Q f (n*Pi) 1 (1.4.) Barcha bo’lishi mumkin bo’lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog’liqlikning ko’rinishi turlicha bo’lishi mumkin. Odatda, bunday hollardaumumlashgan ko’rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1. Sifatning birlik ko’rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo’yicha sifatning kompleks ko’rsatkichlari aniqlanadi. Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:
Mahsulotning sifati ko’rsatkichideb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
Mahsulotning belgisi – uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.
Mahsulotning parametri – uning belgisi bo’lib, barcha miqdoriy xususiyat va xolatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o’tkazuvchanligi, cho’ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichiga tortilgan o’rtacha qiymat ko’rinishida aniqlangan ko’rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:
Ki- mahsulotning i xususiyatining ko’rsatkichi. Zi- Ki ko’rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
2. Guruhlar bo’yicha aniqlangan kompleks ko’rsatkichlar hamda alohida ajratib ko’rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan birlik ko’rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Odatda, o’lchash yo’li bilan mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichlari aniqlanadi. Huquqiy-patent va iqtisodiy ko’rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko’rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo’li bilan, yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning kompleks ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashda ko’rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi.