Mahbub ul qulub


Bitiruv ishining ob'yekti



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix30.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#135580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bitiruv ishining ob'yekti. Ushbu bitiruv ishini yozishda Alisher Navoiyning 
turli yillarda chop etilgan "Mahbub ul-qulub" asari, ayniqsa, mukammal deb 
hisoblanayotgan 10 jildlikning 9-jildiga (Alisher Navoiy. Mukammal asarlar 
to„plami. O„n jildlik. 9-jild. Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi, 2011 ) suyanildi.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi va uslubi. Bitiruv ishining 
metodologik asosini istiqlol mafkurasining nazariy masalalari aks etgan Prezident 
Islom Karimovning asarlari tashkil etadi. Bitiruv ishini yozishda navoiyshunos 
olimlar A.Hayitmetov, A.Qayumov, A.Abdug'afurov, R.Vohidov, I.Haqqul, 
N.Komilov, 
H.Homidiy, 
Sultonmurod 
Olim 
kabilarning 
ilmiy-nazariy 
tatqiqotlaridan foydalanildi. 
Btiruv ishining ilmiy yangiligi. Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asaridagi 
hikoyatlar, ularning mavzularini aniqlash, mavzu jihatidan tasnif qilish, yangicha 
qarashlar asosida tahlil qilish, obrazlarga e'tibor qaratish, ularning o„ziga xos 
tomonlarini yoritish, hikoyatlarning badiiyati, ularda badiiy san'atlarni qo„llashda 
Navoiyning badiiy mahoratini ko„rsatish bitiruv ishining ilmiy yangiligini tashkil 
etadi. 
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv ishida 
Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asaridagi o„n uchta hikoyat, ularning hajmi
mavzulari aniqlandi va tahlil qilindi. Bu narsa shoirning boshqa asarlaridagi 
hikoyatlarni ham ana shunday o„rganishga turtki, yo„llanma beradi. Ushbu bitiruv 
ishidan kurs ishi, referat, bitiruv malakaviy ishlari yozishda, seminar, amaliy 
mashg„ulotlarga tayyorlanishda foydalanish mumkin. 
Bitiruv ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan iborat. 


13 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin