211
Stress
Zo‘riqish, kuchlanish, lot.
strees
– zo‘riqish); 1.
organizmning jismoniy va psixik shikast yetkazishi mumkin
bo‘lgan ta’sirlarga nisbatan bildiradigan adaptatsion - himoya
munosabatlari majmui; 2. zo‘riqish holati - odam organizmiga
ta’sir etayotgan turli noxush omillar ta’siriga javoban yuzaga
keladigan fiziologik himoya munosabatlari majmui. Kuchli
ta’sir ostida yuzaga keluvchi zo‘riqish holati.
Suitsid
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish, ongli
ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilishdir.
Ustanovka
Organizmning ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishga
anglanmagan holda tayyorlik holati. U. odamning o‘zini o‘rab
turgan odamlar yoki ob’ektlarni ma’lum darajada idrok qilish,
baholash va ular bilan munosabatda bo‘lishga anglanmagan
holda tayyorlik holati. U. shaxsning muayyan faoliyatni
(idrok, tafakkur, maqsadga muvofiq harakatlar va hokazo)
bajarishga qaratilgan, avvalgi tajribasi bilan belgilangan
tayyorgarligi; kishining uni muayyan tarzda harakatga
undovchi tayyorgarlik shakli. Tayyorgarlikda idrok yoki
harakatning ustunligiga qarab, U. sensor va motor
ustanovkalarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: