Mahsulot sifatini boshqarish nazorat qilish usullarini o`rganish, mahsulot sifati tushunchasi va sifat ko`rsatkichlarini o`rganish Reja



Yüklə 398,4 Kb.
səhifə9/13
tarix25.12.2023
ölçüsü398,4 Kb.
#193875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5 mavzu Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja

Texnikaviy daraja – mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi bo’lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi, mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig’indisiga aytiladi.

7- rasm. Sifat ko’rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo’yicha taqqoslash.
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o’rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko’rsatkichini bazis namuna ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna – bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir. Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga kiritiladi:
 Jahon darajasidan yuqori;
Jahon darajasiga javob beradi;
 Jahon darajasiga javob bermaydi. Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
 Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
 Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
 Mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish to’g’risidagi qarorni qabul qilishda;
 Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
 Mahsulotni eksporti yoki importi bo’yicha muloxazalarning shakllanishida. Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
A.Baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash: Ko’rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni ta’minlashi zarur.
Baholovchi ko’rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita taqqoslash uchun va iste’mol xususiyatlarini, ishonchlilik, havfsizlik, ekologik hamda iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholash uchun qo’llaniladi.
B.Analoglar guruhining shakllanishi va ko’rsatkichlarining ahamiyati: Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo’lanish sohasiga ko’ra mos bo’lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak. Guruhlarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda– baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg’or hamda eksperimental namunalar;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda – ko’rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o’rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
V.Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish: Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko’rsatkichlar qiymati bo’yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi. Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
agar analog jami baholovchi ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko’rsatkich bo’yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha ustun bo’lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi;
agar birinchi analog ba’zi ko’rsatkichlari bo’yicha ustun bo’lsa, boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha esa ikkinchi analog ustun bo’lsa, bunda analoglarning ba’zi ko’rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi. Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko’rstkichlar to’plamida qolganlardan ustun bo’lgan analoglargina qoladi. Bu analogalar bazis namunalari hisoblanadi.
G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash – bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulotni va uning ko’rsatkichlari qiymatlarini xalqaro standart ko’rsatkichlariga havfsizlik ko’rsatkichi, ekologiya ko’rsatkichi va boshqa ko’rsatkichlarni ham inobatga olgan xolda mos kelishi tekshiriladi. Ushbu shartlardan birortasiga javob bermaydigan mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera olmaydi. Yuqoridagi shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o’tiladi. Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis namuna bilan baholash ko’rsatkichlarining qiymati bo’yicha jufti bilan taqqoslash usuliga ko’ra solishtiriladi. Mahsulotning texnikaviy darajasini baholashning ushbu bosqichlarini amalga oshirish yakuniga ko’ra mahsulot yuqoridagi 3 ta guruhdan qaysi biriga kiritish mumkinligi to’g’risida xulosa chiqariladi. Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo’lmagan hollarda, agar mahsulot avtorlik guvohnomalari yoki patentlari bilan himoyalangan yangi texnik yechimlar bilan tavsiflansa, u jahon darajasiga javob beradigan hisoblanadi. Ishning yakunida qo’yilgan maqsadlar va olingan natijalarga bog’liq xolda mahsulot ishlab chiqarishga qo’yish, ishlab chiqarish va takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilish uchun taklif va mulohazalar tayyorlanadi
Mahsulot sifatining zarur darajasini ta’minlash uchun mahsulotning "hayot" siklini davom ettirmoq zarurdir. Hayot sikli – bu yaratish jarayonining o’zaro bog’liqligi va mahsulotlar holatining uning ishlatilishi yoki ehtiyoj davri tugaguncha dastlabki talablarni shakllanishidan mahsulotlar xolatining asta-sekinlik bilan o’zgarib borishidir. Hayot siklining birinchi darajasini quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: tekshirish va tayyorlash (ishlash); tayyorlash (yasash) va realizatsiya qilish (pullash) va muomalaga chiqarish; ekspluatatsiya qilish. (1.8. rasm).
Hisoblab chiqilgan bosqichlarni etaplarga, jarayonlarga bo’lish mumkin. Mahsulotlar sifatini bir xilda doimiy ta’minlash hayot siklida yuzaga keladigan ko’p omillarga bog’liqdir. Ularni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Mahsulotni tekshirish va tayyorlash.
Bu bosqichning maqsadi – yangi mahsulot sifatiga perspektiv talablarning shakllanishi; konstruktorlik va boshqa turdagi texnik qarorlar hujjatlarini gavdalantirish, realizatsiyaning bu talablarini ko’proq iqtisodiy yo’llar bilan ta’minlash. Berilgan bosqichda sifat omillari mahsulot sifatining shakllanishida katta rol o’ynaydi.
Amerikalik mutaxassislarning baho berishicha, agar sifatni ta’minlashning hamma o’lchamlarini 100% deb qabul qilinsa, unda 75%i konstruktiv qarorga, loyihalash, maket va tajribali namuna asosida kayta ishlanishi, izlanishiga to’g’ri keladi; 20% - ishlab chikarish jarayoniga; 5%i esa - mahsulotni tamomila qabul qilishga to’g’ri keladi.

Yüklə 398,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin