Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Shaxslararo 
munosabatlar 
Odamlar guruhida muloqot jarayonida ularning o‘zaro 
munosabatlari natijasi sifatida yuzaga keladigan ijtimoiy 
hodisa turi. 
Psixologik 
himoya 
mexanizmlari 
Shaxsning yaxlitligiga tahdid solishi ehtimol bo‘lgan, uni xavf 
ostida qoldirishi mumkin bo‘lgan nizolar bilan bog‘liq, salbiy 
kechinmalar ta’sirini minimallashtirishga yo‘naltirilgan 
mexanizmlar tizimi.
Motiv 
(lot. 
moveo
- harakatlantiraman); ma’lum bir ehtiyojni 
qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, faoliyatga undovchi kuch. M. 
odamni faoliyatga undaydi va uning faoliyatiga mazmun, 
anglanganlik beradi. Odamni muayyan xatti-harakatlarga 
undaydigan bosh sabab. Odamni faoliyatga unodovchi 
asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin ehtiyoj turiga 


205
qarab M. ham har xil bo‘ladi. Psixologiyada M. ikki katta 
kategoriyaga bo‘linadi, bular tabiiy motivlar va yuksak 
moddiy hamda ma’naviy motivlar. M.lar ularning mazmunini 
aks ettirish shakliga qarab ham bir-biridan farq qiladi: 
hissiyot, tasavvur, fikr, tushuncha, g‘oya, ma’naviy, ideal va 
boshqa motivlar. 
Motivatsion 
holat 
Shunday holatki – bunda, miya ehtiyojlarni qondirish uchun 
zarur bo‘lgan ob’ektlarning parametrlarini modellashtiradi va 
talab qilinadigan ob’ektga ega bo‘lish bo‘yicha amalga 
oshiriladigan faoliyat sxemasini tuzadi. Odamning 
motivatsion holatlariga:
ustanovkalar, qiziqishlar, xohish, 
istak, intilish 
va
 ishtiyoqlar 
kiradi. 
Motivatsiya 
1. Shaxsning nima uchun ma’lum vaqtda boshqa fikr va 
harakatlarni emas, faqat aynan shu fikrni bildirishga va 
harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab berishi, 
tushuntirib berishidan iborat mantiqiy operatsiya; 2. M. 
organizmning yo‘naltirilgan faolligini yuzaga keltiruvchi 
(chaqiruvchi), ehtiyoj bilan shartlangan ma’lum bir nerv 
tuzilishi (funksional sistema)ning qo‘zg‘alishi. Odamni faol 
faoliyatga undovchi motivlar majmui. M. dolzarblashgan 
ehtiyoj bilan shartlangan holda ayrim nerv tizimlarining 
(funksional tizimlarning) qo‘zg‘alishi. 
Muloqot 
Ikki va undan ortiq odamlarning o‘zaro munosabati. M.da 
odamlar o‘rtasida bilish yoki affektiv yo‘naltiruvchanlik 
xarakteriga ega bo‘lgan ma’lumot almashinuvi amalga 
oshadi. 2. M. odamlarning ijtimoiy tajriba, madaniy merosni 
uzatish va hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish 
maqsadida belgilar tizimi vositasida ijtimoiy o‘zaro 
munasabatlarga kirishishidir. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin