0,1 vodorod ishqor eritmasidan 16-18 ml sarqlanishi
demakdir. Ayrim sigirlar sutida bu ko‘rsatjkich
oz yoki
ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Sutning kislotaliligi uning haroratiga, tozaligiga va
saqlash sharoitiga ham ko‘p jihatdan bogMiq. Ya'ni sut
toza bo‘lmasa, issiq yerda saqlansa,
uning tarkibidagi
kislotadorlik darajasi oshib ketadi. Sutning sifati
buziladi. Sutning kislotadorlik darajasi 28-30°T bo‘lsa,
uni qaynatganda ivib chirib qoladi. Agar bu ko‘rsatgich
60-70° ga yetsa, sutning sifati yomonlashib ketadi.
Shuning uchun sutni qabul qilishda uning kislotaliligi
tekshiriladi.
O g‘iz suti. Sigiming
tuqqan vaqtidan boshlab to
5-8 kunga qadar bergan sutiga «og‘iz suti» deyiladi.
Og‘iz suti o ‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra oddiy
sutdan farq qiladi. Masalan, uning tarkibida: suv 75,42
foiz, oqsil 15,0 foiz, yog‘ 5,40 foiz, sut qandi 3,31 foiz,
mineral tuzlar yig‘indisi 1,2 foiz va hokazo. Og‘iz suti-
ning rangi oq-sariq, mazasi sho‘rroq, o‘ziga xos hidga
egadir. Uning kislotadorlik xususiyati yuqori bo‘lib,
qaynatganda tez iviydi. Yangi tug‘ilgan
organizm uc-
hun bu sut hech bir boshqa modda bilan almashtirib
bo‘lmaydigan oziq hisoblanadi. Og‘iz sutining yana bir
muhim xususiyati u yangi tug‘ilgan organizm oshqozon
va ichagini dastlabki axlatdan tozalaydi. Shuningdek,
og‘iz sutida immuno tanachalar bo‘lib, yosh organizmga
turli xildagi kasallik qo‘zg‘atuvchi
mikroblar tushi-
shidan saqlaydi va organizmni sog‘ lomlashtirishda, tez
o‘sib rivoj topishida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: