Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Sut tarkibidagi mineral tuzlar



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Sut tarkibidagi mineral tuzlar. 
Sut tarkibidagi 
mineral tuzlar miqdor jihatidan uncha ko‘p bo‘lmasa-
107
www.ziyouz.com kutubxonasi


da, ular hayvon organizmi uchun va sut mahsulotlari 
tayyorlash texnologiyasida muhim ahamiyatga ega.
Mineral tuzlar sutga o ‘tsa-da, uning miqdor 
ko‘rsatkichlari qondagisidan boshqacha bo‘ladi. Bunga 
asosiy sabab, sut bezlarining faoliyati jarayonida ular- 
da tanlash va boshqarish xususiyatlarining o ‘ziga xos 
bo‘lishidir. Sut tarkibida mineral tuzlardan: kalsiy, 
magniy, fosfor, natriy, kaliy, xlor, temir kabilar ko‘p- 
roq uchraydi. Umuman, sut tarkibidagi mineral tuz- 
lar miqdorini sutni kuydirgandan so‘ng olingan kul 
og‘irligiga qarab aniqlanadi. Tekshirishlardan aniqla- 
nishicha, sutdagi mineral tuzlar deyarli doimiy bo‘1- 
gani holda 0,70-0,75 foiz atrofida uchraydi. Sut 
tarkibida mineral tuzlardan tashqari bir qancha tur 
mikroelementlar: marganets (0,15 mg/1), mis (0,8 mg/1), 
kobalt (0,25 mg/1), yod (0,08 mg/1), ruh (2 mg/1), litiy 
va temir (1,3 mg/1), shuningdek, maTum miqdorda: ni- 
kel, xrom, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, qalay, titan, kumush, 
geliy, rubiliy va boshqalar aniqlangan.
M ikroelem entlar muhim ahamiyatga ega boTga- 
ni holda ulaming har biri maTum murakkab vazifani 
bajaradi. Masalan, marganets organizmda vitaminlar 
hosil boTishida, ulami o‘zlashtirishda va organizm- 
laming o ‘sishida muhim rol o'ynasa, mis qon tarkibida 
gemoglobin moddasini hosil qilishda muhim vazifani 
bajaradi. Rux hayvonlaming ko'payish jarayonida 
aktiv ishtirok qiladi, chunki u ko‘proq hayvon urug‘i 
(sperma)da yig‘iladi. Kobalt B gumh vitaminlar 
tarkibida uchraydi. Yod esa tiroksin gormoni tarkibida 
boTgani holda hayvonlardagi qalqonsimon bez faoliyati 
uchun muhim manba hisoblanadi. Umuman, sut 
tarkibidagi mineral tuzlar sut bezlari yordamida miqdor 
va sifat jihatidan o ‘zgargan holda qondan o ‘tadi. Bu 
o'zgarishlar asosan sut bezlari faoliyati va aktivligi 
bilan belgilanadi degan farazlar bor.
108
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin