Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

T uxum turlari
Tovuq tuxumlari, ulaming saqlash muddati, sifati, 
og‘irligiga qarab parhez va oshxona tuxumlarga 
bo‘linadi. Parhez tuxumlarga og‘irligi kamida 44 g 
bo‘Igan va ko‘pi bilan m e’yor sharoitda 7 kungacha 
saqlangan tuxumlar kiradi. Bunday tuxumlar eng sifatli 
tuxum hisoblanadi. Oshxona tuxumlari deb qachon 
olinganidan qat’i nazar og'irligi 43 g bo‘lgan, shuning- 
dek, tovuq qilgan kunidan boshlab 7 kun o‘tguncha 
vaqt ichida iste'molchiga yetkazib berilgan tuxumlarga 
aytiladi.
Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra oshxona tuxum- 
lari: yangi, muzlatgich va ohakda saqlangan tuxumlarga 
bo'linadi.
Yangi tuxum larga tovuq tuxum qilgandan so‘ng 
ombor va muzlatgich (xolodilnik)da -1 ° dan 2° gacha 
bo‘lgan haroratda 30 kundan ortiq saqlangan oshxona 
tuxumlari kiradi.
Muzlatgichda saqlangan tuxumlar tovuq tuxum qil- 
gandan keyin muzlatgichda va omborda -1 ° dan 2° 
gacha bo‘lgan haroratda 30 kundan ortiq saqlangan 
oshxona tuxumlari kiradi.
O haklangan tuxumlarga ohak eritmasida saqlangan 
(qancha saqlanganligidan qat’i nazar) oshxona tuxumlari 
kiradi. Ulaming sifati biroz pastroq bo‘lganligi uchun 
non-bulka mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Parhez tuxumlar og‘irligiga qarab, oshxona tuxum- 
lari sifati va og‘irligiga qarab I va II kategoriyalarga 
bo‘linadi. I kategoriyali 1 dona tuxumning og‘irligi
99
www.ziyouz.com kutubxonasi


kamida 54 g va II kategoriyasiniki kamida 44 g bo'lishi 
lozim.
0 ‘rdak va g ‘oz tuxumlari, shuningdek, parrandalar 
sil kasaliga uchragan bo‘lsa, ulaming tuxumlari sotuvga 
chiqarilmaydi. Bunday tuxumlardan now oyxona va 
konditer mahsulotlari korxonalarida non-bulka tayyor- 
lashda yoki yaxshilab pishirilgach, umumiy ovqatlanish 
muassasalarida foydalanish mumkin.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin