlar, suv va suvda eriydigan moddalar, oksidlanish va qaytarilish jarayonlari
sug„orish suvlarining tarkibi. Tuproqdagi muhim elementlar tavsifi, migratsiyasi, mikro, 
makroelementlar, biogen va pedomorf elementlar. Tuproq mineralogiyasi. Birlamchi va 
ikkilamchi minerallar ularning xossa va xususiyatlari. Tuproqdagi ishqoriy va ishqoriy 
yer metallari. Tuproqdagi ishqoriy va ishqoriy yer metallarining birikmalari. Tuproqda 
D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi 1 guruh elementlari. Natriy, kaliy, kalsiy va 
magniy birikmalari. Tuproq eritmasi. Suvda oson eruvchi anion va kationlar. Suv va 
eritma, tuproq muhiti. Tuproq eritmasini ajratib olish usullari. Tuproq kolloidlari va 
ularning ion almashinish xususiyati. Singdirish sig„imi va kation va anionlarning 
almashinishi. Kolloidlarning tuzilishi, singdirish sig„imi, singdirish turlari. Kation 
almashinuvi va adsorbsiya. Tuproqda adsorbsiya jarayonlari. Koogulyatsiya va 
peptizatsiya jarayonlar. Tuproqdagi alyuminiy, kremniy birikmalari. Аlyumosilikatlar, 
tuproqdagi loyli kaliyli birikmalar. Tuproq jarayonlarida oziq elementlar, oltingugurt, 
temir va marganes birikmalari. Ularning shakllari, birikmalari va taqsimlanishi. 
Tuproqdagi organik moddalar. Uglerodli birikmalar ularning tuproqdagi roli, guruhlari 
va vazifalari. Uglerodli birikmalarning tuproqdagi akkumulyatsiya shakllari. Organik 
moddalarning kimyoviy tarkibi va xossalari. Gumusning guruhiy va fraksion tarkibi. 
Organik moddalarning tuproqdagi roli va ularni o„rganish usullari. Tuproqning gumusli 
holati. Tuproqlar muhofazasi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin