Respublikamizda Tibbiyot markazlari faoliyatini raqamlashtirish zaruriyati
Tadbir doirasida IT-texnologiyalardan foydalangan holda davolash jarayonining yangi darajasi, tibbiy ta'limni raqamlashtirish, tibbiyotda sun'iy intellekt, teletibbiyot, tibbiyotdagi robotlar tashkil etildi. Bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan diagnostika va davolash texnologiyalarini, shu jumladan raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalanilgan holda bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Prezidentning 10.12.2013 yildagi Koreya Respublikasi hamkorligida va iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasining moliyaviy hamkorlikdagi «Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tuzish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2082-son qaroriga muvofiq bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan 280 o‘rinli bino va inshootlar qurib bitkazildi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
pediatriyaning barcha yo‘nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya kabi sohalarni rivojlantirish;
respublika va hududiy tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini pediatriyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirish, ixtisoslashtirish, shu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etish;
pediatriyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiyot sohasidagi ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ishtirok etish;
bolalar kasalliklari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xorijiy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari, klinikalar va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlar va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va mazkur xizmatlar eksporti hajmini oshirish.
Markaz viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, shuningdek tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bolalar bo‘limi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta'minlaydi.
2020-2022 yillarda bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
bolalarga yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
telemeditsina va boshqa ilg‘or yuqori raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda, bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish;
bolalarga yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Mamlakatimizda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi bo‘lib, ularning faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. 423 ta birlamchi tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulangan. Lekin yangicha ishlash uchun hamma joyda ham sharoit zo‘r emas. Ayrim tibbiyot muassasalarida kompyuter yetishmaydi. Sohani raqamlashtirish uchun bu yil byudjetdan 28 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar sust kechmoqda. Shu bois, viloyat tibbiyot boshqarmalarida raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tashkil etilishi belgilandi. Sohada raqamlashtirish koʻlami yana-da kengaytiriladi, barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni koʻpaytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga oʻtkazish choralari koʻriladi.
Respublika markazidagi malakali shifokorlar va dunyo tibbiyot muassasalaridagi mutaxassislar bilan real vaqt oraligʻida bogʻlanib, onlayn koʻrikdan oʻtish, terapevtik davo maslahatlarini olish imkonini beradi. Yaʼni, bemor bilan shifokor oʻrtasidagi masofa ahamiyatli boʻlmaydi. Respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hududlardagi filiallari bilan telemeditsina tizimi orqali onlayn maslahatlashishlarni yoʻlga qoʻyishi mumkin boʻladi. Tashxis bamaslahat qoʻyilsa, bemorni toʻgʻri va samarali davolash imkoniyatlari oshadi. Natijada bemorlar tezroq sogʻlom hayotga qaytadi.
Aholining katta qismi ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishga iqtisodiy-moliyaviy imkoniyat topolmaydi. Telemeditsina tizimida onlayn maslahatlashish yoʻlga qoʻyilishi natijasida yetuk shifokorlar, professorlar bilan onlayn muloqotda boʻlishga sharoit yaratiladi. Bu ham bemorning, ham mutaxassis-shifokorlarning vaqtini, shu bilan birga, mablagʻni tejashga xizmat qiladi. Shu jihatdan qaraganda, pandemiya davrida tibbiyot bir pogʻona yuqoriga koʻtarildi, desak boʻladi. Bu boradagi tajribani, amaliy koʻnikmalarni yana-da rivojlantirish boʻyicha sogʻliqni saqlash tizimida aniq strategiya ishlab chiqilishi zarur, deb oʻylayman. Qaysi hududda, qaysi tuman-shaharda, qaysi muassasalarda qaysi yoʻnalishlar boʻyicha qachondan onlayn maslahatlar oʻtkazilishi haqida rejani belgilab, ularning amalga oshish jarayonlaridan boxabar boʻlib, bu haqda saylovchilarning xabardorlik darajasini oʻrganib borishimiz zarur. Chunki tibbiy xizmatning bu yoʻnalishi rivojlanishini unchalik istamaydigan mutasaddilar ham chiqib qolishi mumkin. Innovatsion telemeditsina izchil yoʻlga qoʻyilsa, aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilgʻor tibbiy xizmatlardan bahramand boʻlishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |