Mahbub ul qulub



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix30.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#135580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II BOB. ASARDAGI HIKOYALAR VA ULARNING MAVZULARI, 
OBRAZLARI, BADIIYATI 
Mazkur bitiruv malakaviy ishida asosiy e‟tibor “Mahbub ul-qulub” dagi 
hikoyatlar va ularning g„oyaviy mohiyatiga qaratilgan. Hikoyatlar asosan ikkinchi 
qismda alohida sharhlar bilan berilgan. Asarda o„n uchta hikoyat keltirilgan 
bo„lib,ikkinchi qismda o„n bitta, uchinchi qismda ikkita hikoyat bor. 
Birinchi hikoyat-Shayx Abdulloh Muborak haqida. 
Ikkinchi hikoyat-Mavlono Shamsuddin Muiddi Ucha haqida. 


30 
Uchinchi hikoyat-Shayx Ibrohim Sitnabah haqida. 
To„rtinchi hikoyat-Shayx Shoh Ziyoratgohiy haqida. 
Beshinchi hikoyat-Sabr xususida. 
Oltinchi hikoyat-Muqbil va Mudbir haqida. 
Yettinchi hikoyat-Xoja Abdulloh Ansoriy haqida. 
Sakkizinchi hikoyat-Tavajjuh xususida. 
To„qqizinchi hikoyat-Ali ibni Abu Tolib haqida. 
O„ninchi hikoyat-Majnun va layli ishqi haqida. 
O„n birinchi hikoyat-Shayx Abu Said Xarroz haqida. 
O„n ikinchi hikoyat-Sayx Boyazid Bistomiy haqida. 
O„n uchinchi hikoyat-Xorun ar-Rashid haqida. 
Bu hikoyatlarda ko„pdan ko„p mavzular qalamga olingan. Ma‟lumki, asarning 
ikkinchi qismi biror bir maqomotning ta‟rifiga qaratilgan.Ana shu mavzular 
hikoyatlarda ham yanada rivojlantirilgan. Professor A. Hayitmetov: “Alisher 
Navoiy ijodining ulug„vorligi avvalo undagi mavzular va g‟oyalar olamining 
kengligi, rang-barangligi bilan bizni hayratga soladi. Unda o„z davrining biror 
muhim muammosi, o„sha davr hayotining biron tomoni yoritilmasdan qolmaydi”
1

deb to„g„ri ta‟kidlagan”. Mahbub ul-qulub” asarining ikkinchi qismida ham 
tasavvufiy istilohlar haqida xuddi shunday fikrni aytish mumkin. 
“Tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim o„rin tutadi.”Maqomot”-
maqom(manzil,bekat)so„zining ko„pligi bo„lib,solikning ruhiy-ma‟naviy kamoloti 
bosqichlarini anglatadi.Abu Nasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd 
etgan: 
1.Tavba. 
2.Vara‟. 
3.Zuhd. 
4.Faqr. 
5.Sabr. 
1
Hayitmetov A. Alisher Navoiy ijodida mavzularga bo„lish va tanlash prinsiplari.//Navoiyga armug„on. 3-kitob. 
Toshkent, 2003. 8-bet.


31 
6.Xavf. 
7.Rajo. 
8.Tavakkul. 
9.Rizo.”
2
Navoiy asarida ana shu maqomlarni asos qilib olgan va ularni to„laroq bayon 
etish uchun hikoyatlarni keltirgan. Birinchi hikoyat Tavba bilan bo„g„liq. 
Tavba-shariatda vojib, tariqatda shart, sulukda lozim bo„lgan tushuncha. 
Tavba insonning qilgan gunohlaridan pushaymonligi, gunohlarining kechirilishini 
Tangridan iltijo qilib so„rashi va Haq yo„liga qadam tashlashi.Tasavvufda 
solikning Parvardigor sari safari bo„lsa,bu safar manzillari-maqomlari yettitadir. 
Birinchi maqom tavbadir. Tasavvuf istilohida tavba ruhning bedorligidir, deb ta‟rif 
qilinadi. 
Najmiddin Komilov ham o„zining “Tasavvuf”asarida bu maqomotning asl 
mohiyatini ochib beradi.”Tavba-qaytish demak,ya‟ni kamolotga,oliy axloqiy 
sifatlarga qaytish. Tavbani bob ul-abvob-eshiklarning eshigi ham deydilar,chunki 
tariqatga qadam qo„ygan odamning niyati va mohiyati avvalo shu tavbasida 
ayonlashadi. Tavbaning haqiqati shuki,solik xudoga yetishish yo„lida g„ov 
bo„ladigan jamiki narsalardan yuz o„girishga qasamyod etadi, butun intilishi, 
tavajjuhini Allohga qaratadi,avvalgi hayot tarzidan butunlay voz kechadi. Tavba 
kufrdan qaytish, shariatda man etgan nahy va yomon ishlardan qaytish,zamima 
axloqdan hamida axloqqa qaytish,Haqning g„ayri bo„lgan narsalardan qaytish 
kabilarni o„z ichiga oladi”
1

Navoiy esa asarda tavba baxtsizlik yo„lining oxiri va to„g„rilik yo„lining 
boshlanishidir deydi. Haqiqiy tavba-yomon fe‟llar tufayli keladigan azob 
uqubatlarning oldini olmoqdir va xalq madadi bilan u fe‟llardan 
chekinmoqdir.Navoiy bu fikrlarning isboti uchun quydagi ruboiyni keltirib o„tadi: 
Ruboiy: 
Haqdin angakim, yetti inoyat vaqti, 
2
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent: “Movarounnahr”, nashriyoti. 2009. 26-bet. 
1
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent: “Movarounnahr” nashriyoti, 2009. 27-bet.


32 
Ko„ngliga yomon fe‟li siroyat vaqti. 
Isyonig„a fosh o„lur nihoyat vaqti. 
Bu bo„ldi hidoyatqa bidoyat vaqti
2

Shoir o„z fikrlarini yanada dalillash maqsadida bir hikoyat keltiradi. Birinchi 
hikoyat Shayx Abdulloh Muborak haqida. 
Shayx Abdulloh Muborak - Abu Abdurahmon Abdulloh bin Muborak 
Marvaziy Iroqning Hit shahari, Shahanshohi ulamo, shariat va tariqatning imomi, 
qalam va qilich amiri deb ta‟riflangan buyuk shayxlardan.” Attor «Tazkirat ul-
avliyo»da uning manohiblaridan 22 naql keltiradi. Jomiy «Nafahot ul-uns»da, 
Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Abdullo Muborak haqida alohida maqola 
beradilar”. Navoiy Attor keltirgan Abdulloh Muborak manoqiblaridan biri - 
tavbasining boshlanishi haqidagi naqlni keltiradi. U bir kanizak ishqiga giriftor 
bo'ladi. Bir qish kechasi tongga qadar ma‟shuqa devori ostida turadi. Qor va 
sovuqda qoladi. Sahar namozi azonini hufton deb o'ylaydi. O'ziga kelgach, deydi: - 
«ey Muborakning nomuborak o‟g„li, senga uyat emasmi? Agar Imom namozda 
uzunroq sura qiroat qilsa, toliqarding. Endi nafsing uchun tong otguncha azob 
tortasan”,-deydi. Shundan so„ng Abdulloh Muborak tavba qilib, sulukka beriladi.
Qit‟a: 
Tavbaekim aning saodatidin, 
Bir qul o„g„li bu poya kasb etgay
Kim anga shohlar qul o„lg„aylar 
Munga o‟zluk bila nechuk yetgay?!
1
Ikkinchi hikoyat- zuhd haqida. Zuhd-dunyo va uning lazzatlari orzularidan 
voz kechib, toat-ibodat bilan mashg„ul bo„lmoq. Mashoyixlardan Junayd:”Zuhd 
shuki, mulkdan qo‟l, tab‟dan dil xoli bo‟lg‟ay”-deydi. Zohid parhezkor bo„lib 
2
Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”. Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2011. 
483-bet. 
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”, 484-bet. 


33 
jismoniy halovat va lazzatlardan saqlanib,dunyo, molu joh, yoru ag„yorning ko„pu 
ozligiga parvo qilmaydi. Najmiddin Komilov “Tasavvuf” asarida zuhdga shunday 
ta‟rif beradi: ”Zuhd-varaning davomi hisoblanadi, bu ham parhez, hazar qilish 
demakdir. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni 
ajratishga alohida ahamiyat beriladi. Zuhd so„fiy uchun dunyo va oxirat tarki, 
dunyo moliga ega bo„laman, deb intilmaslikdir. Junayd Bag„dodiy so„zi: “Zuhd-
qo„lni mulkdan xoli tutish, dilni esa Haqdan o„zga har narsadan pok saqlash 
demak”. G„azzoliy deydi: “Zuhd dunyodan ixtiyoriy ravishda voz kechish va 
buning uchun qayg„urmaslikdir ”.
1
Demak, zuhd ham poklanishning bir yo„li. Halol va haromdan, dunyoning
mol-mulkiga havasdan, ichimlik va taomdan o„zni tiymoq.
Ibrohim Haqqulning “Meros va mohiyat” asarida ham zuhdning talqini 
yetarlicha ochib berilgan. “Payg„ambar (a.s.) demishlar: «Dunyoda zuhdni yuqori 
qo„yginki, Mavlo seni sevsin va nosning (oddiy insonlarning) qo„lidagilarga iltifot 
etmagilki, nos ham seni sevsin». Demak, zuhdning bosh talab va shartlaridan biri - 
hech kimdan hech nima tama qilmaslik, el moliga ko„z tikishdan tiyilishdir. 
Ahmad Hanbal zuhdning uch martabasi borligini aytgan: birinchisi - avom 
zuhdi. Bu - haromni tark etmoq. Ikkinchisi - havoss (hoslar) zuhdi. Bu - haloldan 
ham zaruriyatdan ortig„ini tark aylash. Uchinchisi - Ollohdan boshqa hammasini 
tark qilmoq.
2
” 
Navoiy bu masalani dalillash maqsadida yana bir hikoyat keltiradi. Bu 
hikoyat Mavlono Shamsuddin Muiddi Ucha va Kichik Mirzo bilan bog„liq 
hikoyatni keltiradi. 
“Kichik Mirzo Husayn Boyqaroning egachisi Oqobegimning o„g„li. 
Boburning yozishicha: “burunlari tog„oyisiga mulozamat qilur erdi. So„ngra 
sipohiylikni (hukumat xizmati, amaldorlik) qarch qilib mutolaaga mashg„ul bo„ldi. 
Derlarki, donishmand bo„lub ekandur”. Navoiy “Majolis un-nafois”da yozadi: 
”Xo„p tablik, tez idrokliq, sho„x zehnlik, qaviy hofizalik yigit erdi. Oz fursatda 
1
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent, “Movarounnahr” nashriyoti. 2009. 27-bet.
2
Ibrohim Haqqul. “Meros va mohiyat”. Toshkent, “Ma‟naviyat” nashriyoti. 2008. 13-bet.


34 
yaxshi tolibi ilm bo„ldi va ko„proq ulum va funundin o„z mutoolasi bila vuquf 
hosil qildi. She‟r va muammoni xo„p anglar erdi, balki ko„ngli tilasa ayta ham olur 
erdi. Bovujudi bu fazoil darveshliqlarga moyil bo„lib, Makka ziyorati sharafiga 
musharraf bo„ldi”. Bu hikoyat Kichik Mirzoning ana shu darveshlikka 
moyilligidan dalolat beradi”
1
.
Shayx XV asrda Jomda yashagan, so„fiylar boshlig„i bo„lgan. U hammadan 
xoli joyda bir masjidda o„ttiz yildan beri hayot kechirar edi. O„zini yomon 
narsalardan tiyib, hech kimdan hech narsa ta‟ma qilmay, tagida bir bo„yra va boshi 
ostida bir g„isht bilan kun kechirardi. Uhud g„azvasida bo„lgan bir jangda 
Muhamad(s.a.v)ning ikki tishi sinadi.Shayx Muhamad(s.a.v)ning yo„qotgan ikki 
tishi xotiri uchun o„zining 32 tishini sug„urib tashlagan. Kunlardan bir kuni Kichik 
Mirzo shayx ziyoratiga boradi. Masjidga kirganda ul zot egnida hirqa, boshida 
eski bo„rk bilan o„tirardi. Kichik Mirzo bu holatdan juda mazlum bo„lib, unga bir 
hovuch oltin beradi. Biroq shayx men hech narsaga muhtojmasman deb oltinni 
qaytarib beradi.Agar sizning oltiningizni olsam ham uni nima qilaman, qayerga 
qo„yaman. Sizning bir mulozimingizning hujrasida yashab yurubman. Menga 
shuning o„zi ham yetadi. Kichik Mirzo shayxning bu so„zlaridan juda ta‟sirlandi. 
Bir necha kundan keyin Shayxzoda Mavlono xizmatiga musharraf bo„ladi. Navoiy 
hikoyatning ta‟sirchanligini yanada oshirish maqsadida bayt keltirib o„tadi: 
Kimki ko„nglidin aning faqr orzusi ketmagay, 
Budurur ummedkim, Haq oni navmid etmagay
2

Ya‟ni: 
Kimki qanoat bilan sabr qilsa, Olloh uni noumid etmaydi. Qanoatga 
odatlangan faqrning yovg„on umochi-olg„ir boyning novvotu holvasidan 
totliroqdir. 
Uchinchi hikoyat tavakkul zikrida deb nomlangan maqomotda berilgan. 
Navoiy bu maqomotga shunday ta‟rif beradi: ”Tavakkul Haq yo„lida vosita 
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”.744-bet.
2
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”.486-bet.


35 
asbobin raf‟ qilmoqdur va vasila hijobin daf‟ qilmoq. Va sabtlarg„a miyonchilikdin 
uzr qo„lmoqdur va sabab va uzrsiz musabbibqa banda bo„lmoqdur. Tavakkul ahli 
barcha asbob vastasidin ko„z yumubdurlar va “Falyatavakkal alalloh” daryosig„a 
cho„mo„bdurlar va ro„ziy yetkurguchi Haqni bilibdurlar”
1
. Tavakkul-
parvardigorga dilbastalik va komil e‟timod-ishonchdir. Bu ma‟rifatning kamoliga 
bog„liq maqom bo„lib, valiylarga nasib qiladi. 
“Tavakkul - barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish, 
qalban Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e‟timodli kishining 
imonidir. Bu ma‟rifat kamolidan keladigan oliy maqomdagi imondir. Barcha 
hollarda va amallarda Allohga suyanish, o'zini bir faoliyat asbobi hisoblash, 
barchani Xudoga topshirib, Xudodan o„zga narsalar ham Xudodan ekaniga chuqur 
ishonish. «Tavakkul - imon haqiqatidir» (Koshoniy)”
2

Tavakkul va uning sifatlari haqida misollar, tashbehlar keltirgandan so„ng 
shoir hikoya bilan tanishtiradi. Hikoya Ibrohim Adham sahobalaridan Shayh 
Ibrohim Sitnabahga bag„ishlanadi. Bu kishi asli Hirotda yashagan, shu bois uni 
Hirotiy ham deyishgan. Qabri Qazvinda. 
Bir kuni Shayh Ibrohim Sitnabah bir muridi bilan Ka‟ba ziyoratiga chiqadi. 
Yo„lda Shayx muridiga o„zing bilan biror nima olib chiqqan bo„lsang tashla deb 
aytadi. Murid men Xudoga ishonib yo„lga chiqdim, shuning uchun o„zim bilan 
hech narsa olmadim deydi. Yana bir necha qadamdan keyin, Shayx yurishim 
qiyinlashyapti o„zing bilan biror sir olib chiqqan bo„lsang tashla deb aytadi. Murid 
bir-ikki dona oyoq kiyim ipidan olib chiqqan edim. Sahroda oyoq kiyimim ipi 
uzilsa, bog„lab olaman deb aytadi. Shayx bu oyoq kiyim ipi mustahkam, 
uzilmaydi. Shuning uchun ortiqchasini tashla, murid tashlashga majbur bo„ladi. 
Yo„lda nogoh muridning oyoq kiyimining ipi uzilib qoladi. Endi shayxga ta‟na 
qilaman deb turganida, nogoh oyog„i ostida oyoq kiyim bog„ichi paydo bo„ladi. 
Murid uni oyoq kiyimiga bog„lab Shayxga yetib oladi. Qachonki yo„lda oyoq 
kiyim ipiga muhtojlik bo„lsa paydo bo„laverdi. Shundan keyin muridning 
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”.487-bet.
2
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent, “Movarounnahr” nashriyoti. 2009. 28-bet 


36 
tavakkuli, ollohga ishonchi ortaverdi. Tavakkul yo„liga kirgan kishi, o„zga 
narsalarning hayolini ko„nglidan chiqarishi kerak.
Hikoyatdan kelib chiqadigan ma‟no shuki tavakkul ya‟ni xudoga ichonch va 
sadoqat bilan biror ish boshladingmi, boshqa ortiqcha narsalardan voz kech. 
Xudoga ishonsang, xudo senga beradi. Hikoyatda Shayx Ibrohim Sitnabahning 
tavakkuli kuchli bo„lganligi uchun muridining unga bo„lgan e‟timodi oshdi.
1
To„rtinchi bob “Qanoat zikrida” deb nomlanadi. Navoiy asarida qanoatga 
shunday ta‟rif beradi: “Qanoat-bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi, 
u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, 
urug„i izzat va shavkat hosilini beradi, u bir daraxtdirki, unda qaram bo„lmaslik va 
hurmat mevasi bordir”
2
. Qanoat bir qo„rg„onki, unga kirsang nafsning g„alvasidan 
qutilasan. Qanoat bir cho„qqiki, unga chiqsang, do„st –dushmanga muhtojlikdan 
xalos bo„lasan. Qanoatda qancha rohat va farog„at bo„lsa, uni aksi bo„lgan tamada 
shuncha razillik va uqubat bor. Xasislik va tamagirlik or-nomus uyini 
kuydirguvchi bir o„tdir. Tamagirning biror nima olishga o„chligi, xuddi yeb 
to„ymasning taomga ochko„zligiga o„xshaydi. U biri tubanlar harakati bo„lsa, bu 
biri hayvonlar odati.
Qanoat bir gavharki, elni bu ikki balodan xalos qiladi va xalqni bunday 
ofatdan qutqaradi. Bu fikrlarni dalillash maqsadida Navoiy Shayx Shoh 
Ziyoratgohiy haqidagi hikoyatni keltiradi. Shayx XV asrda Xurosonda yashagan 
mashoyixlardan. Shayx Shoh Ziyoratgohiy qilgan ibodatini yaxshi o„tishi uchun 
qanoat qiladi. Xalqning nazr niyozini qabul qilmay ekin ekib kun ko„radi. Hirot 
ahlining ulamolari bu muborak Shayxning xizmatiga bel bog„laydi. Ziroat nonidan 
qo„ynilariga solib, tabarruk uchun shaharga ayol va bolalariga keltirib yediradilar. 
Buning ma‟nosi shuki, ziroat nonidan yeganlar oxirat najodiga umidvor bo„ladilar. 
Shayxning boriga qanoat qilib yashashi uni el orasida shuhrat topishiga sababchi 
bo„ldi. 
1
Izoh. Bu hikoyat mazmunini yoritishda Alisher Navoiy Jome‟ masjidi Imom yordamchisi Rahmonov Muzaffar 
yordamiga tayanildi.
2
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”. 488-bet. 


37 
Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor, 
Borcha el aro tavozeu izzati bor, 
Ulkim tamau hirs bila ulfati bor, 
Yaxshi – yomon ichra zillatu nakbati bor.
1
Beshinchi bob sabr xususida Sabr - toqat, chidam. So„fiylar tilida qiyinchiliklardan 
shikoyat qilmaslik, ayniqsa, Xudodan boshqaga nola-iltijo qilmaslik. Sabr etuvchi 
o„zini balo girdobiga solib, balolardan qo„rqmaydigan odamdir. “Sabr - imonning 
yarmi deydilar, chunki so„fiyning dushmani bo„lgan nafs sabr orqali jilovlanadi, 
toatdan halovat topish ham sabr bilan bo'ladi”
2
. Asarda Navoiy sabrni og„ir qadam, 
lekin bekatga olib boruvchi tuyaga o„xshatadi. Sabr-tabib, badho„r dori, bemor 
undan azob tortadi, ammo so„nggida sog„likka erishadi. 
Ishqqa mubtalo bo„lgan oshiqlar bu so„zni eshitganda cho„chiydilar va lekin sabr 
natijasida yor vasliga yetishadilar. Hajr azobini tortayotgan kishilar sabr so„zini 
eslashdan jirkanadilar, lekin oxirda sabr tufayli diydor ko„rishadilar.
Naql qilishlaricha, bir bechora-notavonning ko„ngliga bir gulyuzning ishqi
tushadi. U tuhmat tufayli zindonga tashlanadi. Tuhmatni bo„yniga qo„yish uchun 
unga berilmagan azob qolmaydi, ammo u maxfiy sirni tilga olmaydi. Bir kuni 
mirshablar borib uni zindondan tortib chiqazadilar va bosh ayog„idan tortib bir 
quloch yog„ochni unung badaniga urib maydalaydilar. Kaltak zarbidan oshiqning 
butun vujudi jarohatlanadi. Uning azoyi badanidan qon oqadi. Shunda ham u 
bechora mutlaqo gapirmaydi. Nihoyat mirshablar uni azoblashdan charchadilar va 
o„rtadan sudrab chiqarib, noilojlikdan qo„yib yuboradilar. So„ngra mirshablar 
yiroqlashgach, oshiq og„zidan maydalangan tanga parchalarini chiqaradi. 
To„plangan odamlar bu hol sababini so„raydilar. 
Uning javobidan ma'lum bo„ladiki, mirshablar kaltaklayotgan paytida sevgilisi 
kelgan va bir burchakda uning ayanchli holiga boqib turgan ekan. Unga jabr- zulm 
qilinayotganida, u tangani og„ziga solib, har zarbda ikki tishi orasiga olib, qattiq
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”484-bet.
2
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent, “Movarounnahr” nashriyoti. 2009. 28-bet 


38 
tishlar va tishining zarbi bilan u pulni mayda-mayda qilib ushatar ekan. Oshiq o„z 
ma‟shuqasi qarshisida sabr-chidam ko„rsatib, uning kuzatib turganini sezar ekan. 
Bu manzarani o„z ko„zi bilan ko„rgan ma‟shuqasi oshiq yoniga kelib, uning
yaralariga malham qo„ydi. Bu oshiq yigit tasavvur qilib bo„lmas davlatga muyassar 
bo„ldi va xayol qilib yetmas saodatga erishdi. Bu baxt - barcha qiyinchiliklarni 
sabr-chidam bilan yengish namunasidir. Bunga azob-uqubatga bardosh ko„rsatish 
orqali erishildi. 
Kimki har shiddat aro sabru tahammul ayladi, 
Baxt aning nishini no„shi xorini gul ayladi.
1
Oltinch bob “Tavoze‟ va adab zikrida” deb nomlanadi. Tavoze‟-bu odob. 
Kimdaki u bo„lsa xalq o„rtasida hurmatga sazovor bo„ladi. Odob kishilar 
tomonidan qilinishi mumkin bo„lgan hurmatsizlikdan saqlaydi va odamni hazil 
mazahdan, kamsitilishdan himoyalaydi. Odob tufayli kattalar hurmatda, kichiklar 
izzatda bo„ladi. Odobli va go„zal xulqli odamlar ko„payaversa xalq o„rtasida mehr 
– muhabbat oshadi. Agar kishi odob va tavoze‟ kabi yaxshi xulqqa ega bo„lsa, o„zi 
ham xalqning izzat –hurmatiga sazovor bo„ladi. 
Bayt: 
Aqlu hikmat ishidur bo„yla maoshu oyin, 
Qayda topqay muni har nafsparastu xudbin
1

Ya‟ni: Kimki mehnat qilsa nasibasiga yarasha har oy maosh oladi. Nafsparast 
xudbin esa axloqsizligi tufayli hech narsaga erisha olmaydi. 
“Hayrat ul-abror” asarida tavoze‟ga shunday ta‟rif beradi. “Yangi chiqqan oy 
tavoze‟ saqlab, qaddini xam qildi, u kun sayin kamol topa boshladi. Yoy tavoze‟ 
1
Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”, 490-bet.
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”. 492-bet.


39 
sifatiga ega bolgani uchun qadri oshib, «Qur‟on» ustidan joy oldi. Osmon ham 
tavoze‟ga rioya qilib egilgani uchun butun olam uning amriga bo„ysunadi”
2

Asarda Navoiy odob va tavoze‟ bilan bog„liq Muqbil va Mudbir hikoyatini 
keltiradi. Uning “Lison ut-tayr” dostonida ham Muqbil va Mudbir obrazi uchraydi. 
Unda kamtarlik va manmanlik xususida so„z yuritiladi.
Bir ov paytida Husrav Parvezning shohlik tojidan porloq gavhar yo„qoladi. 
Hammaning xayoli ov bilan band bo„lgani tufayli, buni hech kim sezmay qoldi. 
Ovdan keyin maydonga qaytadilar. Shundan so„ng, toj gavhari tushib qolganini 
biladilar. Podshoh tojining qimmati mamlakat xirojiga teng edi. Shuning uchun, 
uni topib keltirgan kimsaga juda katta in‟om va mukofot va‟da qilinadi. 
Xalq gavharga ega bo„lish uchun gavharni qidira boshlaydi. Shu payt biri 
g„ofil va biri ogoh ikki hamrohga uchradilar. G„ofil - johilligi sababli gerdaygan, 
ogoh esa, tavoze‟ va odob tufayli ulug„vor edi. Bulardan birining oti Mudbir, 
ikkinchisining oti Muqbil edi. Ular shu biyobonni kechib o„tib, shaharga 
borayotgan edilar. Ular gavharni qidirayotgan odamlar bilan uchrashdilar. Mudbir 
takabburlik qilib, odamlar bilan salomlashmay, gerdayib o„tib ketadi. Muqbil esa 
insoniylik yuzasidan odamlarga odob va tavoze‟ bilan engashib salom beradi va 
shu payt oyog„i ostida tushib yotgan gavharni ko„radi va darhol olib, o„pib, uni 
shohga etib beradi. Xusrav Parvez juda xursand bo„lib, Muqbilga aytilgan 
mukofotni beradi. 
Mudbir takabburligi tufayli shahar hammomiga go„loh bo„ladi. 
Bayt: 
Takabbur va g„ofil shaharda xor-zor kezadi,
Tavoze‟lini esa maqsad gavhari badavlat qiladi.
1
2
Alisher Navoiy . Hayrat ul-abror. Toshkent, G„afur G„ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi. 2006. 313-
bet. 
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”. 487-bet. 


40 
Yettinchi hikoyat zikr haqida. Navoiy zikrga shunday ta‟rif beradi. “Zikr ko„ngul 
bila Haq yodi ishtig„olidur va til bila dag„i hamul takallum maqolidur. Va ba‟zi 
tilga ul amrdin ma‟zulluq debdurlar va ko„ngulga mudovamat va mashg„ulluq”.
Zikr aytish, gapirish demakdir. So„zlaganda ham gapning o„rni va vaqtini bilib 
so„zlash kerak. Shoh huzurida gadoning so„zini, gado huzurida shohning so„zini 
aytish mumkin emas. Noo„rin so„zlangan nutq boshga balo keltiradi. O‟z vaqtida 
gapirilgan so„z esa kishiga boylik va baxt olib keladi. Navoiy Mansur Halloj obrazi 
orqali fikrlarini asoslashga urinadi. Mansur - Husayn bin Mansur Halloj Bayzaviy 
Kuniyati Abulg„ays (857- 922). Attor «Tazkirat ul-avliyo»da uning maqolasidan 
ko„plab naqllar, karomatlar, qatlining tafsilotlarini keltiradi. Uning “Analhaq”ini 
tushungan tarafdorlari va rad etgan muxoliflarini nom-banom sanab o„tadi. 
Jumladan, Shibliy aytgan ekan: “men va Halloj bir mashrab (fe'l-atvor, tariqat, din) 
danmiz. Lekin meni devonalikka nisbat berdilar, omon qoldim. Husaynni esa 
uning aqli halok qildi”. Mansur Hallojdan “ishq nima” deb so„raganlarida: 
“O„ldirilgan, sovrulgan kun – ishqdir”, - deb javob bergan ekan. Attor Mansurning 
qay tarzda qatl etilishini yozadi: avval toshbo„ron qilinadi, keyin qo„llarini, so„ng 
oyoqlarini chopib, burun, quloqlarini kesib, ko„zlarini o„yib tashlaydilar. Har bir 
a‟zosidan judo qilisharkan, Mansur javoblar berib turgan, jumladan, tilini 
qirqishdan avval: “Biroz sabr qiling, so„zim bor, deb yuzini osmonga qaratib: Ilohi, 
sening uchun shu ranjni tortayotganlarni (ya'ni, unga azob berayotganlarni) 
marhamatingdan mahrum qilma, ularni shu davlatdan benasib etma!” deb iltijo 
qilgan ekan. Attor ta‟kidlaydiki, namozshom paytida Hallojning boshini tanidan 
judo qilar ekanlar, u tabassum bilan boqardi har andomidan “Anal – haq” eshitilar, 
oqqan har tomchi qonidan «Alloh» naqshi zohir bo„lar edi», - deb yozadi. 
Jomiyning “Nafahot ul-uns”, Navoiyning “Nasoyim ul – muhabbat” asarlarida 
Mansur Halloj haqida maqola mavjud. Oxirida (har ikki maqola aynan) Mansur 
Hallojning ustodi Abu Amr binni Usmon Makkiy tavhid haqida bir risola 
yozganligi aytiladi. Uni pinhon tutar ekan. Mansur uni yashirincha olib, oshkor 
qiladi. Bu asar nozikliklarini tushunmay, el uni rad etadi. Ustod Hallojni «Ilohi, 
birovni anga gumonlakim, ilik-ayog„in kesgay va ko„zin o„yg„ay va dorg„a 


41 
tortqay», deb qarg„agan ekan. «Nimaiki Mansur Halloj boshiga tushgan bo„lsa, 
ustodi duosi bilan bo„ldi», deyiladi. 
Hikoyatda Xoja Abdulloh Ansoriyning so„zni o„rni bilan so„zlash kerakligi 
haqidagi fikrlari Mansur Halloj misolida ko„rsatiladi. 
Sakkizinchi bob: Tavajjuh zikrida deb nomlanadi.Tavajjuh zohiran, qalban butun 
borlig„ing bilan Haqqa yuz tutmoqlikdir.Navoiy asarlari lug„atida ushbu so„zning 
ma‟nosi “bir tomonga yo„l olish, yuzlanish, borish” deb ko„rsatiladi. Asarda 
tavajjuhga shunday ta‟rif beriladi:”Agar tavajjuhda yuziga o„qlar kelsa, ko„z 
yummoqni unutqay, agar bir ko„zini ul o„qlar zoe‟ qilsa, yana birini ilgari tutqay”.
1
Demak, tavajjuh o„zni Olloh yo„lida fido qilish demakdir. Bu bobda Navoiy yosh 
Shahzoda bilan bo„g„liq hikoyani kiritadi. Bir o„t yoquvchining ko„ngliga 
shahzodaning ishqi tushib qoladi. Ishq tufayli telbanamo holatga kelib 
qoladi.Tilida uning ismi, ko„nglida uning zikri bilan xayol surib yuradi.Shahzoda 
bu xabarni eshitgach, o„z oshig„ini ko„rish maqsadida sayrga chiqadi. Sayr 
chog„ida uni ko‟rib gulxan sari etadi. Oshiq ma‟shuqini ko„rib o„zini butkul 
yo„qotadi va gulxanda yonib ketadi. Shahzoda qotil devonasi holiga yig„lab 
achinadi. O„zi o„ldirib o„zi aza tutadi. 
Majoziy ishqda mundoq tavajjuh ayla xayol, 
Gar o„lsa ishqi haqiqiyda ko„r ne bo„lg„ay hol
2
.
To‟qqizinchi bob Rizo zikrida deb nomlanadi. Rizo-tasavvufda tavakkuldan 
keyingi maqom bo„lib, solik o„z nafsi rizosidan qutilib, Xudo iroda qilgan, taqdir 
etgan narsalarga rozi bo„ladi.” Rizo-bandaning o„z rizosidan chiqib, Mahbub 
rizosiga kirishi, ilohiy qismatga zarra e‟tiroz qilmasligidir. Solikda ushbu 
maqomda hech narsadan g„azab, hayajon, gina-kudurat va xafalanish 
bo„lmaydi...”
3
Agar sen bog„ga kirganingda boshingdan gul yog„ilsa, yoki oyog„ingga tikan 
kirsa bu hammasi bog„bonning roziligi va ixtiyori bilan bo„ladi.Xuddi shunday 
1
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”, 495-bet.
2
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”, 495-bet.
3
Komilov N. Tasavvuf. Toshkent, “Movarounnahr” nashriyoti, 2009. 28-bet 


42 
do„stning roziligi uchun ham o„z jonidan kecha bilishi kerak. Shoir rizo sharhida 
Ali ibni Abu Tolib bilan bog„liq hikoyatni keltiradi. Hikoyatning qisqacha xulosasi 
quyidagicha: insonga berilgan ikkita ko„z doimo bir-birini nazorat qilib 
turadi.Chap ko„z o„zingning ko„zing bo„lsa, o„ng ko„z xudoning ko„zi.Ikkalasi bir-
birini ko„rmasa ham borliklariga ishonishadi.Insonning barcha yaxshi-yomon 
ishlaridan ogoh bo„lib turishadi. O„ng ko„z doimo chap ko„zni nazorat qilib 
turadi.Shuning uchun o„ng ko„zni aziz bilishadi. Ko„z timsolida insonning barcha
yaxshi-yomon ishlarini xudo bilib turadi. Shu sababli barcha istaklarning ham 
chegarasi bo„lishi kerak,ana shu chegaradan chiqmaslik kerak deb uqtiriladi.
1
O„ninchi bob ishq xususida. Navoiy asarlarining deyarli asosiy mavzusi ishq 
haqida. G„azal va dostonlari-yu, ruboiylarida ham ishq tasvirlanadi. “Ishq 
tasavvufda ilohiy ne‟mat, solikning jazbali holati hisoblangan va tariqatning eng 
muhim maqomlaridan biridir. Unga faqat sodiq va pok insonlar yetishadi. Bu 
maqomda oshiqda shunday holat yuz beradiki, u o„zidan begona, noogoh, zamonu 
makondan ozod, mahbub firoqida kuyadi, yonadi, unga yetishishga intiladi”
2

Muallif ishqni quyidagi uch qismga bo„ladi: 
1. Avom(omma,ko„pchilik) ishqi. Bu ishqning eng yuqori cho„qqisi shariy nikoh 
bilan tugaydi. 
2. Xoslar, ya‟ni alohida kishilar ishqi. Mazkur toifaning maqsadi-“ul pok ko„zni 
pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va ko„ngul ul pok yuz oshubidin qo„zg„olmoq 
va bu pok mazhar vositasi bila pokboz mahbubi haqiqiy pok jamolidin bahra 
olmoq”
3

Keltirilgan parchadagi “pok mazhar vositasi bila” degan so„zlarga alohida diqqat 
qilish kerak. Mazhar zuhr bo„lgan, ko„ringan narsa. Agar u pok bo„lsa, odam ham 
mahbubi haqiqiy, ya‟ni Olloh go„zalligini namoyon etishi va uni ta‟riflash bilan 
Tangri taologa ishqni tasvirlash mumkin. Ollohni sevishni tasvirlash-majoziy ishq, 
to„g„ridan-to„g„ri Tangri taoloni sevishni tasvirlash-haqiqiy ishq. Oshiqlarning bu 
1
Izoh. Bu hikoyat mazmunini yoritishda Alisher Navoiy Jome‟ masjidi Imom yordamchisi Rahmonov Muzaffar 
yordamiga tayanildi.
2
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”, 746-bet.
3
Alisher Navoiy.”Mahbub ul-qulub”, 498-bet.


43 
guruhiga aynan ana shunday xos ishqni kuylagan to„rt shoir-Xusrav Dehlaviy, 
Shayx Iroqiy, Xoja Hofiz Sheroziy va Abdurahmon Jomiyni tilga oladi. “Heh 
ikkilanmasdan, Navoiyning o„zini ham ana shu ikkinchi ishqni kuylaganlar 
guruhiga kiritish kerak. Chunki keyingi mulohazalarida muallif ijodida aynan 
Jomiy yo„lini davom ettirganlar turk ulusida ham fors-tojik xaylida ham anchagina 
borligini qayd etib o„tishni unutmaydiki, shu yerda zimdan o„ziga ham ishorani 
sezib olish mumkin”
1
. Navoiy siddiq ishqi bilan bog„liq Majnun hikoyatini 
keltiradi. 
Majnunning ko„nliga ishq tushib xastalanib qoladi. Har qancha davolasalar 
ham foyda qilmaydi; kasali ortib, isitmasi tushmaydi. Bemor og„irlashib jon 
talvasasiga tushganda, kimdir bu ahvoldan Laylini xabardor qiladi. Layli o„z 
devonasining holini so„rash uchun xat yozadi. Bir odam u xatni Majnunga 
yetkazganida, uning tanida jon asari qolmagan edi. Shu paytda mehribonlari 
Laylining xatini o„qiydilar. Har gal xat takror o„qilganda, bemor taniga jon qayta 
kirgandek bo„lar edi. Majnun ahvoliga har qanaqa dori-darmon, duo va tumor 
ta‟siri davri o„tgan edi. Lekin unga Laylining xati tumor va duo o„rnini 
bosadi.Bemor kasaldan tuzalib, sihat-salomat boshini ko„targuncha bu xatni takror-
takror o„qiydi, sog„aygach esa tumor qilib bo„yniga taqib oladi. Ishq alangasidan 
Majnunning kasali tuzaladi. 
3. Siddiqlar, ya‟ni o„ta sadoqatli kishilar ishqi. Bundaylar haq tajalliyoti 
jamoliga boshqa narsani vosita qilmaydi.Bundaylarning “kamoli visol mayi 
zo„ridin ko„ngullari behud va mast”
2
. Bu toifani vosillar, ya‟ni vaslga yetganlar 
ham deyishlari aytiladi. Navoiy asarda bunday toifa kishilarni haqni ko„z bilan 
mushohada qilish umidlari o„zni unutish darajasiga yetgan va bundan ham o„tib, 
halok bo„lish maqomiga ko„tarilgan bo„ladi deb ta‟riflaydi. 
Agar hodisalar bo„roni osmon gulshanining bir qabatini uchirib ketsa-ular 
bexabar va agar yulduzlar gul bargini har tomonga sovursa, bularga asar qilmaydi. 
1
To„ychiyev U. Navoiyni ishqni turlarga ajratib tasvirlashi //”O„zbek tili va adabiyoti” jurnali. 2010.6-son. 42-bet.
2
Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”. Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2011. 
500-bet


44 
Ularning hislari haq jamolini ko„rish tashvishi bilan ishdan chiqqan, shavq-zavqlari 
esa, unga bo„lgan ishqlarining hujumi ostida yo„qolib bitgan. Mazkur bobda Shayx 
Abu Said Xarroz bilan bog„liq hikoyat keltiriladi. Uni “Lison ut-
tasavvuf”(Tasavvuf tili) deb ulug„laganlar. Asli Bag„doddan. Ikkinchi tabaqa 
mashoyixlaridan. Laqabi Harroz (poyabzal yamoqchisi). Muhammad bin Mansur 
Tusiyning shogirdi.Zunnun Misriy suhbatida bo„lgan. Tasavvufda 400 asari borligi 
Attorning “Tazkirat ul-avliyo” sida qayd etilgan. 
Boyazid Bistomiy bilan bog„liq hikoyat asarning tanbehlar qismida keladi. 
"Tasavvuf allomalari" kitobida Boyazid Bistomiy haqida shunday yoziladi: 
"Sharqda "Sulton ul-orifin", "Burhon ul-muhaqqiqin" laqabi bilan shuhrat topgan 
tasavvufdagi tayfuriya oqimiga asos solgan Abu Yazid Tayfur Iso o„g„li, Sarushon 
o„g„li Bistomiy VIII asrning oxirgi choragida Bisomning kumush mavzeida 
zardushtiy donishmandi xonadonida tavallud topgan. Ayrim tadqiqotchilar 
Boyazidning otasi Surushon islomni qabul qilgan, biroz vaqt mansabdor ham 
bo‟lgan deyishadi. Boyazid Bistomiyning o„qish yillari haqidagi fikrlar har xil: 
ba'zilar u biron bir maktab yoki ustoz qo„lida tahsil ko„rmagan, barcha ilmlar unga 
Olloh tomonidan in'om etilgan deyishsa, bir guruh sharqshunoslar "Boyazid uch 
yuz donishmanddan dars olgan" deyishadi. Shunday bo„lsa-da Nishopur, Ray, 
Hamadon, Iroq, Shom va Arabistonlarga safar qilgan. U 867-yili 103 yoshida o„z 
vatanida olamdan o„tgan"
1

107-tanbehda ana shunday hikoyat kiritilgan. Bir kuni Shayx Boyazid 
Bistomiy muridi bilan safarga chiqadi. Yo„lda azim daryoga duch keladi. Shayx 
“Alloh!” deb suvga qadam qo„yadi va muridiga “Boyazid” deb qadam qo„y deb 
buyuradi. Shayx va murid “Alloh” va “”Boyazid deb qadam qo„yib daryodan o„ta 
boshlashadi. Nogoh murid shayx Olloh zikri bilan qadam bosyapti, men ham 
o„rtadagi vosita bilan emas,”Alloh” nomi bilan qadam bosay deb yurganida, suvga 
1
Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2004. 47-48-betlar. 
2 Alisher Navoi. “Mahbub ul-qulub”. Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi.2011. 
538-bet 


45 
botadi. Shayx uni suvdan qutqarib quruqlikka chiqaradi va sen avval Boyazidga 
yet, undan keyin Tangriga yetishishni havas qil deb aytadi. 
Ruboiy: 
Kimniki, bu yo„l qat‟ig„a soldi taqdir, 
Pir amrini qilmasa, keraktur tafyir,
Onsiz qadam ursa, angla makru tazvir,
Mal‟un desa behrakki, desalar bepir
2

O„n uchinchi hikoyat Horun ar-Rashid va Shayx Bahlul nomlari bilan bog„liq. 
Shayx Bahlul- Horun ar-Rashid davrining mashoyixlaridan, zamona allomasi 
Umar Kufiyning o„g„li bo„lgan. O„zini devonavashlikka solib, jamiyat 
norasoliklari va a‟yonu ashroflar riyokorligini fosh etib yurgan. Lekin Shayx 
Bahlulning jununi bor, deb uni jazolashmas ekanlar. Navoiy Horun ar-Rashid bilan 
Shayx Bahlul orasidagi bir suhbatni shukr va qanoat bobidagi o„z o„gitlariga misol 
tarzida keltiradi. 
Umuman, hikoyatlardagi obrazlar ham rang-barang bo„lib ular tarixiy, 
afsonaviy, an'anaviy mashhur shaxslar nomi bilan bog„liq."Mahbub ul-qulub”dagi 
hikoyatlarning badiiyligi ham yuksak. Ularda ko„pgina badiiy vositalar, she'riy 
san'atlar uchraydi. “Atoulloh Husayniy badiiy san'atlarni 3 turga ajratadi. Birinchi 
san'at- lafziy san'atlar, ikkinchi san'atlar - ma'naviy go„zalliklar, uchinchi san'at - 
lafziyu ma'naviy san'atlar”
1.
She'r san'atlari o„zbek mumtoz adabiyotining o„ziga xosligini, milliyligini, 
latofatu nazokatini, ta'sirchanligini ta'minlovchi vositalardan. O„zbek adabiyotida 
san'atlarning soni shunchalik ko„pki, ularning aniq sonini aytish qiyin. Ba'zi 
adabiyotlarda ularning soni 150 dan ortiq deb ko„rsatiladi. 
Lafziy san'atlar she'riy nutqdagi so„zning tovushi bilan bog„liq bo„lib, 
ko„proq shakl hodisasi sifatida ko„rinadi. Lafziy san'atlar xilma-xil. 
1
Atoulloh Husayniy. Badoe'u-s-sanoe'. Toshkent, 1981. 


46 
“Adabiyotshunos T.Boboyev tarse, tajnis, saj', tashtir, aks, mullama', hojib, 
ishtiqoq, tasdir kabilarni lafziy san'atlar turiga kiritadi”.
2
Ma'naviy san'atlar nima? Ularga qaysi she'riy san'atlar kiradi? She'r 
san'atlarining bir guruhiga she'r ma'nosi, g„oyasi bilan bog„liq bo„lgan san'atlar 
kiradi. Ma'naviy san'atlar ham rang-barang ko„rinishlarga ega. Mana ular: tavjih, 
iyhom, lutf, tajohilu-orif, talmeh, irsoli masal, ruju', takrir, savoli-javob, muammo, 
lug„z, tashbeh, tamsil, kinoya, tadrij, tazod, istiora, taajjub, muashshah, chiston 
kabilar. 
She'riy san'atlarning uchinchi turi - ma'naviy-lafziy san'atlar. "Sanoe'ning bu 
turi, yuqorida aytilganidek, she'rning ham tovush (shakl), ham ma'no (mazmun) 
tomoni bilan uzviy bog„liq bo„ladi. Ma'naviy-lafziy san'atlar ham g„oyatda rang-
barang ko„rinishlarga ega. Jumladan: mutobaqa, tatbij, muqobala, tavfvif, ta‟dil, 
irsod, muzovaja, iqtibos, tazmin, tanosib...”
3
Demak,she‟riy san‟atlar juda ko„p bo„lib, ularning bir qanchasi “Mahbub ul-
qulub”dagi hikoyatlarda uchraydi.Ulardan ayrim misollar keltiramiz. Hikoyatlarda 
eng ko„p uchraydigan san'at - tazoddir.
"Tazod - ma'naviy san'atlarning eng ta'sirchan va ko„p ishlatiladigan 
turlaridan biri bo„lib, nasr va nazmda keng qo„llanilgan. Xullas, tazod nasr va 
nazmda bir-biriga zid tushunchalarni ifoda etuvchi so„z yoki iboralarni ma'lum bir 
munosabat nuqta'i nazaridan ishlatishdan iboratdir".
1
Rizo zikrida mana bunday bayt bor: 
Rozi o„lsa gar yomon, gar yaxshi bo„lsa jilvagar, 
Sun‟i kilkidin musavvardur chu har yanglig„ suvar.
2
Bu misralardagi yaxshi-yomon so„zlari tazoddir. 
2
Boboyev T. She'r ilmi ta'limi. Toshkent, 1996. 237-bet. 
3
Boboyev T. She'r ilmi ta'limi. Toshkent, 1996. 267-bet. 
1
Is'hoqov Yo. So„z san'ati so„zligi. Toshkent, 2006. 65-bet. 
2
Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub”. Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2011. 
496-bet.


47 
Sabr haqidagi hikoyatda ham tazod bor: 
Ajab ranjeki andin sa‟b yo„q ranj,
Vale chekkan kishining bahrasi ganj
3

Bu misralardagi ranj va ganj tazod. Ranj-azob, ganj-xazina degani.
Hikoyatlarda tarse‟ san‟ati ham ko„p uchraydi. “Tarse‟ ning lug‟aviy ma‟nosi 
“gavharni ipga tizish”dir. Istiloh sifatida esa ikki jumla yoki misradagi so„zlarning 
bir-biri bilan vaznda, ham qofiyada barobar bo„lib kelishini bildiradi”.
5
Zuhd zikrida Alisher Navoiy tarse‟ning mana bunday namunasini kiritgan: 
Bu talabda kimki bo„lsa anga ro„zi etma hirmon, 
Bu taabda kimki bo„lsa anga qil vasl ila darmon.
5

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin