Sut tarkibidagi vitaminlar. Sut tarkibidagi vita-
minlar turli organik birikmalardan iborat bo‘lib,
inson va hayvon hayotida muhim ahamiyatga ega.
Ular organizmda modda almashinuv jarayonida va
elementlaming tiklanishida alohida vazifani bajaradi.
Agar organizmda vitamin yetishmasa, unda modda
almashinuv jarayoni buziladi, organizm kasallanadi.
Sut tarkibidagi vitaminlar ikki guruhga bo‘linadi,
ya'ni suvda eriy oladigan (B, C, R vitaminlari, ular
organizmda sintezlanadi) va moyda eriydigan (A, E,
D, K vitaminlari, ular yem-xashakdan sutga o ‘tuvchi
hisoblanadi) vitaminlar hisoblanadi.
Vitaminlar organizmda yuz beradigan barcha ha-
yotiy jarayonlarda faol ishtirok etadi, ular tufayli orga-
nizmlar o ‘sadi, rivojlanadi va mahsuldorlik darajasining
o‘sishiga imkon yaratadi.
Hozirgi vaqtda vitaminlaming 30 dan ortiq turi
aniqlangan bo‘lib, ulardan tibbiyotda, veterinariyada
va biologiyaning bir qancha tarmoqlarida foydalanib
kelinmoqda. Umuman, vitaminlar organizmlami oqsil,
yog‘ va uglevodlar kabi energiya bilan ta'minlamaydi,
hujayra va to‘qimalar tuzilishida ham qatnashmaydi.
Lekin ular barcha to‘qima va organlarda vujudga
keladigan biokimyoviy jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘r-
satadi. Ulaming ko'pchiligi modda almashinuv jarayon-
larini boshqaradigan fermentlar tarkibida uchraydi.
Ma'lumki, fermentlar organizmda hayotiy jarayonlami
boshqaradi,
binobarin,
ular
ishtirokisiz
birorta
biokimyoviy jarayon bajarilmaydi. Agar organizmlarda
vitaminlar yetishmay qolsa, fermentlar hosil boim aydi,
binobarin, unda modda almashinuv jarayoni buziladi.
Ba'zan avitaminoz (vitamin yetishmovchi) kasalligi
vujudga keladi.
Sutning bakteriotsidlik xususiyati. Sutning bak-
teriotsidligi deganda, unga tushgan mikroblaming ko‘-
payib ketishini to‘xtata olish xususiyati tushuniladi.
109
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sutning bakteriotsidligi birinchi galda uning tarkibida
mikrofloralaming mumkin qadar oz bo‘lishiga bog‘liq
ekan. Shuningdek, sutning harorati qancha past b o isa,
undagi mikroorganizmlar shuncha sut ko'payar ekan