208
targ‘ibot
tajribalarini keng yoyish. P.t. ilmiy tekshirish
institutlarining
xodimlari, universitet va pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi
pedagogika va psixologiya kafedralarining o‘qituvchilari,
tajribali maktab o‘qituvchilari tomonidan tashkil qilinadi.
P.t.ning shakl va usullari xilma-xildir: ma’ruzalar, suhbatlar,
maslahatlar, muno-zaralar, savol-javob kechalari, psixologik
tajribalar o‘tkazish va hokazo.
Psixologik tahlil
Inson psixik faoliyatining psixologik shart-sharoitlari va
tarkibini ochib berishdan iborat ilmiy-tekshirish usullaridan
biri. P.t.ning vazifasi faoliyatning psixologik komponentlarini
aniqlash, kishini faoliyatga undashda turli psixik jarayon va
xususiyatlarning roli, faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladigan
psixik xususiyatlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
Psixologiya
(Yunon.
psyche
– jon,
logos
- ilm); miyaning ob’ektiv
voqelikni aks ettiruvchi funksiyasi bo‘lgan psixika haqidagi
fan. P. psixikaning yuzaga kelish mexanizmlari va umumiy
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Oila
psixologiyasi
Psixologiya, ijtimoiy psixologiya fanlarining alohida sohasi.
O.p.ning
maqsadi
- oila psixologiyasiga oid eng muhim
bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar va
ko‘nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlashdir; premeti - oilaning ijtimoiy va etnopsixologik
xususiyatlari;
vazifalari
quyidagilardan iborat: yoshlarda
oilada shaxsning shakllanishidagi roli haqida to‘laqonli
tasavvurni shakl-lantirish; yoshlarni oilaning ijtimoiy tarixiy
kelib chiqishi va yuzaga kelgandan so‘ng oilaviy hayot
davomida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan
bilimlar bilan tanishtirish; yoshlarda oilaviy hayotda
muqarrar
ravishda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, muammolar,
qonuniyatlar haqidagi ilmiy asoslangan to‘laqonli tasavvurni
209
shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash; yoshlarni
oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv
tus berishga, destruktiv yo‘nalishdagilaridan esa saqlanishga
o‘rgatish; yoshlarda oilaviy hayotni o‘ziga xos xususiyatlarini
ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan
psixologik jihatdan oqilona (oilaga va uning mustahkamligiga
salbiy ta’sir etmagan holda) chiqish imkonini beruvchi
malakalarni shakllantirish; yoshlarda o‘zlariga turmush
o‘rtog‘ini to‘g‘ri tanlash malakalarini shakllantirish; yoshlarni
oiladagi muloqotga tayyorlash; yoshlarni oilani
rejalashtirishga o‘rgatish; yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy
asosda tayyorlash; yoshlarda
oilaning mustahkamligini
ta’minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish; o‘quvchilarda
oilani o‘rganuvchi psixologik tashxis metodikalari bilan
ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to‘g‘ri talqin
etish malakalarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: