Magistrlik dissertatsiyasi


Tibbiyot sohasini avtomatlashtiruvchi mobil ilovaning rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 47,14 Kb.
səhifə7/8
tarix07.02.2023
ölçüsü47,14 Kb.
#83219
1   2   3   4   5   6   7   8
Dissertatsiya mavzusi himoya Отабек

Tibbiyot sohasini avtomatlashtiruvchi mobil ilovaning rivojlanish tendensiyalari.

Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Xuddi shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha o’z fikrlarini aytib o’tdi. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida 1, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining joriy qilinishi yosh avlodning intellektual rivojlanishi hamda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy modernizasiya qilishning asosiy faktori va muhim sharti hisoblanadi. Respublikamizda mustaqillik yillarida ta’lim tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda ulkan natijalarga erishildi.
_________________________

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli farmoni

Mamlakatimizni jahon axborot makoni bilan integrasiyasiga yo‘naltirilgan axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq belgilab qo‘yilgan. 2013-yil 13-martda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish Konsepsiyasi” qabul qilindi va unga ko‘ra ta’lim jarayonida AKTni qo‘llashning yangi kuch bilan rivojlanishiga zamin bo‘ldi.
Medscape – tibbiyot xodimlari va talabalari uchun tibbiy maʻlumotlar ulashuvchi platforma. Shuningdek, Medscape tibbiyot xodimlari bilimlarini doimiy boyitib borishni ham maqsad qilgan. Medscape ilovasida dorilar, soʻnggi yoʻriqnomalar, kasalliklar, protseduralar, vaziyatlar va savollar, diagnostika, kalkulyatorlar, dori aniqlagich, dorilar taʼsiri, soʻnggi yangiliklar boʻlimlari mavjud. Platformadan onlayn yoki mobil ilovada offline yuklab olib foydalanish mumkin. Ilova ingliz tilida va undan foydalanish bepul. Aynan shu turdagi rus tilidagi ilova sifatida Справочник врача ni keltirishim mumkin. Medscape ilovasiga raqobatdosh va qaysidir jihatlari bilan undan yaxshiroq platformalar mavjud. Lekin, ular pullik ilovalar boʻlib, muddatli obuna boʻlishni talab qiladi. Misol sifatida Uptodate, DynaMedPlus va Epocratesni keltirishim mumkin.

Yüklə 47,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin