Mahsulot sifatini boshqarish nazorat qilish usullarini o`rganish, mahsulot sifati tushunchasi va sifat ko`rsatkichlarini o`rganish Reja


Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli tahlili



Yüklə 398,4 Kb.
səhifə12/13
tarix25.12.2023
ölçüsü398,4 Kb.
#193875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5 mavzu Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja

4. Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli tahlili.
Sifatni tahlil qilishning statistik usullari mamlakatimizda hamda chet ellarda sifatni boshqarish sistemalarida keng qo’llaniladi. Statistik tahlil – bu mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni va shartlarni tahlil qilishdir. Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma’lumotlar manbalari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
1) inspektsion nazorat: berilgan xom-ashyo, materiallarning kirish nazorati ma’lumotlarini belgilash; tayyor mahsulotlarni belgilab qo’yish; oraliq nazorat ma’lumotlarini belgilash va boshqalar.
2) Ishlab chiqarish va texnologiya: jarayonni tahlil qilish ma’lumotlarini belgilab qo’yish; qo’llanilayotgan operatsiyalar to’g’risida kundalik ma’lumotlarni to’plash; dastgohlarni nazorat qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni (to’g’rilash, ta’mirlash, texnikaviy xizmat ko’rsatish) belgilab qo’yish va boshqalar.
3) Xom ashyo va materiallarni keltirish va mahsulotni sotish: xarakatni omborxonalar orqali ro’yxatga olish va boshqalar.
4) Boshqarish va ish yuritish: foydani hisobga olish; qaytgan mahsulotni hisobga olish; doimiy mijozlarga xizmat ko’rsatishni hisobga olish; sotishni hisobga olish jurnali; bozorni tahlil qilish ma’lumotlari va boshqalar.
5) Moliyaviy operatsiyalar: debet va kreditni taqqoslash jadvali; zararlarni hisobga olish; iqtisodiy hisoblar va boshqalar. Odatda, Yaponiya korxonalarida ish o’rinlarida ma’lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus, tushunish unchalik qiyin bo’lmagan «sifatni nazorat qilishning yetti instrumenti» deb atalgan statistik usullardan foydalaniladi. Ushbu yetti instrument o’z ichiga quyidagi usullarni oladi:
1. qatlamlashtirish
2. grafiklar
3. diagramma Pareto
4. sabab-oqibat diagrammasi
5. gistogramma
6. sochilish diagrammasi
7. nazorat kartalari Yuqorida sanab o’tilgan «sifatni nazorat qilishning yetti instrument»i turli muammolarni hal etishda alohida yoki turli kombinatsiyalarda qo’llanishi mumkin.
Statistik usullarni batafsil ko’rib chiqamiz. 1. Qatlamlashtirish – eng oddiy statistik usullardan biri. Agar chetlanishlar mahsulotni tayyorlash sharoitlari bilan bog’liq deb faraz qilinsa, o’lchash ko’rsatkichlarini alohida qatlamlar bo’yicha, ya’ni mashina va

12.-rasm. Daromadning o’zgarishi 1-grafikning real bo’lagi. 2-rivojlanish tendentsiyasini tavsiflovchi bo’lak uskunalar bo’yicha alohida, har bir operator bo’yicha alohida, xom ashyo bo’yicha alohida, brigadalar bo’yicha, smenalar bo’yicha ham alohida nisbiy o’rganilib, tahlil qilish ishlarini amalga oshiriladi. 2. Grafiklar - o’rganilayotgan voqelikning faqatgina aniq bir vaqtdagi xolatinigina tavsiflab qolmay, balki rivojlanish tendentsiyasini ham o’rganish imkonini beradi. Ustunli grafiklar-mahsulot tannarxining uning turiga bog’liqligi, korxonaning ko’rgan zararini ishlab chiqarilgan yaroqsiz mahsulotning ho’jmiga bog’liqligi kabi omillarni miqdoriy jihatdan ustunlarning balandligi orqali ifodalashga asoslangan ustunli grafiklarni yasashda ordinatalar o’qi bo’yicha miqdori; abtsissa o’qi bo’yicha omillari qo’yiladi. Har bir omilga ma’lum bir ustun tegishli bo’ladi.




Yüklə 398,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin