207
Psixik
ta’sirlanish
Shaxslararo aloqaning psixofiziologik darajasida ko‘tarinki
hissiy holatlarni bir individdan boshqasiga tarqalishi, xulqni
o‘zini-o‘zi mustahkamlashining ortib borishi bilan
xarakterlanadigan psixik hodisa. P.t. psixik zo‘riqish
sharoitida ko‘tarinki emotsional holatlarni bir individdan
boshqasiga o‘tkazilishi jarayoni, sirkulyar o‘sib boruvchi
ommaviy emotsional qo‘zg‘alish holati. Psixik ta’sirlanish
odamlarning psixik o‘zaro munosabatlarining diffuz, ong osti
shaklidir.
Psixik
charchash
Psixik funksiyalarning haddan tashqari kuchli yoki muttasil
ishlashi natijasida, ular ish qobiliyatining
vaqtincha qisman
yo‘qolishidir. P.ch. ko‘pincha aqliy mehnat vakillarida
uchraydi, uning oldini olish uchun me’yorida ovqatlanish,
me’yorida ishlash va me’yorida dam olish kerak. P.ch.
markaziy nerv sistemasiga bevosita bog‘liqdir.
Psixoanaliz
(
yunon
.
psyche
–
ruh va
analysis
-
bo‘lib-bo‘lib yubormoq,
ajratmoq, ajratish, parchalash
);
XIX
asrning oxirlarida
Z.Freyd tomonidan asos solingan psixologik yo‘nalish. Isterik
nevrozlarni davolash va o‘rganish metodidan kelib chiqqan.
Keyinchalik umumpsixologik nazariya yaratilgan. Bu
nazariyaga ko‘ra, ruhiy hayotni rivojlantiruvchi kuchi diqqat
markazida motivlar, mayllar, mazmunlar bo‘lgan. Psixikaning
tuzilishli sxemasi ishlab chiqilgan, unda uch bosqich:
Dostları ilə paylaş: